#foydali_ma_lumot #803_qonun
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi 👔 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qonuni👔 ning 31-moddasiga asosan, 1998-yilning 1-iyulidan 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
◾️ yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish haqida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, notarial tasdiqlangan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma, ushbu huquqning auksionda sotib olinganligiga asosan tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi;
◾️ yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — mahalliy davlat hokimiyati organlarining muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini berish haqida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma;
◾️ yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan davlat orderi;
◾️ yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun — ijara shartnomasi.
🌐 Telegram 📷 Instagram 📱 Facebook ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM