NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
963 videos
9 files
4.48K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
⚡️O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlaridan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga asosan 8 ta toifaga bo‘linadi.

◻️O‘zbekiston Respublikasi Yer fondining
toifalari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha;
1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar -27148,5 ga
2. Aholi punktlarining yerlari - 224,1 ga
3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar yerlar - 879,6 ga
4. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar - 731,6 ga
5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 14,6 ga
6. O‘rmon fondi yerlari - 12057,3 ga
7. Suv fondi yerlari - 827,1 ga
8. Zahira yerlar - 3009,6 ga

Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Matbuot anjumanidan▫️

⚡️Respublikaning jami 44,9 mln gektar yer maydonidan 41,4 mln gektari (qishloq xo‘jaligi 23,9 mln gektar, o‘rmon fondi 11,9 mln gektar, tabiatni muxofaza qilish yerlari 2,9 gektar, davlat zaxira yerlari 1,7 mln gektar) yoki 92,2 foizi “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazishning integrasiyalashgan axborot tizimi”da elektron xaritasi yaratilib, kadastr axborot tizimiga kiritildi. Shundan:
– 36,0 mln gektar 4 596 mln nafar (qishloq xo‘jaligi 22,3 mln gektar, o‘rmon fondi 11,8 mln gektar, tabiatni muxofaza qilish yerlari 1,1 mln gektar) yerdan foydalanuvchilar kesimida kadastr yig‘ma jildlari shakllantirilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Matbuot anjumanidan▫️

🔷 Yer uchastkalarini xisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bu avvalom bor yer uchastkalarini ulardan foydalanishni muhofaza qilish yer munosabatlarini tartibga solish hamda aholini yerga bo‘lgan huquqlarini davlat tomonidan ximoyaga olinishi asosiy yo‘nalishlaridan xisoblanadi.
O‘bekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 2022 yil 1 yanvar holatiga jami 44 mln.892 ming 400 gektarni , shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4 miln 331 ming 700 gektarni tashkil qiladi. Ya’ni Resublikamizdagi jami yerlardan bor yo‘g‘i 9.7 foiz sug‘oriladigan yerlar tashkil etadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🏢Davlat kartografiya-geodeziya fondida 2022-yilning 1-yarim yillik yakuni bo’yicha kartografiya va geodeziyaga taalluqli jami 1 567 897 ta material (ma’lumot) lar mavjud bo’lib;

🔰Bundan, 457 124 ta material (ma’lumot) lar Davlat kartografiya geodeziya fondiga kelib tushgan.

🔰Davlat kartografiya geodeziya fondidan buyurtmachilarga taqdim etilgan material (ma’lumot) lar 751 247 tani tashkil etadi.

⚡️Bugungi kunda yuqorida ko’rsatib o’tilgan material (ma’lumot) larni xavfsiz saqlanishi ta’minlanib, Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartib asosida buyurtmachilarga taqdim etib kelinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ҳуқуқий саводхонлик ойлиги

⚜️Давлат кадастрлари палатасининг тегишли буйруғига асосан жорий йилнинг 24 июнидан 24 июлига қадар ходимларинг ҳуқуқий билим ва ҳуқуқий маданиятини юксалтиришга қаратилган "Ҳуқуқий саводхонлик ойлиги" эълон қилинган эди.

⚜️Шу сабабли, Палатанинг Наманган вилояти бошқармаси туман, шаҳар филиалларида ишчи ходимлари иштирокида кўплаб давра суҳбатлари ўтказилди.

⚜️Тадбирларда бошқарманинг юридик бўлим бошлиғи Ш.Жунаев қуйидаги мавзуларда иштирокчиларга атрофлича тушунчалар берди.

Жумладан:

🔹Меҳнат интизоми, меҳнат шартномаси, уни тузиш, ўзгартириш ва бекор қилиш асослари;
🔹Ҳуқуқбузарликларни ва коррупцион жиноятларни содир этишни олдини олиш;
🔹Меҳнат шартномалари тўғрисида;
🔹Жисмоний ва юридик шахсларни мурожаатлари билан ишлаш тартиби ҳамда ижро интизомига амал қилиш;
🔹Ички идоравий ҳужжатларни ишлаб чиқиш ва қабул қилиш тартиби;
🔹Ички меҳнат тартиб қоидалари;
🔹Ходимларнинг ҳуқуқий саводхонлиги ва ҳуқуқий маданияти ҳақида.

⚜️Юридик бўлим бошлиғи Ш.Жунаев тадбир қатнашчиларининг қизиқтирган саволларига жавоблар берди.

Матбуот хизмати
Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Oʼzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshootlar hisoblanadi.

Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

🔴2 million 600 ming aholi xonadonlariga kadastr hujjati qilib berilishi rostimi?

📌Batafsil videoni tomosha qiling va savollaringizga javob oling.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka egalik huquqingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va mulkingizni himoya qiling.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Мақсадимиз - ҳалол ишлаш

🔹Бугун, 28-июль куни Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари комплаенс-назорат хизмати ходимлари M.Нурматов, А.Обидов ҳамда палатанинг вилоят бошқармаси бош юрисконсулти Ш.Жунаевлар иштирокида Наманган тумани бўлими ва филиали ходимлари билан “Коррупция – тараққиёт душмани” мавзусида профилактик тадбир ўтказилди.

🔹Тадбирда меҳнат интизоми, ҳуқуқбузарликларни ва коррупцион жиноятларни содир этишни олдини олиш, жисмоний ва юридик шахсларни мурожаатлари билан ишлаш тартиби ҳамда ижро интизомига амал қилиш каби мавзуларда сўз борди.

🔹Шундан сўнг, йиғилиш иштирокчиларига жамиятимизда ҳалол меҳнат билан обрў қозонган, бугунги кунда ҳам эл ардоғида бўлган фидоий инсонлардан ўрнак олиб ишлашимиз ва яшашимиз лозимлиги, тўғрисўзлик ва ҳалолликда ҳикмат кўплигини ҳаётий мисоллар билан тушунтириб берилди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook