O'zMU | Rasmiy kanal
11.9K subscribers
17.8K photos
1.85K videos
114 files
6.17K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_nutqi
#Munosabat

Gulnoza Esonaliyeva,
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
:

"Mamlakatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etgani, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetganini ta'kidlab o'tdi.
Prezidentimiz BMT minbarida nutq so'zlar ekan, unda yoshlar masalasi, yoshlar ta'limi, shuningdek, xotin-qizlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida alohida to'xtalib o'tishi katta ahamiyatga ega".


O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍16🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_nutqi
#Munosabat

Zafar Asrorov,
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
:

"Kuni kecha BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida davlatimiz rahbari nutq so'zladi. Bu voqea hamma qatori biz yoshlarni ham befarq qoldirmadi. Prezidentimiz BMT minbaridan turib nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamiz va dunyo miqyosidagi muhim masalalar, shunga doir taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. Mamlakatimiz oxirgi yillarda bu borada katta tajriba to‘plaganini, o‘tgan olti yilda maktabgacha ta’limdagi qamrov 21 foizdan 70 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 38 foizga yetganini ham qayd etib o'tdi."

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍9🔥5🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_nutqi #COP29

O‘zbekiston umumiy farovonlik va “yashil” taraqqiyot yo‘lida ochiq muloqot va sheriklikka doim tayyor


Prezident Sh.Mirziyoyev global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish maqsadida qator tashabbuslarni ilgari surdi:

🔠Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim xatarlarini aniqlash uchun yetakchi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik ko‘magini kengaytirish dolzarbdir. Bu borada Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etishni taklif qilamiz.

🔠Ikkinchidan, transchegaraviy suv resurslari ifloslanishining oldini olish va barqaror bioxilma-xilligini saqlashda yagona yondashuvlar zarur. Mintaqamiz misolida aytib o‘tmoqchimanki, bir avlod ko‘z o‘ngida Orol dengizining butunlay yo‘qolishi sayyoramiz miqyosidagi fojiaga aylandi. Shu o‘rinda biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani ishlab chiqish tarafdorimiz.

🔠Uchinchidan, ko‘p tomonlama yetakchi tuzilmalar ishtirokida o‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirishni reja qilganmiz. Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion agrosanoat habini yaratish tashabbusini ilgari suramiz.

🔠To‘rtinchidan, iqlim o‘zgarishlaridan zarar ko‘rayotgan megapolis va shaharlarning barqaror rivojlanishi bo‘yicha ilg‘or bilim va amaliyotlar transferi uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etishni va uning birinchi forumini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilamiz.

🔠Beshinchidan, kelgusi yil 15-may – Xalqaro iqlim kunida Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivalida davlatlaringiz vakillarini kutib qolamiz.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61