#FORUM | NamMTI rektori Pekinda O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida ma'ruza o'qidi
Xabaringiz bor, Pekinda O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tyapti. Ayni chog’da Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov forumda “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida xalqaro hamkorlik” mavzusida ko’rgazmali prezentatsiya orqali ma’ruza o’qidi.
Odiljon Mamatkarimov ma’ruzasida Namangan viloyati O‘zbekiston Respublikasining sanoat va madaniy rivojlanishida yetakchi o‘rinlardan birini egallashi, mintaqadagi asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligi rivojlangani hamda Viloyatdagi xorijiy qo‘shma korxonalarning asosiy foizini Xitoy korxonalari tashkil etshi haqida so’z yuritdi.
Institut ushbu yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilib, talabalarning amaliyot o’tashi uchun sharoitlar yaratilgani va bu yuqori natija berayotgani xususida alohida to'xtalib o'tdi.
©NamMTI Axborot xizmati

#FORUM | O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida NamMTI rektori O.Mamatkarimov dolzabr takliflarni ilgari surdi
Institut rektori O.Mamatkarimov o’z ma’ruzasi davomida Xitoy OTMlari bilan hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarini bildirdi.
Unda Xitoy universitetlari bilan talabalar uchun yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, energetika, kimyo texnologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli magistrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, NamMTIga yiliga 2 nafar professor-o‘qituvchilarni "Visiting professor” va “Bir makon – bir yo‘l” dasturlari asosida uzoq va qisqa muddatlarga taklif qilish, shuningdek, institut talabalari va bitiruvchilarini Jiyansu provinsiyasi tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslariga va amaliy mashg‘ulotlarga yuborish uchun Xitoyning “Jacquart Weaving Expert” ishlab chiqarish kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va boshqa shu kabi takliflar bayon etildi.
Institut rektorining bergan takliflari hamkorlar tomonidan yuqori baholandi.
Forum oʻz ishini davom ettirmoqda

#FORUM| NamMTI rektori bir qator Xitoy OTMlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi
Forum B2B shaklidagi mitinglar bilan o'z ishini davom ettirdi.
Uchrashuvlar davomida Institut rektori Odiljon Mamatkarimov tomonidan Xitoy xalq respublikasining Lanchjou Jiaotong universiteti, Tianjin xalqaro tadqiqotlar üniversiteti, Lanchjou texnologiyalar universitetiti va bir qator rivojlangan oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan uchrashdi va hamkorlik muhokamalari olib borildi.
Muzokaradagi barcha takliflar umumlashtirildi va joriy yilning fevral-mart oylarida onlayn uchrashuvlar va bir qator vizitlar boyicha kelishib olindi hamda Lanjchjou Jiatong universiteti bilan anglashuv memorandumi imzolandi

#FORUM | Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou Jiaotong universiteti bilan istiqbolli hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Avval habar qilganimizdek, Institut rektori O.Mamatkarimov Oʻzbekiston-Xitoy ta`lim forumi doirasida xizmat safari bilan Xitoy xalq respublikasida boʻlib turibdi.
Mazkur forum davomida Institut rektori Odiljon Mamatkarimov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou Jiaotong universiteti rektori Dr.Zhang Guojin muzokaralar olib bordi.
Unda OTMlar oʻrtasida talablarning yozgi va qishki maklablarini tashkil qilish, bitiruvchilarning bitiruv malakaviy amaliyotlarini yoʻlga qoʻyishda Lanchjou Jiaotong universiteti tajribasidan keng foydalanish, professor oʻqituvchilar almashinuvi va hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi bir qator istiqbolli masallar yuzasidan kelishib olindi. Shu bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida 5 yillik anglashuv memorandumlari imzolandi.
©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish @nammtiuz

#FORUM | NamMTIda Xitoy oʻquv xonasi tashkil qilinadi
Forumning 2- kunida NamMTI rektori O.Mamatkarimov bir qator Xitoylik nufuzuli universitet vakillari va ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi. Xususan, Tianjin xorijiy tadqiqotlar universiteti prezidenti Professor Wei Lin Jing bilan o’zaro manfaatli hamkorliklar va maqsadli loyihalarda ishlash bo`yicha akademik shartnoma tuzildi.
Mazkur shartnomaga koʻra, Tianjin
xorijiy tadqiqotlar universiteti hamda NamMTI hamkorligida institutda xitoy oʻquv xonasini tashkil qilish, muhandis kadrlarga xitoy tilinini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarish korxonalaridan malakali mutahasislarni jalb qilishda universitet bilan hamkorlik qilish, Xitoy OTMlari bilan yaqindan o`zaro sherikchilikda iqtisodiyot, marketing sohalarida almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish, OTMlar oʻrtasida ta`lim turizmni yaratishga keng urgʻu berildi. Mazkur loyiha joriy yil davomida amalga oshirilishi reja qilinmoqda.
NamMTI Axborot xizmati

#LIVE
#Forum
Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forum oʻz ishini boshladi
Bugun Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5–10-fevral kunlari Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hududlararo ta’lim forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur forum doirasida Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri Andrey Ivanets boshchiligidagi 8 nafar rektorlar delegatsiyasi ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Ayni vaqtda O‘zMUda ikki mamlakat o‘rtasida OTMlararo aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilmoqda.
Unda Namangan muhandislik-texnologiya institut rektori O.Mamatkarimov ham ishtirok etyapti. Forum ishida O.Mamatkarimovning “Zamonaviy Muhandis texnologlarni tayyorlashda belorus OTMlari bilan ilmiy innovatsion hamkorlik” mavzusidagi ma’ruzasi ham oʻrin olgan.

#FORUM | Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forumda NamMTI rektorining ma’ruzasi tinglandi
Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hududlararo ta’lim forumida ishtirokchilarning ma’ruzalari bilan davom etmoqda.
Ayni damda Namangan muhandislik-texnologiya institut rektori O.Mamatkarimovning “Zamonaviy Muhandis texnologlarni tayyorlashda belorus OTMlari bilan ilmiy innovatsion hamkorlik” mavzusidagi ma’ruzasi tinglanmoqda.
Forum davomida Belarus oliy ta’lim muassasalari bilan NamMTI oʻrtasida hamkorlik va anglashuv memorandumlarini imzolash koʻzda tutilgan.

#Forum#xalqaro hamkorlik#
Forum davomida anglashuv memorandumlari imzolanmoqda
Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forumda oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda.
Xususan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan Belarusiya davlat informatika va radioelektronika universiteti oʻrtasida anglashuv memorandumlari imzolandi.
Unga koʻra,tomonlar mexatronika, robototexnika, sunʼiy intellekt, IT hamda virtual reallikka asoslangan 3 o'lchamli tizimli dasturiy taʼminot sohalarida o'zaro hamkorlikda ish olib boradilar. Sohalar kesimida, NamMTI hamda Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti o'rtasida qoʻshma loyihalar, uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar amalga oshiriladi. Venchur korxonalar bilan hamkorlik qilishda mazkur universitet tajribasidan foydalanib yangi loyihalar yoziladi.
Forum doirasida hamkorlik kelishuvlari davom etmoqda.

#FOTOREPORTAJ | #Forum
Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forumdan fotoreportaj
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Belarusiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan diplomatik uchrashuvda hamkorlik munosabatlarni yanada mustahkamladi.

Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM