NAVOIY VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASI I RASMIY KANALI
444 subscribers
12.7K photos
2.05K videos
46 files
3.13K links
Ушбу канал орқали Сиз божхона органларида амалга оширилаётган ислоҳотлар, соҳада тадбиркорлар учун яратилган қулайликлар тафсилоти билан танишиб борасиз.

Мурожаат учун: 79-222-05-55
Download Telegram
#kun_tarixi #bojxona

📌26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni!

📝1987-yil. Toshkent. Toshkent bojxona boshqarmasi yuk bo‘limi boshlig‘i V.P.Popov (chapda) va katta inspektor O.E.Syura bojxona ko‘rigini o‘tkazish chog‘ida.

📜Ushbu fotohujjat O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
#kun_tarixi

Бундан 4 йил аввал айни шу санада амалдаги божхона йиғимари ставкалари тасдиқланган.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 9 ноябрдаги 700-сон қарори билан ҳозирда 11 турдаги божхона йиғимлари мавжуд.

Товарларни «давлат фойдасига воз кечиш», «йўқ қилиш», «вақтинча сақлаш» божхона режимларига расмийлаштирганлик учун, суд қарорига асосан давлат фойдасига ўтказилган ёки йўқ қилинадиган товарларни сақлаганлик учун эса божхона йиғимлари ундирилмайди.
#kun_tarixi

Кун тарихи

1999 йил 15 апрель – Ўзбекистон Республикасининг “Темир йўл транспорти тўғрисида” Қонуни қабул қилинди. Қонуннинг 27-моддасига кўра юк жўнатувчилар ва юкни олувчилар маҳсулотларни экспортга етказиб бериш бўйича божхона органлари томонидан белгиланган талабларни вагонлар ва контейнерларнинг кечиктирилганлигига сабаб бўлган тарзда бузганлик учун қонунчиликда белгиланган миқдорларда жарималар тўлаш тарзида жавобгар бўлишлари белгиланди.

2014 йил 15 апрель - Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш ва давлат хизматларини кўрсатиш билан боғлиқ тартиботларни янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-2164-сон қарори билан божхона омбори, бож олинмайдиган савдо дўкони ва«Эркин омбор» таъсис этиш учун йиғим бекор қилинди.

2024 йил 15 апрель - Экспортга мўлжалланган ва истеъмол мақсадларида ундириладиган дон, дуккакли ҳамда мойли экинлар уруғларини сертификатлаштириш тартиби тўғрисида Низом тасдиқланди. Бунда ихтиёрий сертификатлаштириш тартиби Ўзбекистон Республикаси божхона ҳудудидан ташқарига олиб чиқилиши (экспорт қилиниши) тақиқланмаган уруғларга нисбатан татбиқ этилади.
#kun_tarixi

БОЖХОНАДА КУН ТАРИХИ


2008 йил 21 апрель - Олиб чиқиладиган товарларнинг божхона қиймати декларациясини тўлдириш бўйича Йўриқнома тасдиқланди. Ҳужжат 2019 йил 30 январга қадар амал қилди.

2021 йил 21 апрель - Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш, ишбилармонлик муҳитини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ПҚ-5087-сон қарори қабул қилинди. Ҳужжат билан уч йилдан ортиқ вақтдан буён товарларни импорт қилиш билан шуғулланаётган, божхона тўловлари бўйича мажбуриятларини бажариб келган, лекин молиявий аҳволига кўра тўловларни белгиланган муддатда тўлаш имкониятига эга бўлмаётган ташқи иқтисодий фаолият иштирокчиларига божхона тўловларини бўлиб-бўлиб тўлаш ҳуқуқи берилди.

2021 йил 21 апрель - Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Наманган вилоятида тадбиркорликни янада қўллаб-қувватлаш ва муҳандислик-коммуникация тармоқларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПҚ-5084 сон қарори қабул қилинди. Қарорда кўрсатилган тадбирлар бўйича 2021 йилнинг 20 ноябрига қадар объектни қуриш ва реконструкция қилишда зарур бўладиган қозонхоналар, асбоб-ускуналар, бутловчи буюмлар, эҳтиёт қисмлари, металл конструкциялар, сувни тайёрлаш учун кимёвий моддалар божхона божидан озод этилди.

2022 йил 21 апрель - АҚШ ва Марказий Осиё мамлакатлари ўртасида савдо ва инвестициялар бўйича Ҳадли битим кенгашининг божхона масалалари бўйича минтақавий ишчи гуруҳи “Яллама” чегара божхона постида бўлди.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2020-yil 25-aprel - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 254-son qarori bilan chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar orasidan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs aniqlanganda harakatlanish tartiblari belgilandi.

2022-yil 25-aprel - O‘zbekiston Respublikasining “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Hujjatda organik mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga va uning hududidan olib chiqishga doir talablar belgilandi.

2022-yil 25-aprel - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-115-son Farmoni qabul qilindi. Hujjat asosida ushbu rejimni qo‘llashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

2022-yil 25-aprel - Bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

2023-yil 25-aprel – Toshkent shahrida Germaniya hamkorlik tashkilotining (GIZ) "Markaziy Osiyoda savdoni yengillashtirish" dasturining Markaziy Osiyo davlatlaridagi milliy qo‘mitalari ishtirokida Mintaqaviy uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

2023-yil 25-aprel - O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

2024-yil 25-aprel - Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-yig‘ilishi boshlandi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

1999 yil 28 aprel - “Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimi to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlandi. Hujjat 2004 yil 8 martga qadar amal qildi.

1999 yil 28 aprel - “Bojxona qonunchiligini buzgan shaxslarni ma’muriy ushlab turish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2018 yil 2 fevralga qadar amal qildi.

2021 yil 28 aprel - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 254-son qarori bilan turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta’minlash belgilandi.

2022 yil 28 aprel - Bojxona qo'mitasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi va tizimda xizmat olib borayotgan bojxonachi ayollar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

2022 yil 28 aprel - Bojxona qo‘mitasida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
#kun_tarixi

BOJXONADA
KUN TARIXI

1992-yil 30-aprel - O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbеkiston Rеspublikasiga mahsulot kеltirish va uni rеspublikadan chеtga chiqarish bo‘yicha vazirlar mahkamasi ilgari qabul qilgan qarorlarning qanday bajarilayotganligi hamda bu ishda zarur tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 220-son qarori qabul qilindi. Hujjat 1994-yil 11-martga qadar amal qildi. Ko‘plab tashkilotlar qatorida Bojxona qo‘mitasiga mahsulotlarni chetga chiqarishning belgilangan tartibiga rioya etilishini qattiq nazorat qilishni ta’minlash yuklatildi.

1994-yil 30-aprel – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 229-son qarori bilan Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat komissiyasi tashkil etildi. Hujjat 2024-yil 5-oktyabrga qadar amal qildi.

1999-yil 30-aprel – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori bilan “Bojxona yig‘imlari stavkalari” tasdiqlandi. Hujjat 2021-yilning 1 yanvariga qadar amal qildi.

2018-yil 30-aprel – “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qilindi.

2021-yil 30-aprel – Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

2021-yil 30-aprel – Mobil telefon orqali real vaqt oralig‘ida bojxona depozit g‘azna hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablag‘larini ko‘ra olish hamda bojxona to‘lovlari bo‘yicha solishtirma dalolatnoma yuklab olish imkoniyati yaratildi.
#kun_tarixi

БОЖХОНАДА КУН ТАРИХИ

2002 йил 2 май - Реэкспорт божхона режими тўғрисида низом тасдиқланди. Ҳужжат 2016 йил 21 апрелга қадар амал қилди.

2003 йил 2 май - Ўзбекистон Республикаси ҳудудига олиб кириладиган истеъмол товарларининг рўйхати тасдиқланди. Ҳужжат 2018 йил 19 сентябрга қадар амал қилди.

2005 йил 2 май - Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ўзбек-қозоқ давлат чегараси орқали ўтказиш пунктлари тўғрисидаги Ҳукуматларо Битим тасдиқланди.

2013 йил 2 май
- Ўзбекистон Республикаси ҳудудига олиб киришда импорт божхона божи ва қўшилган қиймат солиғидан озод қилинадиган технологик жиҳозлар, бутловчи буюм ва эҳтиёт қисмлар рўйхати тасдиқланди. Ҳужжат 2013 йил 25 мартга қадар амал қилди.

2013 йил 2 май - Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Жиззах» эркин иқтисодий зонаси ҳудудида юксак технологияли ишлаб чиқаришларни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 118-сон қарори билан зона иштирокчиларига бир қатор божхона имтиёзлари тақдим этилди.

2018 йил 2 май - Хорижий мамлакатларда ўтказиладиган кўргазма, танлов ва ярмаркаларда намойиш этиш учун ҳунармандчилик маҳсулотлари олиб чиқилишининг соддалаштирилган тартиби тасдиқланди.

2019 йил 2 май – Божхона қўмитасига БМТ Бош котиби ўринбосари, Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармаси Ижрочи директори Юрий Федотов ташриф буюрди.

2020 йил 2 май - Темир йўл транспорти йўловчиларининг қўл юкини, багажини, валютасини ва валюта бойликларини божхона назоратидан ўтказиш ва расмийлаштириш тартиби тасдиқланди.

2024 йил 2 май - Ўзбекистон божхона қонунчилигидаги ислоҳотлар сабабли Интеллектуал мулкнинг ҳуқуқий муҳофазаси ва ҳимояси ҳолати бўйича кузатув остидаги давлатлар рўйхатидан чиқарилгани хабар қилинди.
#kun_tarixi

BOJXONADA
KUN TARIXI

2008-yil 8-may – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-maydagi “Olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan yangi tibbiy jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 94-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat 2014-yil 13-yanvarga qadar amal qildi.

2013-yil 8-may – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning 13-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qarori qabul qilindi. Hujjat 2021-yil 4-mayga qadar amal qildi.

2018-yil 8-may – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi “Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan ayrim tovarlarni beg‘araz berish to‘g‘risida” 345-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat 2024-yil 1-sentyabrga qadar amal qildi.

2023-yil 8-may – Bojxona qo‘mitasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi delegatsiyasi a’zolari hamda boshqarmaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2006-yil 29-may – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining birja savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 96-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, birjada tuzilgan barcha eksport kontraktlari, kontrakt tuzilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha AQSH dollaridagi ekvivalenti ko‘rsatilgan holda, birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda birja brokerlari tomonidan kontrakt tuzilgan joydagi hududiy bojxona organlariga yuboriladi. Bojxona organlari mas’ul xodimlarni belgilaydi, ular kelishilgan jadvalga binoan birja brokerlaridan tasdiqlangan kontraktlarni qabul qiladilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va kontrakt kelib tushgan vaqtdan boshlab ikki ish kunida ularni brokerlarga qaytaradilar. Ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlar bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish uchun asos hisoblanadi.

2012-yil 29-may – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Angren" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2014-yil 29-may – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining “Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun mo‘ljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024-yil 29-may – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda Jahon bojxona tashkilotining “Konteynerlar tashuvini nazorat qilish” Global dasturi doirasida Strategik savdo tovarlari va eksport nazorati bo‘yicha milliy trening bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda Bojxona qo‘mitasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

1995-yil 3-iyun
– Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida, shuningdek chegaradagi temir yo‘l stansiyalarida turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus bojxona zonalarini tashkil etish, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlash belgilandi.

2015-yil 3-iyun - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasidqlandi. Hujjat 2019-yil 30 dekabrga qadar amal qildi.

2020-yil 3-iyun – Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020-yil 1 avgustdan boshlab 8701, 8702, 8703 va 8704 TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilindi. Hujjat 2021-yil 1 yanvarga qadar amal qildi.

2023-yil 3-iyun - O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari o‘rtasida raqamli TIR dasturi bo‘yicha dastlabki xalqaro tashuvlarga start berildi.

2024-yil 3-iyun – Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tamaki mahsulotlarining tranziti uchun qator talablar joriy etildi. Masalan, tamaki tashuvchi transport vositalarining faqat inspeksion ko‘rik majmualari bilan jihozlangan chegara bojxona postlari orqali o‘tkazilishi belgilandi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2002-yil 4-iyun
- Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Hujjat 2016-yil 23 mayga qadar amal qildi.

2005-yil 4-iyun - O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasini kesib o‘tishda ro‘yxatga olish yig‘imlarini to‘lash uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Hujjat 2013-yil 19 avgustga qadar amal qildi.

2018-yil 4-iyun - Prezident qarori bilan TIF TNning 74-guruhiga mansub mis mahsulotlarini chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga belgilangan stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solindi. Hujjat 2021-yil 1 aprelga qadar amal qildi.

2019-yil 4-iyun - O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok bo‘lgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2023-yil 29 dekabrga qadar amal qildi.

2021-yil 4-iyun - O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2016-yil 9-iyun – Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Darband” yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda bojxona punkti tashkil etildi. Hujjat 2018-yil 19 iyulga qadar amal qildi.

2023-yil 9-iyun - Ozarbayjon davlatining Ganja shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 76-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

2003-yil 21-iyun
- Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar — rezidentlarga naqd xorijiy valyutani respublika hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berishning yangi tartibi imzolandi. Hujjat 2015-yil 8 iyunga qadar amal qildi.

2005-yil 21-iyun - O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom imzolandi. Hujjat 2022-yil 10 mayga qadar amal qildi.

2010-yil 21-iyun – Chetdan olib kelinadigan bug'doy uniga 10 foizlik aksiz solig‘i joriy qilindi. Hujjat 2011-yil 1 yanvarga qadar amal qildi.

2017-yil 21-iyun -
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3077 son qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlar uchun amalda bo‘lgan imtiyozlar va preferensiyalar o‘zlari egasi bo‘lgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ham tatbiq etildi.

2021-yil 21-iyun - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5155-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan 2024-yil 1 yanvarga qadar bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan, mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar ro‘yxati tasdiqlandi.
#kun_tarixi

BOJXONADA
KUN TARIXI

1997-yil 26-iyun
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1997-yil hosilidan olinadigan meva-sabzavot mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga sotish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Hujjat 1999-yil 5-martga qadar amal qildi.

2008-yil 26-iyun – 1997-yil 1-noyabrgacha olib kirilgan tovarlarga import bojxona boji stavkalarini qo‘llash yuzasidan tushuntirish o‘z kuchini yo‘qotdi.

2023-yil 26-iyun – Bojxona qo‘mitasida Jahon banki ekspertlari ishtirokida “Inklyuziv o‘sishni tezlashtirish” dasturi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yil 26-iyun – Keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida 2 tonna 158,4 kg.dan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

1998-yil 7-iyul
- Eksportga chiqarilayotgan mahsulotlarni shaxsiy ishlab chiqarilganligini aniqlash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Hujjat 2011-yil 26-fevrlaga qadar amal qildi.

1999-yil 7-iyul - O‘zbekiston Respublikasi hududiga sertifikatsiyalanishi majburiy bo‘lgan tovarlarni olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritildi. Hujjat 2000-yil 26-fevralga qadar amal qildi.

2000-yil 7-iyul - O‘zbekiston respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan aksiz solig‘i solinmay olib kiriladigan tovarlarning cheklangan normalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Hujjat 2018-yil 13-aprelga qadar amal qildi.

2000-yil 7-iyul – O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro safarlari yuzasidan hukumatlararo bitim tasdiqlandi. Hujjat 2018-yil 26-martga qadar amal qildi.

2003-yil 7-iyul – Hukumat qarori bilan yuridik shaxslar chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun import bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2004-yil 7-iyul - O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.

2008-yil 7-iyul - O‘zbekiston Respublikasi BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo‘shildi.

2023-yil 7-iyul - O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tar
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI

1997-yil 11-iyul –
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida Hukumatlararo bitim tasdiqlandi.

2002-yil 11-iyul - O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Hujjatga binoan 2002-yilning 1 avgustidan boshlab iste’mol tovarlarini olib kelish chog‘ida yuridik shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi. Farmon 2022-yil 27 aprelga qadar amal qildi.

2008-yil 11-iyul - Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga chegaradosh davlatlar hududidan shaxsiy foydalanish uchun bojsiz olib kiriladigan iste’mol tovarlarining cheklangan miqdoriy normalari kamaytirildi. Hujjat 2009-yil 10-oktabrga qadar amal qildi.

2018-yil 11-iyul -
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotdi.

2024-yil 11-iyul - Bojxona qo‘mitasida AQSH Davlat departamentining Toshkent shahridagi Narkotiklarga qarshi xalqaro kurash va huquqni muhofaza qilish burosi (INL) bo‘limi direktori N.Rettenmayer bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
#kun_tarixi

BOJXONADA
KUN TARIXI

2014-yil 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda tranzit olib o‘tiladigan xavfli yuklar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi.

2014-yil 24-iyul – Respublikadan olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lmagan biologik obyektlarning ro‘yxati tasdiqlandi.

2024-yil 24-iyul – Dastlabki, davriy va to‘liq bo‘lmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

2024-yil 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yo‘l transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk bo‘limlariga maxsus bojxona plombalari qo‘yish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
#kun_tarixi

BOJXONADA
KUN TARIXI

2006-yil 26-iyul – Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat 2010-yil 28-oktyabrga qadar amal qildi.

2022-yil 26-iyul – Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” qonuni qabul qilindi.

2023-yil 26-iyul – Hukumatning “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Soliq va Bojxona qoʻmitalari tomonidan 2024-yil 1-noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni tegishli tartibda olib qoʻyish choralari belgilab qo'yildi.

2023-yil 26-iyul – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Ozarbayjonning Boku shahrida “O'rta transkaspiy” va “Olmaota-Istanbul” yoʻlaklari boʻyicha YEIK/Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti muvofiqlashtirish qoʻmitasining 3-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasidan Bojxona qoʻmitasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.