NAVOIY VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASI I RASMIY KANALI
443 subscribers
12.7K photos
2.05K videos
46 files
3.13K links
Ушбу канал орқали Сиз божхона органларида амалга оширилаётган ислоҳотлар, соҳада тадбиркорлар учун яратилган қулайликлар тафсилоти билан танишиб борасиз.

Мурожаат учун: 79-222-05-55
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟡🟡🟡🟡🟡🟡🟡

Янги Ўзбекистон бунёдкори — Мамлакат 8 йилда

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшни қаршилади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xalqaro press klub
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_taqdirimda

🤝Xalqaro press klubning “Qisqa yo‘l, katta qadamlar” loyihasining navbatdagi sonida tashqi siyosiy irodaning namoyon bo'lishi va yaqin qo'shnichilikning qayta tiklanishi haqida so'z yuritamiz!

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

BOJXONADA KUN TARIXI


2006-yil 26-iyul – Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat 2010-yil 28-oktyabrga qadar amal qildi.

2022-yil 26-iyul – Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” qonuni qabul qilindi.

2023-yil 26-iyul – Hukumatning “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Soliq va Bojxona qoʻmitalari tomonidan 2024-yil 1-noyabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni tegishli tartibda olib qoʻyish choralari belgilab qo'yildi.

2023-yil 26-iyul – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Ozarbayjonning Boku shahrida “O'rta transkaspiy” va “Olmaota-Istanbul” yoʻlaklari boʻyicha YEIK/Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti muvofiqlashtirish qoʻmitasining 3-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasidan Bojxona qoʻmitasi vakillari ham faol ishtirok etishdi.
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🔁 Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida "Yashirin iqtisodiyot" mavzusida davra suhbati o‘tkazilyapdi.

Hurmatli tadbirkorlar! Ushbu havola orqali ulanib, savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ishtirokida yashirin iqtisodiyot masalalari yuzasidan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda asosiy urg‘u yashirin iqtisodiyotga ta’sir etuvchi omillarga qaratildi:
— Soliq yuki
— Korrupsiya
— Naqd pul muomalasi
— Ishsizlik
— Agrar sektor ulushi
— Davlat xizmatlari sifatining pastligi
— Qonunchilikda bo‘shliqlar
— Javobgarlikning muqarrar emasligi va h.k.

Xususan, mamlakatimizda muomaladagi naqd pullar ulushi 38,6%ni tashkil etib, bu — yashirin iqtisodiy faoliyatning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda.

Shuningdek, qonunchilikda ayrim huquqbuzarliklar uchun jinoyaviy javobgarlik nazarda tutilmagan. Holbuki, Germaniya, Frantsiya, AQSh kabi davlatlarda bu borada qat’iy jazo choralari mavjud. Jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish ham kurashning muhim qismi sifatida ta’kidlandi.

2026 yildan boshlab:
— Elektr, gaz va AYOQShda to‘lovlar faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash — umumiy manfaat yo‘lidagi javobgarlikdir. Davlat, tadbirkor va jamiyat birlashsa, iqtisodimiz sog‘lom, raqobatbardosh va shaffof bo‘ladi.


Onlayn tarzda o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bir qator savollar berildi hamda amaliy takliflar ilgari surildi. Jumladan, soliq yukini yengillashtirish, elektron to‘lov tizimlarini kengaytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va sohaga xos yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Barcha takliflar mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqish uchun qayd etildi.
Hududlardan xabarlar

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar turizmi” oyligi doirasida faxriy bojxonachilar uchun tarixiy maskanlarga sayohat tashkil etildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
bojxona boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Nukus tumanidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Buxoroda
bojxona masʼullari tomonidan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar
bojxona boshqarmasi masʼullari bojxona omborlarida boʻlib, u yerda saqlanayotgan tovarlar boʻyicha oʻrganish ishlarini olib borishmoqda.

Qashqadaryo viloyatidagi tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona joriy yilda qiymati 11 mln. AQSh dollarlik mahsulotlarni chetga eksport qildi.

Navoiy viloyati
bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ishtirokida yashirin iqtisodiyotning oldini olishga qaratilgan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Urganch Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilariga bojxonachilar zarur sport anjomlar topshirishdi.