Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.41K photos
454 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

MATHEMATICS WEEK IS STARTED

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida ertalabki "Speech-time" davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Shu bilan birgalikda, Matematika fani haftaligi start olib, haftalik davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa, bellashuv va viktorinalar to‘g‘risida o‘quvchilarga ma‘lumot berildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

"ONA TILI - MILLAT RUHI"

❇️ 21-oktabr - oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan maktabimizda "Oʻzbek tili haftaligi" eʼlon qilindi.

Haftalik doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ochiq darslar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar va davra suhbatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

❗️Shuni alohida taʼkidlash joizki, haftalik davomida pedagogik jamoa va oʻquvchi-yoshlar faqatgina sof oʻzbek tilida soʻzlashishi belgilab olindi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

"DUNYO TILLARI BILIMDONI"

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida ona tili haftaligi turkumida "Speech-time" vaqtida "Dunyo tillari bilimdoni" tanlovi boʻlib o'tdi.

Bellashuv shartiga koʻra, oʻquvchilar turli soʻzlarning nafaqat oʻzbek tilidagi, balki boshqa tillardagi muqobil variantlarini aytish boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Soʻngra, tanlov bahribayt bilan davom ettirilib, unda adabiyot muxlislari faol ishtirok etishdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_shahar_Prezident_maktabi
#Speech_time

ENGLISH WEEK IS STARTED

❇️ Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani haftaligiga start berildi.

Fan oʻqituvchisi Ms. Divina tomonidan til oʻrganish koʻnikmalari haqida motivatsion "Speech" boʻlib oʻtdi. Shu bilan birgalikda maktab Prezidenti Utkirbek Shavkatov haftalik doirasida rejalashtirilgan kechalar, tadbirlar, tanlov va musobaqalar haqida maʼlumot berdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

🗣 Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" odatdagiday Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Bugun 11-sinf oʻquvchilari Komilov Nurmuhammad va Ismoilov Shahzod tomonidan oʻquvchilar eʼtiboriga motivatsion nutq taqdim etildi.

Inson hamisha oʻzining xatti-harakatlarini oʻylab, tafakkur qilishi, "yomon" odatlar yoki muammoli holatlarga duch kelishi ham oʻz fikr kuchining mahsuli ekanligi toʻgʻrisida foydali "speech" boʻldi.

Oʻquvchilarga vaqtdan unumli foydalanish hamda maqsad qoʻyish borasida foydali ma'lumotlar ulashildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

❇️ Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida Tarbiya fani haftaligi doirasida "Speech time" da tarbiya fani ustozlari tomonidan didaktik oʻyinlar oʻtkazilib, oʻquvchilar tarbiya faniga oid tezkor savollarga javob berishdi. Ularga mehmon kutish odobi toʻgʻrisida oʻyin tarzida ma'lumot berildi.

Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Nazarov Ahrorbek tomonidan motivatsion nutq taqdim etildi.

Orzu va maqsadlar sari harakat va mehnat qilish toʻgʻrisida gapirib, oʻquvchilarni ma'nan rivojlanishga chorlagan holda davomiy oʻz ustida tinimsiz ishlashi muhimligini tushuntirdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

"BUYUK SIYMONI XOTIRLAB"

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida soʼz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan hafta mobaynida buyuk siymoni madh etuvchi taqdimotlar, gʼazalxonliklar va sahna koʼrinishlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Bugun maktabimizda Navoiyshunos olima Munira Xudoyorova mehmon boʼlib, "Hazrat Alisher Navoiyga ehtirom" mavzusida ma'ruza qildilar.

❇️ Taqdimot so'ngida o'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan Navoiy bobomiz qildirgan beqiyos merosi xususida taqdimot namoyish etishdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time
#Boburxonlik

❇️ Ertalabki "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 11-green sinf oʻquvchisi Komilov Nurmuhammad "Shoh va shoir" mavzusidagi taqdimotini namoyish etdi.

Bugun yoshlar oʻrnak olsa arzigulik benazir shaxs Mirzo Boburning hayot yoʻllari va insoniy sifatlari borasida qizgʻin suhbat boʻldi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

Tonggi "Speech-time"da sheʼriyat bahsi boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilar sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼrlardan "Bayribayt" aytishuvini "House"lar kesimida olib borishdi.

Qizgʻin kechgan aytishuvda "Capella" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

🌐🌐🌐
🌐 | Telegram
🌐 | Facebook
🌐 | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

WORLD SPACE WEEK

💫 Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Butunjahon koinot haftaligi"ga start berildi. Haftalik 4-oktyabrdan 10-oktyabrga qadar davom etadi.

🔍 9-sinf oʻquvchisi Ahtamov Mironshoh tomonidan "Unknown Speace" mavzusida qiziqarli "Speech" eshitildi.

Ushbu haftada bir-biridan qiziqarli va maroqli tadbirlar rejalashtirildi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

📣 Bugun tonggi "speech time" da yaqindagina Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan "Sakura Science High School Exchange Program" dasturida ishtirok etib qaytgan 11-green sinf oʻquvchisi Axtamova Mehrangiz oʻquvchi-yoshlar eʼtiboriga maxsus taqdimot havola etib, sayohat taassurotlari bilan boʻlishdi.

⚡️ Shuningdek, maktab psixologi tomonidan "International Anti-Bullying Week" doirasida yoshlardan "Zoʻravonliksiz dunyoni birgalikda yaratamiz" soʻrovnomasi olindi.

Haftalik doirasida "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" shiori ostida maktablarda uchraydigan zoʻravonliklarni oldini olishga qaratilgan ijodiy ishlar (rasmlar, videoroliklar) tanlovi eʼlon qilindi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Speech_time

"KITOB TAFAKKUR QANOTI"


📣 Bugun tonggi "speech time"da 5-blue sinf oʻquvchilari tomonidan ushbu mavzudagi taqdimot yoshlar eʼtiboriga havola etildi.

📚 Kitob - bilim manbai. Bu isbot talab qilmas haqiqatdir. Taqdimot jarayonida oʻquvchilar bilimni asosan kitob orqali olishlari hamda uning yordamida inson tarbiyalanishiga urgʻu berildi.

📖 Shuningdek, kitobning yaratilish tarixi, antiqa dizaynlari, zavqli mutolaa haqida qiziqarli maʼlumotlar ulashildi.

💫 Qolaversa, "Zakovat" intelektual bellashuvining kuzgi mavsumi oʻyin natijalari eʼlon qilinib, gʻolib jamoalar taqdirlandi.

Natijalarga koʻra:

🥇 "FOREVER" jamoasi 1-oʻrin
🥈 "PARVARDA" jamoasi 2-oʻrin
🥉 "RADIKAL" jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
#Speech_time

📣 Bugun tonggi "speech time"da 8-Blue sinf o’quvchilari tomonidan “Sehrli fokuslar tarixi” mavzusidagi qiziqarli taqdimot o’quvchilar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, "ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ" shiori ostida oʻtkazilgan ijodiy ishlar va videoroliklar tanlovida faol ishtirok etib, gʻolib boʻlgan oʻquvchilar taqdirlandilar.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "Speech time"da 6-sinf oʻquvchilari tomonidan "Birthdays" mavzusida taqdimot namoyish etildi.

🥳 Oʻquvchilar tomonidan tugʻilgan kun nishonlanishining paydo boʻlish tarixi va qiziqarli anʼanalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

🌈 Qolaversa, 11-sinf bitiruvchilari uchun maxsus motivatsion taqdimot havola etilib, ertalabdan oʻquvchilarga pozitiv energiya ulashildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "Speech time"da 5-sinf oʻquvchilari tomonidan "Yoʻqolib borayotgan hayvonlar" mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Qiziqarli taqdimot bilan bir vaqtda art oʻqituvchisi M.Buriyeva tomonidan "house"lar kesimida art musobaqasi oʻtkazildi.

Maktabimizda "Art" fani doirasida oʻtkazilayotgan tanlovlar oʻquvchilarning ichki olami va taffakurini boyitib, emotsional jihatdan pozitiv ruhda bo‘lishlariga hissa qoʻshmoqda.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "Speech time" 10-sinf oʻquvchisi Neʼmatova Aziza tomonidan taqdim etilgan taqdimot bilan boshlandi.

"Raqamli avlod" loyihasi doirasida boʻlib oʻtgan "Raqamli avlod qizlari-2024" 5 kunlik oromgohdagi ishtiroki, mahoratli mentorlar tomonidan oʻtilgan mazmunli darslar, uchrashuvlar, Respublika tanlovidagi loyihalar xususidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Nutq axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun foydali boʻlish bilan bir qatorda, oʻquvchi-qizlarga noyob isteʼdod va qobiliyatlari orqali muvaffaqiyat qozonishlari uchun keng imkoniyatlardan foydalanishlariga motivatsiya boʻldi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

OʻZBEK XALQ SHEVALARI VA ULARNING AHAMIYATI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "Speech time" da 11-sinf oʻquvchilari tomonidan oʻzbek lahja va shevalarining betakror leksik, semantik va fonetik jihatdan bir-biridan farq qilishi xususida maʼruza oʻquvchilar eʼtiboriga havola etildi.

Milliy boyligimiz boʻlgan dealekt soʻzlarga hurmatda boʻlish va bu shevalar qaysi jihatlari bilan farqlanishini hududlar kesimida taqdimot qilishdi.

Ayniqsa, Navoiy viloyati tumanlari misolida 11-sinf oʻquvchilarimizning shevalarni oʻz soʻzlari bilan ifoda etishi qiziqarli boʻldi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun "Vatan" mahallasi faollari bilan birgalikda madhiya kuylandi.

Mahalla raisi Xayrulla Narzullayev tomonidan oʻquvchilarga iliq tilaklar bildirildi.

Qolaversa, hafta mobaynida tashkil etilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida maʼlumotlar berildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

XITOYGA SAYOHAT

Bugun maktabimizning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi U.Buronov tomonidan "speech" eshitildi.

Xitoyda boʻlib oʻtgan jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun o’quv-amaliy seminaridan olgan taassurotlari, qiziqarli voqealar va tafsilotlar bilan boʻlishdi.

Maqsad - jismoniy tarbiya, ommaviy sportni o’quvchilar orasida yanada ommalashtirish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.