Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.47K photos
456 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#shaxmat_aql_gimnastikasi

CHESS COMPETITION

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida “House”lar kesimida qiziqarli shaxmat matchlari boʻlib oʻtdi.

Shaxmat - diqqat, mulohaza va xotirjamlikni rivojlantirishda samarali mashgʻulotdir.
#Navoiy_Prezident_maktabi

OTA-ONALAR YIGʻILISHLARI DAVOM ETMOQDA

🔰 Navoiy shahridagi Prezident maktabida kuni kecha 8-sinf oʻquvchilarining ota-onalari bilan yigʻilishlar boʻlib oʻtgan edi.

Ayni damda 9-sinf oʻquvchilarining ota-onalari majlisi boʻlib oʻtmoqda.

♻️ OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGIDAGI HARAKAT TA’LIM-TARBIYANI QO‘LLAB QUVVATLASHNING SAMARALI USULIDIR
.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tdi

17-18-fevral
kunlari bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan

Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʻlon

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro'yxati e'lon qilindi.

📝Ushbu o'quvchilar ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin

Eslatib o‘tamiz, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

biologiya fanidan – 4 nafar;

informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;

kimyo fanidan – 4 nafar;

fizika fanidan – 5 nafar;

matematika fanidan – 6 nafar o‘quvchilar ishtirokida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha
olimpiada mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘tkazilmoqda.

⚡️Ushbu olimpiadalarda:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari;
2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo‘yicha o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o‘rinlarni egallagan) o‘quvchilar olimpiadaning Agentlik  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube