Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.47K photos
456 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Prezident_maktabi

Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi.

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon shahridagi Prezident maktabi jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari Andijon viloyati musiqali drama teatrida “Bobur sog‘inchi” nomli spektaklni tomosha qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "Speech time"da 5-sinf oʻquvchilari tomonidan "Yoʻqolib borayotgan hayvonlar" mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Qiziqarli taqdimot bilan bir vaqtda art oʻqituvchisi M.Buriyeva tomonidan "house"lar kesimida art musobaqasi oʻtkazildi.

Maktabimizda "Art" fani doirasida oʻtkazilayotgan tanlovlar oʻquvchilarning ichki olami va taffakurini boyitib, emotsional jihatdan pozitiv ruhda bo‘lishlariga hissa qoʻshmoqda.
#Navoiy_Prezident_maktabi

OFITSERLIK - MARDLAR KASBI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida mazkur shior ostida Navoiy viloyati Mudofaa ishlari  boshqarma boshligʻi oʻrinbosari  podpolkovnik M.Shermatov tomonidan oʻquvchi-yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Forwarded from Hilola Umarova
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrladigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzab mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

GʻAROYIB TILSIM

Alisher Navoiy tavalluddining 583 yilligi munosabati uning barhayot siymosini abadiylashtirish va yosh avlod tafakkurini ulugʻ shoirning ijod gulashanidan xabardor qilish, turkiy tilning qadimiy va navqironligini namoyon etish maqsadida Navoiy shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan "G‘aroyib tilsim" nomli qisqa metrajli film suratga olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

BARHAYOT SIYMO IZIDAN

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy ijodi, uning Vatan va millat ravnaqi yo‘lida qoldirgan beqiyos merosi o‘quvchilar tomonidan yana bir bor yod etildi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

FOOTBALL EVOLUTION

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" sinflar kesimida tashkil etilib, unda oʻquvchilar va ustozlar tomonidan tayyorlangan qiziqarli taqdimotlar, turli koʻngilochar mashgʻulotlar oʻtkazilib kelinmoqda.

⚽️ Bugun 7-green sinf oʻquvchilari tomonidan "Football Evolution" mavzusida savol-javob tarzida oʻquvchilar bilan oʻyinlar oʻtkazildi. Ilm olish bilan bir vaqtda sportga juda ham qiziqishi baland oʻquvchi-yoshlarimiz faol ishtirok etishdi.

🏈 Qolaversa, noodatiy uslubda tashkil etilgan "Qiziqarli shartlar" mashgʻuloti bilan oʻquvchilarga pozitiv energiya ulashildi.
#Diqqat_eʼlon
#parents_meeting

MAKTABIMIZ OʻQUVCHILARINING OTA-ONALARI DIQQATIGA!

Navoiy shahridagi Prezident maktabida 12-13-14-15-16-19-20-fevral sanalarida ota-onalar yigʻilishlari sinflar kesimida boʻlib oʻtadi.

Uchrashuv davomida ota-onalar 1-2-chorak natijalari, farzandlarining taʼlim-tarbiyasi borasidagi qiziqishlari va savollariga javob oladilar.


Ota-onalar yigʻilishidan koʻzlangan asosiy maqsad ota-onalar bilan bir jamoa boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayonidagi hamkorligimizni mustahkamlashdir.