Navoiy kadastr
664 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#foydali_ma'lumot #Qonun_803

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" Qonuniga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
📃 Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

💠 davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
💠 ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
💠 huquq egasining ulushi;
💠 yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan eri, huquq turi, kadastr qiymati;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 servitutlar;
💠 binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
💠 binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 ipoteka to‘g‘risidagi axborot;

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #foydali_ma_lumot

◾️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi◾️

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-sonli qaroriga asosan, ⚖️elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Bunda ⚖️elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot

📃Yer uchastkasining egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi va
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi 803-son Qonuni asosida amalga oshiriladi.

🪙Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot #kadastr_pasporti

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🟢ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🟢ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🟢kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

🕖 Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Asos: 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qarori

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot #kadastr_pasporti

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

📝Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.

📃Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

🖨Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

🅰️Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Asos: 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot #803_qonun

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi 👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qonuni👔ning 31-moddasiga asosan, 1998-yilning 1-iyulidan 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

◾️yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish haqida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, notarial tasdiqlangan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma, ushbu huquqning auksionda sotib olinganligiga asosan tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;

◾️yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — mahalliy davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini berish haqida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma;

◾️yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;

◾️yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — ijara shartnomasi.

🌐Telegram  📷Instagram  📱Facebook  ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot

📄Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

💠yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

💠binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

💠binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

💠ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

💠qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

📃Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi.

😄Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Asos: 👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida👔gi 803-sonli Qonun.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot

📄Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko‘chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

📃Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🪙Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

📝Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Asos: 👔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida👔 Qonun

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma'lumot

📄Endilikda istalgan ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni olish mumkin!

🇺🇿 Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, endilikda “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi.

📃Reglamentga asosan:

🤔Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

🪙 Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi;

📆 Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📝Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

⚡️obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

⚡️obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

⚡️obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

⚡️Ma'lumotnoma axborot xususiyatiga ega bo'lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo'lmaydi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma'lumot

📃 Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
📝 Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🪙 Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

📆 Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

💳 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

💳Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📄BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM