O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
16.1K photos
1.75K videos
102 files
5.75K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
Forwarded from Edu.uz
⚡️DIQQAT! MUHIM EʼLON!!!

🔰 2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

✔️ Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

🔸Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

🔹Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

🔺Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#талабаларга_тавсия

📌 Аввалроқ хабар берганимиздек, 6 сентябрь куни университетда биринчи курс талабалари учун ўқув йилининг очилиши ва таништирув дарслари бўлиб ўтади.

🔷 Тадбирга ва умуман университетга ўқув даргоҳига мос ҳолда, тартиб билан кийиниб келиш, шахсини тасдиқловчи ҳужжат (паспорт), ўқишга қабул қилинганлигини тасдиқловчи ҳужжатларни ўзи билан олиб келиш тавсия этилади!

Университет сизларни кутмоқда!
Forwarded from Edu.uz
DIQQAT! MUHIM EʼLON!

Test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini berish tartibi maʼlum boʻldi.

🔰 Unga koʻra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar bugun, 5-sentabr soat 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

🔚 Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.

✔️ Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

❗️Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Izoh: apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha apellatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishga tushiriladi.
_______
Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j
⚡️DIQQAT! MUHIM!!

▪️DTM test sinovlari natijasi bo‘yicha apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi haqida maʼlumot berdi.

🔸 Unga koʻra, apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🔹 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

🔸DTMda apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

🔹Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

🔸 Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

🔹Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

🔸Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

❗️Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

📌 Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
⚡️ Ayni damda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha natijalar chiqishi kutilmoqda!
____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
SHOSHILING!
O’zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma ta'lim dastur asosida 2021-2022 oʻquv yili uchun ikki diplomlik sirtqi ta’lim bakalavr dasturiga qabul davom etmoqda!

🔺Afzalliklar:
• Siz 5 yil ichida Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi universitetlari tomonidan, bir vaqtning oʻzida, ikkita diplomga ega boʻlasiz!
• Darslar har ikkala universitetning malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi!
• Sizning eng quvnoq talabalik davringiz O’zbekiston Milliy universitetida va Rossiyaning nufuzli oliygohida boʻlib oʻtadi!
•Sifatli ta’lim olish uchun darslar eng soʻnggi texnologiyalar orqali olib boriladi!

Ta'lim yoʻnalishi:
Metereologiya va iqlimshunoslik

Talab etiladigan hujjatlar:
• shahodatnoma/diplom (pdf)
• pasport (pdf)
• rasm 3,5x4,5 (jpeg)

Hujjat topshirish uchun ushbu havolaga o'ting

Murojaat uchun tel:+998977563629
Telegram orqali: @meteo_rus
#Qabul_2021

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

🔰 Oʻzbekiston Milliy universiteti va Milliy tadqiqotlar Tomsk Davlat universitetlarining Axborot xavfsizligi yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturiga 2021/2022-oʻquv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.

🔚 Hujjatlar qabul qilish 8-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

🇷🇺 Ta’lim jarayoni rus tilida olib boriladi.

👉 Roʻyxatdan quyidagi havola orqali oʻting: https://forms.gle/7oNavHW3S2sET8EM9

📱Murojaat uchun telefon: +998919674040

Batafsil malumot:

🌐 Veb-sayt: uzmutomsk.nuu.uz 📧 E-mail: [email protected]
📲 Telegram: https://t.iss.one/joinchat/Iqsxxpls7HJkZWJi
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021
#DoubleDegree

⚠️ Abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat

👉 O‘zbekiston milliy universitetining 2021/2022-oʻquv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qabul koʻrsatkichlari tasdiqlandi 👆🏻
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​⚡️ Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari

📌 2021-2022-o‘quv yili
uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.

1️⃣ magistr.dtm.uz sayti orqali:

magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Magistratura-2021” bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
⚡️ ЎзМУда анъанавий тарзда ўқув жараёни бошланди

🔰 Бугун, 6 сентябрь куни Ўзбекистон Миллий университети (ЎзМУ)нинг очиқ майдони байрамона безанди.

🔷 ЎзМУ талабалари байромона кайфият билан янги ўқув йилининг биринчи дарси - Мустақиллик дарсига йўл олишди.

🔷 Мустақиллик дарсларида охирги йилларда мамлакатимизда яна бир муҳим уйғониш жараёни кечаётгани, яъни “Янги Ўзбекистон” ва “Учинчи Ренессанс” сўзлари ҳаётимизда ўзаро уйғун ва ҳамоҳанг бўлиб янграётгани, Учинчи Ренессанс даврида ёшларнинг илмий салоҳиятини янада ошириш муҳим эканлиги, бу борада уларда катта масъулият борлиги, бугунги кунда Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланиб бораётганлиги тўғрисида маърузалар қилинди.

Батафсил:👉https://nuu.uz/uzc/press/news/events/ev-univercity/1905

🌎
Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
🔝🔝 ЎЗМУ - TIMES HIGHER EDUCATION ТОМОНИДАН ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ

🔰 2 сентябрь куни Буюк Британиянинг нуфузли ташкилоти Times Higher Education рейтинг агентлиги дунёнинг етакчи университетлари рейтинги маълумотларини (WUR) эълон қилди.

✔️ Мазкур рейтингга дунёнинг 1662 та олий таълим муассасаси киритилган.
Аввалги рейтинглардан фарқли равишда, эълон қилинган рейтингга илк бор янги турдаги мақомга (reporter*) эга бўлган 450 та таълим муассасалари ҳам киритилди.
Эътиборли жиҳати, мазкур мақомга эга бўлган таълим муассасаларига ўринлар берилмади ва уларнинг рўйхати алфавит тартибида акс эттирилди.

📌 Reporter мақоми рейтингга кириш учун фаол ишлари билан Times Higher Education ташкилотини эътирофига сазовор бўлган таълим муассаларига берилди. Мазкур рўйхатдаги олий таълим муассасалари дунёнинг нуфузли таълим муассасаларига кириш учун номзод сифатида тан олиниб, мазкур йўналишда Times Higher Education уларга яқиндан ёрдам беришга тайёр эканлиги баён этилди.

🌎
Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
🔝 ЎЗМУ - TIMES HIGHER EDUCATION ТОМОНИДАН ЭЪТИРОФ ЭТИЛДИ

🔰 2 сентябрь куни Буюк Британиянинг нуфузли ташкилоти Times Higher Education рейтинг агентлиги дунёнинг етакчи университетлари рейтинги маълумотларини (WUR) эълон қилди.

✔️ Мазкур рўйхатда Ўзбекистоннинг 10 та олий таълим муассасаси жой олди:
🔹 Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети
🔹Тошкент давлат юридик университети
🔹 Тошкент молия институти
🔹 Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти
🔹 Тошкент тиббиёт академияси
🔹 Тошкент педиатрия тиббиёт институти
🔹 Тошкент фармацевтика институти
🔹 Тошкент Давлат иқтисодиёт университети
🔹 Тошкент Турин политехника университети
🔹 Урганч Давлат университети

🌎
Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
📚 QS GLOBAL EDUCATION NEWS (QS-GEN) журналида илк бор ЎЗМУнинг халқаро қўшма таълим ютуқлари тўғрисида мақола чоп этилди

✔️ QS GLOBAL EDUCATION NEWS (QS-GEN) журналининг 2021 йил август сонининг 54-саҳифасида Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети ҳақида "NUU expands global capacity through joint educational programmes" мавзусида мақола чоп этилди.

📌 Маълумот ўрнида:
QS GLOBAL EDUCATION NEWS
(QS-GEN) - Ҳар чоракда бир марта чоп этилади, тадқиқотдаги янгиликлар, халқаро ҳамкорлик, ҳалқаро алмашинув шартномалари ва бутун дунё бўйлаб олий ўқув юртлари доирасида содир бошқа буюк ютуқлар ҳақида маълумот берадиган онлайн нашр.
Онлайн нашр бутун дунё бўйлаб академиклар ва университет раҳбарларининг кенг тармоғига юборилади. Босма нашрнинг бепул нусхалари ҳам бутун дунёдаги университет раҳбарларига юборилади. Бундан ташқари, бу нусхалар барча QS тадбирларда тарқатилади.

🌎
Telegram
🌐Facebook
📱Instagram