NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#huquqiy_bilim

Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi;
🔹mamlakat shaʼnini eʼzozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish;
🔹tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qatʼiy himoya qilish;
🔹o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiisteʼmolchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
🔹xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish;
🔹yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
🔹ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
🔹har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish;
🔹xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik;
🔹davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida o‘zining rahbariga zudlik bilan maʼlum qilish;
🔹chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik;
🔹o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning taʼsiridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish.

(Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 595-son qarori)

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

📣DIQQAT E'LON!

HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR!

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma berish narxlari haqida ma'lumot
.


Turar joylar uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;

Noturar joylar uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;.
🔹Yuridik shaxslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari.

Yer uchastkalari uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning noturarjoy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi bo‘yicha servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari.

Ko‘p yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan ko‘chirmalar berish:
🔹Jismoniy shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari.

(Huquqiy asos: VMning 10.07.2014-yildagi 186-son qarori)

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Oʼzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshootlar hisoblanadi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

🔹O‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan saqlanish;

🔹davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik;

🔹axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jahon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlashning belgilangan tartibiga amal qilish;

🔹biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid maʼlumotlarning xavfsiz saqlanishini taʼminlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish;

🔹ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;

🔹fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi maʼlumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik;

🔹mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya etish;

🔹o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish;

🔹jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish;

🔹jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;

🔹mehnat jamoasida ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga ko‘maklashishi;

🔹mehnat jamoasida hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.

(Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori)

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 1-martdan rasman kuchga kirdi

🔹Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida 803-sonli muhim qonun imzolangan edi. Qonun 2023-yil 1-martdan rasman kuchga kirdi.

🔹Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🔹Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

🔹Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

🔹Unda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

🔹Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

🔹Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

🔹Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🔹 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🔹 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🔹 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln. soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln. soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

Huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi

🔹 Joriy yilning 1-mayidan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Unga ko‘ra:
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, o‘ttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

🔷Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

🔹Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilansin:

🔹2023–2024 yillar davomida “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 1,5 baроbaрgaсha oshiriladi;

🔹yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni ko‘rsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyoti joriy etiladi;

🔹davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yiladi;

🔹davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq zarur bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining tegishli axborot resurslari bazalari Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi;

🔹davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari har yili 1-fevralga qadar o‘z tizimlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik “Yoshlar dasturi”ni Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, chegirma beriladi

❗️2023 yil 1 maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar bo'yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Unga ko‘ra:
huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;

mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etadi.

👉Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

❗️Bugundan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

🔵 Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra:

🔹Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. BATAFSIL

🔹Mehnatga natura shaklida haq to‘lash taqiqlanadi. BATAFSIL

🔹Ishdan bo‘shatish nafaqasi 200 foizgacha to‘lanadi. BATAFSIL

🔹Dam olish kuni bayram kuniga to‘g‘ri kelsa keyingi kunga ko‘chiriladi. BATAFSIL

🔹Ish beruvchining xodimdan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni talab qilishi taqiqlanadi. BATAFSIL

🔹Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka bo‘yicha haq to‘lanadi. BATAFSIL

🔹Yillik asosiy taʼtil muddati 21 kalendar kun etib belgilanadi. BATAFSIL

🔹Xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. BATAFSIL

🔹Xodimlarga ish haqqi qisman saqlanadigan qo‘shimcha taʼtillar berilishi mumkin. BATAFSIL

🔹Ayollarga homilani antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash uchun qo‘shimcha bo‘sh kunlar beriladi. BATAFSIL

🔹3 yoshgacha bolasi bor ayollarni ishdan bo‘shatish asoslari kengaytirildi. BATAFSIL

🔹Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytiriladi. BATAFSIL

🔹Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda. BATAFSIL

🔹Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so‘raladi? BATAFSIL

🔹Ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi mehnat shartnomasini o‘zgartirishga asos bo‘ladi. BATAFSIL

🔹Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi. BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

📣DIQQAT E'LON!

HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR!

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning narxlari haqida ma'lumot beramiz
.
(Huquqiy asos: VMning 10.07.2014-yildagi 186-son qarori)

Noturar bino va inshootlarga oid qismiga:

🔹Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;
🔹Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;
🔹Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari;
🔹Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari;
🔹Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari;
🔹Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari.

Turar joy fondiga oid qismiga:

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.
Yakka tartibdagi turarjoy
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga
:

🔹Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bepul;
🔹Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
🔹Ko‘p yillik dov-daraxtlar - bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Oʼzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshootlar hisoblanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🔹 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🔹 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🔹 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln. 300 ming soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln. 950 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma berish narxlari haqida ma'lumot.


Turar joylar uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;

Noturar joylar uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;.
🔹Yuridik shaxslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari.

Yer uchastkalari uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning noturarjoy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi bo‘yicha servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari.

Ko‘p yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan ko‘chirmalar berish:
🔹Jismoniy shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari.

(Huquqiy asos: VMning 10.07.2014-yildagi 186-son qarori)

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

🏢 Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▫️yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);

▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

▫️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

▫️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Hujjatning to‘liq matni

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan binolarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

📝O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🔹O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #huquqiy_bilim

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-113-son Farmoniga muvofiq Kadastr bilan bog'liq 8 turdagi davlat xizmatlarini YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🔹Ushbu xizmatlar bilan batafsil mazkur infografikada tanishing.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

Yerni xususiylashtirish fuqarolar va tadbirkorlarga qanday afzalliklar beradi?

🔹Asosiy afzalligi – mulk daxlsizligidir. Jamoat ehtiyoji uchun kompensatsiya evaziga qonunchilikda belgilangan holatlar bo‘yicha yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibi tasdiqlangan. Ushbu hujjat xususiylashtirilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan.

🔹Xususiylashtirishning ikkinchi afzalligi – bu yerdan garov sifatida foydalanib, banklardan kredit olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Banklar xususiylashtirilmagan, bo‘sh turgan yerlarni garov uchun qabul qilmaydi. Ammo bo‘sh yer xususiylashtirilgan bo‘lsa, uni banklar garov hisobida qabul qiladi va kerakli pul mablag‘ini kredit tarzida taqdim qilishi mumkin.

🔹Yana bir afzallik tomoni, agar fuqaro yoki tadbirkorlar elektron onlayn auksion orqali yerni mulk huquqi bilan birga sotib oladigan bo‘lsa, hisoblangan pul mablag‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

🏢 Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▫️yer uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi);

▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

▫️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

▫️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Hujjatning to‘liq matni

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

Davlat xizmatchilari oʼz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:

🔹qonuniylik;
🔹Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funktsional vazifalarini toʼliq bajarish, ijro intizomiga qatʼiy rioya etish;
🔹fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
🔹davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
🔹adolatlilik, halollik va xolislik;
🔹korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda boʼlish va qarshi kurashish;
🔹xizmat sirini qatʼiy saqlash;
🔹mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmaslik;
🔹manfaatlar toʼqnashuviga yoʼl qoʼymaslik.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining NАMUNАVIY QOIDАLАRIDАN.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook