Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.41K photos
454 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#hamkorlik

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan maqsad o‘zaro pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy masalalarning o‘zaro integratsiyasi asosida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va xorijiy tajribalarni joriy etishdan iborat.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

JADIDCHILIK - MILLIY UYGʻONISH ASOSI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "speech time" oʻquvchilarimiz Ikromov Shohruh va Shirinboy Sardor tomonidan "Jadidchilik Harakati: Oʻzbekistonning Taraqqiyot Yoʻlida" mavzusida taqdimot oʻquvchilar eʼtiboriga havola etildi.

Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va intellektual harakat–jadidchilikning vujudga kelishi, ma’rifatparvarlik g‘oyalarining kurtak otishi, jadidlar hayoti haqida oʻquvchi-yoshlarga qiziqarli maʼlumotlar berildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

XALQARO TAʼLIM KOʻRGAZMASI

Buyuk Britaniya, AQSh, BAA, Shveytsariya, Kanada va boshqa davlatlarning 25 ta eng nufuzli universitetlari va maktablari ishtirokidagi xalqaro koʻrgazmada maktabimiz maslahatchisi Dilshoda Sultonova ham ishtirok etdi.


Maktab maslahatchilari uchun zarur boʻlgan turli mamlakatlar ta’lim dasturlari, universitetlar uchun talab qilinadigan hujjatlar va bilimlar haqida dolzarb ma’lumotlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening "Prezident maktablarida oʻquvchilarni oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ularda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar" mavzusida boʻlib oʻtdi.

Bunda Prezident maktabi oʻquvchilarini oʻqitishda toʻplangan tajribalar Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi oʻqituvchilariga ulashildi hamda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#OIV_OITS_qarshi_kurash

Navoiy shahridagi Prezident maktabida birinchi dekabr Xalqaro OIV/OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan art fani oʻqituvchisi Shaxnoza Ravshanova tomonidan rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#viktorina

Navoiy shahridagi Prezident maktabida "tarix va tarbiya haftaligi" doirasida 7-Blue va 7-Green sinf oʻquvchilari oʻrtasida Jahon tarixi fanidan viktorina tashkil etildi.

Qizgʻin kechgan musobaqada ikkala jamoa oʻquvchilari faol ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini namoyon etdilar.

Tarix bilimdonlariga hamisha omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
#Navoiy_Prezident_maktabi

SPORT - SOGʻLIK GAROVI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Navoiy viloyat Milliy Gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻquvchilar oʻrtasida quvnoq startlar oʻyinlari oʻtkazilib, unda 5-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

Gʻolib boʻlgan jamoa hamkor tashkilot tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
#Navoiy_Prezident_maktabi

TARIXIY IJOD NAMUNALARI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida tarix fanidan II chorak nazorat ishlarining bir qismi "Loyihaga asoslangan taʼlim" tamoyili asosida amaliy ko'rinishda boʻlib oʻtdi.

Oʻquvchilar nazariy bilimlarini tasavvur kuchini ishga solgan holatda amalda namoyon etadilar.

Oʻzbekiston tarixi va buguni uchun nihoyatda qadrli boʻlgan tarixiy inshootlar, manzilgohlar va jahonning boshqa mintaqasidagi binolarning maketlarini oʻquvchilarimiz nozik did bilan yaratib, sinflar kesimida taqdimot qildilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ KAFOLATI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bagʻishlangan "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

“Davlat ramzlari – faxrim, gʻururim” turkum tadbirlarini oʻtkazishdan maqsad - yoshlar ongida Vatanimiz ramzlarini ulugʻlash va ardoqlash tuygʻusini tarbiyalashdir.