NamMTI | Rasmiy kanali
4.23K subscribers
31.1K photos
1.93K videos
79 files
7.69K links
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali

nammti.uz
fb.com/nammtiuz
instagram.com/nammtiuz
x.com/nammtiuz
youtube.com/c/nammtiuz

Bank rekvizitlari:
t.iss.one/nammtiuz/174
Download Telegram
NamMTIda “Rektor va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida "Rektor va yoshlar uchrashuvi” o'tkazildi.

Tadbirda institut rektori O.Mamatkarimov oʻz nutqida yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami, tashkil etilayotgan loyihalarning mazmuni, talabalar turar joyida yaratilayotgan sharoitlar haqida yoshlar vakillariga atroflicha malumotlar berdi.

Ochiq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, taklif va tashabbuslari bilan yuzlandilar. Ko‘tarilgan masalalarnining aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#sport #MUAY_TAY

UZA: Namanganlik 25 nafar talabala mamlakat chempionatida qatnashadi


Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/namanganlik-25-nafar-talaba-mamlakat-chempionatida-qatnashadi_564903

©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz
#LIVE
#Forum

Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forum oʻz ishini boshladi

Bugun Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 5–10-fevral kunlari Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hududlararo ta’lim forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur forum doirasida Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri Andrey Ivanets boshchiligidagi 8 nafar rektorlar delegatsiyasi ayni vaqtda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Ayni vaqtda O‘zMUda ikki mamlakat o‘rtasida OTMlararo aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilmoqda.

Unda Namangan muhandislik-texnologiya institut rektori O.Mamatkarimov ham ishtirok etyapti. Forum ishida O.Mamatkarimovning “Zamonaviy Muhandis texnologlarni tayyorlashda belorus OTMlari bilan ilmiy innovatsion hamkorlik” mavzusidagi ma’ruzasi ham oʻrin olgan.

©NamMTI Axborot xizmati
#LIVE

#FORUM | Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forumda NamMTI rektorining ma’ruzasi tinglandi

Belarus va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hududlararo ta’lim forumida ishtirokchilarning ma’ruzalari bilan davom etmoqda.

Ayni damda Namangan muhandislik-texnologiya institut rektori O.Mamatkarimovning “Zamonaviy Muhandis texnologlarni tayyorlashda belorus OTMlari bilan ilmiy innovatsion hamkorlik” mavzusidagi ma’ruzasi tinglanmoqda.

Forum davomida Belarus oliy ta’lim muassasalari bilan NamMTI oʻrtasida hamkorlik va anglashuv memorandumlarini imzolash koʻzda tutilgan.

©NamMTI Axborot xizmati
📣📣📣  Zamonaviy IT kasblarini NamMTI IT Park’da o'rganing!

👨‍💻 👩‍💻 Dasturlash va kompyuter bilimlarini o'rganmoqchimisiz
?

Unda sizni NamMTI IT Parkidagi "Dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi va zamonaviy o'quv kurslar markazi"ga taklif qilamiz.
Bizda kompyuter bilimlarini "0" dan o'rganishingiz mumkin.

Bizning kurslar :
  Kompyuter savodxonligi ( 1 oy )

Web dasturlash :
  Frontend  ( 7 oy )

  Backend ( 6 oy )


👨‍💻 Darslar IT kompaniyalarda faoliyat yurituvchi Mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

💻 Bizda kurs uchun zamonaviy kompyuterlar, IT muhit, shinam va qulay xonalar mavjud.

⌛️Vaqtdan unumli foydalaning va kurslarimizga ro'yhatdan o'ting.

🏳️ Manzil: NamMTI 8-bino IT Park

📞 Murojaat uchun  +998970371417

🧑🏼‍💻 Admin: @it_nammti

Telegram  | Instagram