NAMANGAN KADASTR
1.53K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 🌱

🌍 Bugun sayyoramiz haqida yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rish kunidir. Atrof-muhitni asrash — bu bizning farzandlarimiz va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir.

🟢 Qiziqarli fakt: Har yili dunyoda 10 million gektar o‘rmon yo‘qoladi — bu har daqiqada 27 futbol maydoniga teng! 😲
Shu sababli, har bir ekilgan daraxt – bu kelajak uchun qadamdir.

Siz ham tabiatni asrash uchun quyidagilarni qilishingiz mumkin:
♻️Chiqindilarni saralash va qayta ishlash
💡 Suv va elektr energiyasidan oqilona foydalanish
🚲 Piyoda yurish yoki ekologik transportdan foydalanish
🌳 Daraxt eking — bu eng oddiy, lekin samarali amaldir

✔️ Har birimizning kichik harakatimiz — katta global o‘zgarishning bir qismi bo‘lishi mumkin.

💚 Tabiat bizga hayot beradi. Uni asrash esa bizning vazifamiz.

#DavKadastrPalata #5iyun #JahonAtrofMuhitKuni #Ekologiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi soniga qancha yer to'g'ri kelmoqda?

📊 Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,6 kishini tashkil etmoqda.

🗓 Yillar bo‘yicha aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:

◼️ 1991-yil – 46,1 kishi

◼️ 1995-yil – 50,2 kishi

◼️ 2000-yil – 54,6 kishi

◼️ 2005-yil – 58 kishi

◼️ 2010-yil – 62,4 kishi

◼️ 2015-yil – 69,1 kishi

◼️ 2020-yil – 75,5 kishi

◼️ 2025-yil – 83,6 kishi

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyun oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #937

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov davom etmoqda


🇺🇿 O'z.Res. 937-sonli Qonuni asosida respublika bo'ylab keng ko‘lamli xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar doirasida etirof.kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolari yig‘inlari tomonidan xatlov natijalari asosida shakllangan obyektlar ro‘yxati e’lon qilinib, aholiga ochiq shaklda taqdim etilmoqda.

Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Farg‘ona viloyati

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yеchim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

◼️Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.

◼️“Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yеngil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!” – dedi Prezidentimiz.

◼️Hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermagani uchun islohotlar ijrosi cho‘zilib ketayotgani tanqid qilindi.

◼️Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar QQSning yarmini keshbek qilib bir kunga bo‘lsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi.

◼️O‘tgan hafta Toshkentdagi forumga kelgan investorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishga yanada katta qiziqish bildirgani, 30,5 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolangani qayd etildi. Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investitsiya bo‘lishi, 1-sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha so‘zsiz ishga tushishi shartligi ta’kidlandi.

◼️Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

◼️Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.

◼️Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.

◼️Prezidentimiz qator sohalardagi muammolarni tahlil qilib, ularning yechimlarini ko‘rsatib o‘tdi.

◼️Har bir tumanda 5 tadan, jami 1 ming 156 ta drayver loyiha infratuzilmasiga 300 milliard so‘m ajratilgan.

◼️Meva-sabzavot yetishtirish, saqlash, qayta ishlashga zamonaviy agrotexnologiya olib kirish, eksportni ko‘paytirish uchun 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, 300 milliard so‘m berilgan. Banklar ham ularga 10 million dollardan resurs ajratishni boshladi.

◼️Birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan.

◼️Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

◼️Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

◼️So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va taʼmirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.

◼️Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga “O‘zbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda “yashil” hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan bo‘lsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.

◼️“Bir narsani to‘g‘ri tushunib olish zarur. Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi”, - dedi Prezident.

◼️Endilikda tumanda ish ham, yondashuv ham, boshqaruv tizimi ham o‘zgarishi belgilandi.

◼️Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablag‘lar manbasi ko‘paytiriladi.

◼️Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov davom etmoqda


🇺🇿 O'z.Res. 937-sonli Qonuni asosida respublika bo'ylab keng ko‘lamli xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar doirasida etirof.kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolari yig‘inlari tomonidan xatlov natijalari asosida shakllangan obyektlar ro‘yxati e’lon qilinib, aholiga ochiq shaklda taqdim etilmoqda.

Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Хalqaro iqtisodiy forumda Kadastrning ishtiroki


🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli tadbir – an’anaviy XXVIII Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi mas'ullaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forumda dunyoning 140 dan ortiq xorijiy davlatlaridan iqtisodiyot yo‘nalishidagi vazirlik, tashkilot va muassasalaridan vakillar qatnashib, forum doirasida mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning aniq vazifalari, iqtisodiyotga innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, jahon bozori talablari masshtabiga mos ravishda amaliy takliflarni ishlab chiqish singari yo‘nalishlar muhokama etilmoqda.

⭐️🌟 Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi vakillari xalqaro forumning “Земельные ресурсы страны: экономический потенциал” mavzusidagi panel sessiyada ishtirok etib, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon hamda Serbiya Respublikasi va boshqa davlatlarning mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlari bo‘yicha bergan ma’lumotlari asosida fikr almashdi.


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev ushbu forumda “Инновационные подходы по эффективному управлению земельными ресурсами в Республике Узбекистан” mavzusida maʼruza qilib, Respublikamizda yer va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

#DavKadastrPalata  #xalqaro_hamkorlik #Rossiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-son Qonuni yuzasidan muhim savollarga javoblar


➡️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga va unda qurilgan bino-inshootlarga mulk va ijara huquqini berish bo‘yicha ishlar qanday ketmoqda, bu jarayonda qanday muammolar kuzatilyapti?

➡️ Bir martalik to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash nima uchun muhim?

➡️ Firibgarlik holatlariga duch kelganda nima qilish kerak?

⚖️🌟 Adliya vazirligining loyihasi bo‘lgan “Obyektiv” podkastida muhim savollarga mutahassislar javoblar berilishgan.

▶️ To'liq video: https://www.youtube.com/watch?v=_w3ro1Tl5lA

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov davom etmoqda


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni yurtimizda xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon doirasida shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali aholiga oshkora taqdim etilmoqda. Xatlov natijalari asosida fuqarolarning yer va mulk huquqlari aniqlashtirilib, huquqiy asosda e’tirof etilishi uchun zarur ma’lumotlar ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Andijon viloyati
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Toshkent shahar
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Farg'ona viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati


#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Namangan viloyatining Namangan tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2025-yil,26-iyun
🕔 Vaqti: soat 15:00 da

📍 Manzil: Namangan viloyati, Namangan tumani, "Katta Toshbuloq" MFY, tuman Kadastr filiali binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 69 233-08-13 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyun oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸

Kadastr faoliyati OAV nigohida

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko'plab tashqi OAVlarda yoritib borilmoqda:

🎛 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mas'ullari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etib, unda Palata raisi tomonidan Respublikamizda yer va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.

🎛 Davlat kadastrlari palatasi mas’ul xodimi Adliya vazirligining “Obyektiv” podkastida O‘RQ-937-son Qonuni yuzasidan muhim savollarga javob berdi.

🎛 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar Uza saytida yoritildi.

🎛 O'RQ-937-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonunining Sirdayo viloyatidagi ijrosi bo‘yicha hududiy telekanal orqali brifing efirga uzatildi.

🎛 “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari yoritildi.

🎛 Ayni yo‘nalishda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Namangan tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi

⚡️ Bugun 👍Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov boshchiligida, tizim mutasaddilari ishtirokida Namangan viloyati Namangan tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

▫️ Tadbir davomida jami 31 nafar tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlari ko'rib chiqildi, 11 nafar murojaatchilarning masalasi shu joyning o'zida hal etildi, 9 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 11 ta murojaat respublika rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-iyul.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


➡️ 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

➡️ Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

➡️ 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga imtiyozlar beriladi.

➡️ Pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi.

➡️ Respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi.

➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasi 1 ish kunida qaytariladi.

➡️ Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

➡️ “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr faoliyati OAV nigohida


🎛 Xabaringiz bor, kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari hamda tizim mutasaddilari ishtirokida Namangan viloyatining Namangan tumanida sayyor qabul o'tkazilgan edi.

📺 Mazkur tadbir tafsilotlari haqida "Namangan axboroti" informatsion dasturida maxsus lavha efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video-post yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

◼️Xatlov haqidagi berilayotgan ma’lumotlar haqiqatdan ham qonun talablari bo‘yicha bo‘lib, ammo qayd etish kerakki, O‘RQ-937 Qonuning 14 va 15-moddalariga asosan xozirda xatlov ishlari faqat Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiаllari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi va qonuning birinchi bosqichi bo‘lgan ushbu xatlov ishlari mutlaqo bepul bo‘lib, xech qayerga ariza bilan murojaat etilmaydi.

➡️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha – sobiq xodim M. E.ning mazkur muddat ichidagi xizmat faoliyati davrida suratga olingan bo‘lib, hozirda u lavozimda ishlamaydi (mehnat shartnomasi bekor qilingan) va videoda ko‘rsatilgan xizmat guvohnomasi (beydjik) o‘z huquqiy kuchini yo‘qotgan.

➡️ Mazkur video M. E. tomonidan ishdan bo‘shaganidan so‘ng ommaga e’lon qilingan. Unda ko‘rsatilgan telefon raqamlari M.E.ning shaxsiy raqamlari bo‘lib, Davlat kadastrlari palatasiga aloqador emasligini ma'lum qilamiz.

✔️ Sizda kadastr bo‘yicha har qanday savollar tug‘ilgan taqdirda 1097 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

To‘g‘ri va tasdiqlangan ma’lumotlar faqat rasmiy davlat tashkilotlari hamda ularning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP STATISTIKASI


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasiga Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

📊Hisobot davri: 2025-yil, yanvar - iyun

✔️ Mazkur xizmatdan ushbu havola orqali foydalanishingiz mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/248

#DavKadastrPalata   #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jarayonlaridan lavha


📍Namangan viloyati, Mingbuloq tumani

➡️ Xatlov jarayonlarini biz bilan kuztib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma’lumot


➡️ Xabaringiz bor “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida hududlarda keng qamrovli xatlov ishlari olib borilmoqda.

🏠Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha e’tirof etiladi:
▪️ 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
▪️ 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025
#huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM