Adliya xabarlari
6.05K subscribers
20.5K photos
1.97K videos
19 files
8.04K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_hudud
#Sayyor_xizmat

Keksa, nogironligi bor fuqarolar doimo eʼtiborda

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlarini koʻrsatishga ham alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Ayniqsa, markazdan olisda joylashgan hududlarga borib davlat xizmatlari sohasiga doir murojaatlarga ijobiy yechim topishda koʻmaklashmoqda.
Koʻp yillar xalqimizga mehnat qilib, hozirda qarilik gashtini surayotgan keksalarimizga alohida mehr va ehtirom koʻrsatib, ularning xizmatlardan emin-erkin foydalanishlariga imkoniyat yaratilmoqda.
Xususan, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari keksa, nogironligi bor fuqaro Munavvar Tursunova xonadoniga onasini oʻlim qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish boʻyicha sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.
Shuningdek, Namangan tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari Qoratepa mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi guruh nogironligi boʻlgan fuqaro Abdusattor Olimovga "Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish" davlat xizmati yuzasidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Sayyor xizmat tadbirlari davomida Norin tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi “Katta oʻlmas” mahallasida yashovchi 2- guruh nogironi Jamilaxon Sapidullayevaga ham sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.
Shu bilan birga, Toʻraqoʻrgʻon tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi keksa nogironligi boʻlgan fuqarolar xonadonida boʻlib nikoh qayd etilgan yoki etilmaganligi hamda kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha sayyor xizmat koʻrsatildi.
Nuroniylar hamda nogironligi bor fuqarolarimiz bunday imkoniyat va qulaylikdan mamnun boʻlmoqdalar.
Namangan viloyati adliya boshqarmasining ham maqsadi fuqarolarning manfaatini himoya qilish hamda ularga tezkor, shaffof xizmat koʻrsatishdan iborat.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud
#Sayyor_xizmat

Siz kelmang oʻzimiz boramiz…

Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimining izchillik bilan takomillashtirilishi aholining hayot sifati, investitsiya va ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni yanada rivojlantirish imkonini bermoqda. Ayniqsa, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish fuqaro va tadbirkorlar uchun yanada qulayliklar tugʻdirmoqda.

Pop tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan “Chodak” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi aholini uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilish uchun navbatdagi “Sayyor xizmat” tadbirini amalga oshirish niyatida yoʻlga otlandilar. Maqsad esa bitta aholiga yengillik va qulaylik yaratish. Dastlab, soha xodimlari davlat xizmatlaridan uyda oʻtirib ham foydalanish mumkinligi haqida yigʻilganlarga tushuntirish olib bordilar. Shundan soʻng, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishga kirishdilar. Shu kuni farzandini maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish, kommunal xizmat koʻrsatish tarmoqlariga ulanish, kadastr pasportini shakllantirish va yana bir qator xizmatlardan foydalandilar. Shu kuni 20 nafar fuqaroga sayyor xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, yana shuncha fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uzoq qishloq va ovullarda yashaydigan aholi ha deganda tuman markaziga kelib davlat xizmatlaridan foydalanishga vaqti va imkoni boʻlmaydi. Yoki davlat xizmatlari sohasiga oid muammo va takliflarini bildirishga vaqt top olmaydi. Ana shunday pallalarda esa mobil avtobus bunday fuqarolarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilishga koʻmaklashadi. Shuningdek, elektron xizmatlardan foydalanish boʻyicha aholi va tadbirkorlik subʼektlariga yoʻl yoʻriqlar koʻrsatish orqali ularning vaqti va naqdini tejalishiga xizmat qiladi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud
#Sayyor_xizmat

Davlat xizmatlari markazi xodimlari uyimga keldi.

Yurtimizda keksalarni e’zozlash ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Shu jumladan Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari ham koʻpni koʻrgan otaxonu, onaxonlarni duosini olib, ularga xizmat koʻrsatish maqsadida joylarga chiqqan holda sayyor xizmat tadbirlarini amalga oshirib borilmoqda.
Batafsil:👉


📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Sayyor_xizmat

Davlatabod tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilmoqda.

Tumandagi "Xalqlar do'stligi" mahallasining fuqarosi "Nikohi bor yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma" so'rab murojaat qilganligi sababli fuqaroning murojaatiga asosan DXM sho‘ba mudiri D.Zokirova tomonidan sayyor xizmat ko'rsatildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Namangan viloyati adliya boshqarmasi
📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Sayyor_xizmat

Davlat xizmatlari markazi xodimlari uyimga keldi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman tomonidan aholini uzogʻini yaqin qilish maqsadida haftaning belgilangan kunlarida “Sayyor xizmat” tadbirlari amalga oshirib kelinadi.

Bunda, ayniqsa nogironligi bor, keksa yoshdagi fuqarolarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Namangan tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 26 kilometr uzoqlikda joylashgan “Kaykovus” mahallasida istiqomat qiluvchi 1939-yilda tavallud topgan, E.Fayziyevani xonadoniga borib, "Turar-joy obʼyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish" yuzasidan sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Sayyor_xizmat

Davlat xizmatlari markazi xodimlari “
Sayyor xizmat”da

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman, shahar DXMlar tomonidan aholini uzogʻini yaqin qilish maqsadida haftaning belgilangan kunlarida “Sayyor xizmat” tadbirlari amalga oshirib kelinadi.

Bunda, ayniqsa nogironligi bor, keksa yoshdagi fuqarolarga alohida e'tibor qaratiladi.

Chust tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Chust shahar, “Do’stlik” mahallasi, Zafar Diyor ko’chasida yashovchi Fotima aya Dadaxonovaga dadasining “O’lim guvoxnomasi to’g’risidagi ma’lumotnomani olish” yuzasidan sayyor xizmat ko’rsatildi.

Chustlik yana bir fuqaro Mavdjinisso ona Xafizova xonadonniga borib "Nikohi toʻgʻrisida maʼlumot olish xizmati” bo’yicha sayyor tartibda davlat xizmati amalga oshirildi.

Albatta joylarga amalga oshirilayotgan “Sayyor xizmat” tadbirlari markazga kela olmayotgan fuqarolarning uzog’ini yaqin, mushkulini oson bo’lishiga xizmat qilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya