NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.7K photos
960 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
TAYINLOV

Xodjiyev Azim Avazovich
Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar bo‘limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Azim Avazovich
- 1983-yil Namangan viloyati Namangan shahrida tug‘ilgan. 2007 - yil Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filiali kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bo‘limi kadastr muhandisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Matbuot xizmati
Telegram Instagram Facebook
TAYINLOV

Usmanov A‘zam Adhamovich – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Yangi Namangan tumani bo‘limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

A‘zam Adhamovich
- 1988-yil Namangan viloyati Namangan shahrida tug‘ilgan. 2009 - yil Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar bo‘limi bosh inspektori vazifasida faoliyat yuritgan.

Matbuot xizmati
Telegram Instagram Facebook
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish bo'yicha my.gov.uz portali orqali iyun oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 688 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 4 213 ta
Tugatilganlar - 1 005 ta
Rad etilganlar - 536
ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
TAYINLOV

Nishanov Sardor Xakimjonovich – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tumani bo‘limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Sardor Xakimjonovich
- 1988-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 2010 - yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Matbuot xizmati
Telegram Instagram Facebook
TAYINLOV

Mamajanov Yigitali Raxmonjonovich – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Yigitali Raxmonjonovich
- 1981-yil Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2002 - yil Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi bosh inspektori vazifasida faoliyat yuritgan.

Matbuot xizmati
Telegram Instagram Facebook
▪️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi yurtdoshlarimizning kadastrga oid murojaatlarini tezkor tinglash maqsadida, hududiy boshqarma rahbarlarining telefon raqamlarini e'lon qiladi.

💠
O‘z hududingizga taaluqli kadastrga oid savollaringiz bo'lsa, soha xodimlari faoliyatida asosli kamchilik va xato kuzatsangiz to‘g‘ridan to‘g‘ri mutasaddilarga murojaat qilishingiz mumkin.

Hududiy boshqarma rahbarlari:

▫️Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i Siddiqov Nodir Eshquvvatovich
📲+998933026773

▫️Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig’i Gapparov Qodir Sattorovich
📲+998913566161

▫️Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig’i Akbarov Dilshodbek Ahmadjonovich
📲+998916021788

▫️Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig’i Nosirov Mansur Burxonovich
📲+998973225464

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig’i Ahrorov Jasur Davlatboyevich
📲+998994440378

▫️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Minasipov Burxan Baxtiyorovich
📲+998901104471

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i Jalelov Uzaqbay Kidirbayevich
📲+998950104433

▫️Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i Kuvandikov Muxtor Narzullaevich
📲+998937270201

▫️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i Toyirov Amriddin Xayriddinovich
📲+998919733663

▫️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Shaymardanov Sobir Xo‘shboqovich
📲+998554512213

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Hamroev G‘ayratjon Sultonovich
📲+998752275113

▫️Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’i Jumabaev Bexzod Madaminovich
📲+998622246702

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i Karimov Jasurbek Ikrambekovich
📲+998901856303

▫️Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Mirzaxmedov Ravshan Valijanovich
📲+998912826719

#DavKadastrPalata #hududlar #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 27 may - 03 iyun kunlarida jami 1 776 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 22
▫️Andijon viloyati - 127
▫️Buxoro viloyati - 75
▫️Samarqand viloyati - 26
▫️Sirdaryo viloyati - 37
▫️Surxondaryo viloyati - 255
▫️Qashqadaryo viloyati - 120
▫️Toshkent shahar - 228
▫️Toshkent viloyati - 360
▫️Navoiy viloyati - 8
▫️Namangan viloyati - 132
▫️Xorazm viloyati - 149
▫️Jizzax viloyati - 116
▫️ Farg‘ona viloyati - 116
◽️Davlat kadastrlari palatasi -5

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
ДИҚҚАТ ДИҚҚАТ!📣📣📣

Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар!

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш бўйича берган топшириқлари ижросини самарали ташкил этиш мақсадида, Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси ҳамда Наманган вилояти ҳокимлиги томонидан вилоят кадастр тизимига бир қатор вазифалар қўйилган.

🔵 Унга асосан аҳолидан кўплаб мурожаатлар келиб тушишига сабаб бўлаётган тизимли муаммоларни аниқлаш ва ҳал этиш учун, тузилган чора-тадбирлар дастурига асосан,

🔵 Поп тумани аҳолиси ва тадбиркорлари учун Давлат кадастрлари палатаси Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи Қодирхон Гаппаровнинг “САЙЁР ҚАБУЛИ” бўлади.

Вақти: 9-июнь 2022 йил соат 10-00 да бошланади.
Манзили: Поп тумани. «Келачи» МФЙ Тошкент кўчаси 1-уй. Поп тумани кадастр филиали биноси.

🔵 Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар! Кадастр масаласига оид саволлар ва таклифлар бўлса биз Сиз билан биргаликда ишлашга ва масалаларни ечишга тайёрмиз!

Матбуот хизмати.
Ер назорати – жамият фойдаси

🇺🇿 Кадастр агентлигининг Наманган вилоят бошқармаси ва туман бўлимлари томонидан шу йилнинг 5 ой мобайнида,
- 440 та ҳолатда жами 79 гектар ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш ҳолатлари аниқланган, улардан;
- 1,5 гектарга ноқонуний уй-жой қурилган,
- 3,1 гектар нотурар объектлар қурилган,
- 38 гектар ер ноқонуний томорқа сифатида фойдаланилган,
- 1,0 гектар балиқ ҳовузи,
- 33 гектар ҳужжатсиз боғлар ташкил этилганлиги маълум бўлди.
🔵 Ер ва кадастр назоратчи инспектораларининг бевосита аралашуви ва олиб борган тарғибот, ташвиқот ва тушинтириш ишлари натижасида 312 та ҳолатда 46,41 гектар ер майдонда содир этилган қонубузилиши фуқаролар томонидан ихтиёрий бартараф этилиши таъминланди.
🔵 Ихтиёрий бартараф этилмаган 128 та ҳолатда, 33,23 гектар ерда, қоида бузарликлар бўйича судларга даъво аризалари киритилди.

Матбуот хизмати.
#Наманган вилоятида янги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Наманган вилояти филиали вилоятдаги давлат органлари билан ҳамкорликда вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸 Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги Поп тумани бўлими:
— Яккатут МФЙ Ёшлар етакчиси;

— Бодомзор МФЙ Ёшлар етакчиси;

🔸 Подшоота-Чодак ирригация тизими бошқармаси:
— Сув ресурслари, гидрометрия ва диспетчерлик хизмати бўлими бошлиғи;

🔸 Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Косонсой тумани бўлими:
— Ижтимоий химоя ягона реестри орқали давлат хизматларини ва ёрдамларини тақдим этиш шўъбаси Шўъба (сектор) мудири;

🔸 Норин тумани Қишлоқ хўжалиги бўлими:
— Худудий Ер тузиш бўйича муҳандис;

— Худудий Ер тузиш бўйича муҳандис[2];

🔸 Чортоқ тумани ирригация бўлими:
— Бошлиқ ўринбосари;

🔸 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси Наманган вилоят бошқармаси:
— Наманган туман бўлими техника ҳолати ва агротехник тадбирларни назорат қилиш шўъбаси инспектори;

🔸 Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Уйчи тумани бўлими:
— Бўлим бошлиғи ўринбосари;

🔸 Уйчи туман ҳокимлиги:
— “Олмурут” маҳалла фуқаролар йиғини ҳоким ёрдамчиси;

— “Ахси” маҳалла фуқаролар йиғини ҳоким ёрдамчиси;

🔸 Наманган вилояти статистика бошқармаси:
— Мингбулоқ туман статистика бўлими Етакчи мутахассис;

🔸 Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Наманган тумани бўлими:
— Пенсия нафақа ва бошқа тўловларни тайинлаш (қайта хисоблаш) тўловларни ташкил этиш шўъбаси Пенсия нафақа ва бошқа тўловларни тайинлаш (Қайта хисоблаш) тўловларни ташкил этиш шўъбаси катта инспектори;

— Ижтимоий ҳимоя ягона реестри орқали давлат хизматлари ва ёрдамини тақдим этиш шўъбаси - Етакчи мутахассис;

🔸 Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги Наманган тумани бўлими:
— Қўрғонча МФЙ Ёшлар етакчиси.

🔸
Наманган вилояти экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси:
— Экология ва атроф - муҳитни мухофаза қилиш сохасидаги назорат бўйича Мингбулоқ туман инспекцияси Биринчи тоифали мутахассис;

— экалогия ва атроф муҳитни мухофаза қилиш соҳасидаги назорат бўйича инспексия Бўлим бошлиғи ўринбосари;

🔸 Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси:
— Ер ва кадастр назорат бўлими Бош мутахассис;

🔸 Наманган вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси:
— Наманган шаҳар бўлими - Бош мутахассис;

🔸 Наманган вилояти ҳудудий Чорванасл маркази:
— Паррандачилик ва қуёнчиликни ривожлантириш шўъбаси Етакчи мутахассис;

— Норин туман вакиллари Етакчи мутахассис;

🔸 Мингбулоқ тумани мактабгача таълим бўлими:
— Жисмоний ва юридик шахслар мурожаатлари бўйича мутахаси Юридик ва жисмоний шахслар мурожаатлари билан ишлаш бўйича мутахасис;


▶️ Танловда иштирок этиш истагида бўлган номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ порталидан рўйхатдан ўтишлари, мавжуд вакант лавозимни танлаб, сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 11 июнгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

⭕️ Порталнинг расмий каналиhttps://t.iss.one/vacancy_argos
▫️Tizimdagi yo‘nalishlar tahlili▫️

🔷 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida Palata raisi M.Valiyev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha hududlaridan ishtirok etgan boshqarma va filial rahbarlari bilan kun tartibidagi bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.

🔷 Yig‘ilishda dastavval, tizimdagi ijro intizomi, xodimlarning faoliyatdagi mas’uliyati, ishga mos ko'rinishda kiyinish va odob-ahloq qoidalariga rioya etish masalalari tahlil etildi.

🔷 Shuningdek:
▫️UzKAD dasturida suv obyektlarini hisobga olish jarayonlari;
▫️Bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish va ko‘chmas mulk ob’ektlarini xususiylashtirishga kelgan murojaatlar tahlili;
▫️korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan qilingan ishlar hisoboti va takliflar tinglandi.

#DavKadastrPalata #yo_nalishlar_tahlili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;

Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;

Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.

◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Forwarded from Farhod Mamadaliyev