O'zMU | Rasmiy kanal
11.8K subscribers
17.7K photos
1.85K videos
113 files
6.16K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
“Dolzarb 90 kun” loyihasi amalda

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tikuvchilik to‘garagi tashkil etildi. Mazkur to‘garak bugungi kunda talaba-qizlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

🗣To‘garakning asosiy maqsadi – qizlarni hunarga o‘rgatish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kelgusida mustaqil ish boshlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

Dars jarayonlarida ishtirokchilar tikuv mashinalarida ishlash, turli kiyim-kechaklarni tikish hamda zamonaviy dizayn asoslarini o‘rganmoqdalar.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Biz, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlari, avvalo, Sizning g‘amxo‘rligingiz va kuyunchakligingiz bilan ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq bizdek millionlab yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganini g‘urur va iftixor bilan ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

Siz tomoningizdan biz – yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak, Sizning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz, bergan imkoniyatlaringiz tufayli nafaqat respublikada, balki xalqaro maydonda ham salmoqli natijalarni qo‘lga kirityapmiz.

Respublika oliy ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar, oliy ta’lim muassasalarining yetakchi xorijiy oliygohlar va tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik olib borayotgani, xalqaro maydonda o‘zini namoyon etayotgani, jahon standartlari darajasida raqobatga kirishayotgani Siz yaratgan imkoniyatlar natijasidir.

Biz yirik ilm-fan maktablarini yaratgan, yuqori ilmiy salohiyatga ega otaxon dargohda ta’lim olayapmiz. Egallayotgan bilimimiz, ilm-fandagi yutuqlarimiz, vatanparvarligimiz, mehrimiz va sadoqatimiz bilan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida kamarbastamiz!

Biz, minglab O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari Sizni chin yurakdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-quvvat, el-yurt manfaatlari yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Cheksiz hurmat va ehtirom bilan,
O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉119👍4👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰 Prezident: “Xalqim — ustozim!”

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🤩1
#talaba_muvaffaqiyati

🇺🇿🥋🥇Terma jamoamiz a'zolari aralash jamoaviy dasturda Universiada g'olibi!

Germaniyaning Essen shahrida o'tkazilgan Butunjahon yozgi Universiadasi bahslari taekvondochilar uchun yakunlandi.

Vakillarimiz orasidagi so'nggi chiqish aralash jamoaviy dastur finalida bo'ldi. Hal qiluvchi bahsga qadar Avstraliya, Koreya Respublikasi, Germaniya kabi terma jamoalarni musobaqadan chiqarib yuborgan Najmiddin Qosimxojiyev, Shohjahon Karimboyev, Madina Mirabzalova hamda Diyora Azizova to'rtligi finalda Misr vakillarini 2:1 (21:12, 8:18, 13:13) hisobida taslim etdi va turnirning oltin medaliga ega chiqdi.

Quvonarlisi, Madina Mirabzalova hamda Diyora Azizova O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalaridir.

Bu terma jamoamizning musobaqa doirasidagi birinchi, O'zbekiston delegatsiyasining esa uchinchi oltin medaliga aylandi. Taekvondochilarimiz Universiadani 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi. Delegatsiyamiz hisobida esa 3 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bor.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏63
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90 #OAV

"Dolzarb 90 kun" loyihasi — amalda

🅰 Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlar, talabalarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

🇺🇿 Loyiha asosida shu kunlarda O‘zbekiston Milliy universitetining barcha fakultetlarida hamda talabalar turar joylarida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

UzA 👉 https://uza.uz/posts/742385
Ko'ring 👉 Video

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#E’LON

“Yozgi ijod markazi” faoliyat yuritadi

✍️ Iqtidorli, ijodkor talabalar uchun turli mavzularda ijtimoiy tarmoqlarda foydali kontentlar yaratish boʻyicha “Yozgi ijod markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

🎬 Foydali kontent yaratish bo‘yicha mahoratingiz bo‘lsa, unda quyidagi yo‘nalishlarda qiziqarli, kreativ video tayyorlab 👉 bizga yuboring:

adabiyot,
teatr,
jurnalistika,
tarix
ijtimoiy fanlar

✈️ Eng sara kontentlar rasmiy kanalda e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Imtihon #Natijalar

🇺🇿 O'zbekiston Milliy universitetiga 2025/2026-o'quv yili uchun hujjat topshirgan va shu yilning 24-iyul kuni kirish imtihonlarida ishtirok etgan ko'zi ojiz abituriyentlarning imtihon natijalari e'lon qilindi.

⬇️ Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:

👉 Ko'zi ojiz abituriyentlar natijasi

Eslatma!
Imtihon natijalari bo'yicha apellyatsiyaga arizalar imtihon natijalari e'lon qilinganidan boshlab 24 soat mobaynida qabul qilinadi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E’LON: Pedagog kadrlar uchun malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tomonidan pedagog kadrlar uchun 6 oylik ta’lim dasturlari 15 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Milliy universitetining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Shuningdek, Yangi yo‘nalish “Sun’iy intellekt asoslari” bo‘yicha 36 soatlik qisqa muddatli kurs tashkil etiladi.

O‘qish muddati: 6 oy (864 soat)
O‘qish shakli: kunduzgi (an’anaviy va masofaviy ta’lim elementlari uyg‘unligida – aralash/gibrid shaklda)

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ (71) 246-93-79
📞 (93) 993-37-17
📞 (94) 530-24-00

Batafsil ma’lumot va kurslar ro‘yxati bu yerda 👈

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025

Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2025

Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
5👍1
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.4 MB
#Qabul2025
#magistratura_kunduzgi

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 210 ta.

Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,

Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Magistratura_kvota_kechki_2025.pdf
10.9 MB
#Qabul2025
#magistratura_kechki

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 1 319 ta.

Shundan, o‘zbek tili – 1 107 ta, rus tili – 138 ta,
qoraqalpoq tili – 74 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Magistratura_kvota_masofaviy_2025.pdf
10.2 MB
#Qabul2025
#magistratura_masofaviy

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 420 ta.

Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta,
qoraqalpoq tili – 15 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3
5yil_ish_staji_xotin_qizlar_kvota_2025.pdf
9.9 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha
qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Nogironligi_bor_fuqarolar_uchun2_foizli_grant_2025.pdf
10.3 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
3👍1🤩1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Oʻtish_bali

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
4
⚡️O'zMU talabalari o‘rtasida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi

“Din niqobidagi ekstremizm va terorizmga qarshi kurashda yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish” mavzusida ijtimoiy videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan talabalar mavzu yuzasidan tayyorlagan videoroliklarni @Tukhtayev_Ulugbek telegramiga yuborishlari so‘raladi.

✔️G‘olib va sovrindorlar tegishli tartibda diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek 1-2-3-o‘rin sovrindorlari videoroliklari universitetning rasmiy sahifalariga joylashtiriladi.

📹Videoroliklarga qo‘yilgan talablar:

Davomiyligi 3-4 minutdan iborat, 50 megabaytdan oshmaydigan, kadrlar sifatli va tiniq holatda ishlangan, mavzuga oid, aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlardan olingan va ko‘chirilgan ishlar aniqlangan taqdirda videorolik inobatga olinmaydi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3👏2