Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.47K photos
456 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Yangi_Oʻzbekiston_Universiteti

USTUVORLIKLAR BELGILANDI

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda viloyatimizning ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchi hamda yuqori sinf oʻquvchilari uchun Yangi Oʻzbekiston universiteti vakillari ishtirokida sermahsul uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarimiz bugungi kunda eng yosh, ammo shu bilan birgalikda kelajak avlod uchun ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbir yakunida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob olishdi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

OTA-ONALAR YIGʻILISHI

♻️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida ota-onalar yigʻilishlariga start berildi.

❇️ Oʻquvchilarning choraklik natijalari, yutuqlari, maktabdagi hayoti, odob-axloq, tarbiyaviy jihatlari doirasida maktab maʼmuriyati, sinf rahbarlari hamda tarbiyachi ustozlari bilan birgalikda suhbatlar olib borildi.

✳️ Ushbu yigʻilish taʼlim-tarbiya jarayonida maktab maʼmuriyati hamda ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi deb ishonch bildiramiz.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#hamkorlik

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida Markaziy harbiy okrugga qarashli 523-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni bilan hamkorlikda memorandum tuzildi.

🔰 Bu kabi hamkorliklar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.
#Navoiy_Prezident_maktabi

PARENT'S MEETING

Navoiy shahridagi Prezident maktabida navbatdagi yigʻilishlar 6-7-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan boʻlib oʻtdi.

📈📊 Yigʻilishda oʻquvchilarning II chorak yakuniy baholari va fanlarni oʻzlashtirish darajasi muhokama qilindi. Shanba, yakshanba kunlari bolalar oila bagʻrida boʻlganligi inobatga olinib, ota-onalar farzandlari bilan koʻproq birga boʻlishlari va ularning bilimiga eʼtibor berishlari muhimligi taʼkidlandi.

✔️ Shuningdek, yigʻilishda III chorak oldida turgan masalalar va istiqboldagi rejalar haqida aytib oʻtildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

QUSHLAR - BIZNING DOʻSTIMIZ!


☘️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Eko-maktab" harakati aʼzolari bilan qushlarga inlar tayyorlandi.

🍃 Ushbu loyihani o‘tkazishdan maqsad qush uyalarini yasashda oʻquvchilarning innovatsion va kreativ g‘oyalari asosida ishlashi orqali yoshlarning qushlarga va ona tabiatga bo‘lgan munosabatini yaxshilashdan iborat.

🕊 Zero, qushlar ekologik zanjirimizning faol a'zolaridir.