O'zMU | Rasmiy kanal
10.8K subscribers
16.1K photos
1.75K videos
102 files
5.75K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
#Super_kontrakt

⚡️⚡️⚡️Abituriyentlar diqqatiga !!!

🔥2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.

💥Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
Forwarded from Edu.uz
#Super_kontrakt

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA ❗️

⚡️Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

🔘 Xabar berganimizdek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

🔥 Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim:

ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

‼️Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.
____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Super_kontrakt|#ariza|#shartnoma

⚡️Abituriyentlarga yana bir yengillik!

🔰 Xabaringiz bor, tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar tomonidan onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish uchun t-kontrakt.edu.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

📹 Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini elektron shaklda amalga oshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma tayyorlandi.

🖥 Yo‘riqnoma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.👆

🌎Telegram
🌐Facebook
📱Instagram
O'zMU | Rasmiy kanal
Photo
#Rasmiy_xabar_OʻzMU
#Super_kontrakt

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.

Universitet Kengashi qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4 ball yetmagan, 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

to‘plagan ballari qabul kvotalari (parametrlari) chegarasiga
• 1,0 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
• 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
• 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
• 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Shuningdek, universitetning mazkur kengash qaroriga muvofiq 2023/2024 o‘quv yili ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,1 balldan ortiq, 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

• “60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” hamda “60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha — 4,0 barobar.
• “60420100 - Yurisprudensiya (biznes huquqi)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — 15,0 barobar.

Eslatma! Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun 50 foizi bajarilgandan so‘ng talabgor o‘qishga qabul qilinadi. To‘lov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Super_kontrakt

2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#super_kontrakt

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E’LON
#Super_kontrakt

✔️ O'zbekiston Milliy universitetiga 2024/2025-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida test imtihonlarini topshirgan, lekin yetarli ball to‘play olmagan, oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar qabul qilinadi:

Yurisprudensiya: biznes huquqi;
Biologiya;
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar
🔹 masofaviy (onlayn) shaklda [email protected] elektron pochtasi yoki @Mansur_Mamanazarov telegram akkaunti orqali; 🔹an’anaviy (oflayn) shaklda O‘zbekiston Milliy universiteti Marketing bo‘limi (Tel.: 95 040 54 98) 2024-yil 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Yuklab oling 👉 ARIZA NAMUNASI

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM