Adliya xabarlari
6.06K subscribers
20.4K photos
1.96K videos
19 files
7.99K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_hudud

"Pop tongi"
gazetasining navbatdagi sonida Pop tumani 2-sonli FHDY bo'limi inspektori G.Alimovaning “Nikoh shartnomasi nima va u qanday tuziladi” nomli maqolasi chop etildi.

🏢Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud

Namangan viloyatida “Adliya kuni” tadbiri keng miqyosda oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari mahallalarda targʻibot tadbirlarini amalga oshirib, aholining huquqiy muammolarni oʻrganmoqda.

Farmon qabul qilingan kundan to bugunga qadar adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari, “Madad” NNT hamkorligida viloyatdagi mavjud 788 ta mahalladan 240 ga yaqinida uyma-uy yurib aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

Xodimlarning “xonadonbay” oʻtkazgan oʻrganishlarida 20 mingga yaqin fuqarolar bilan muloqotlar oʻtkazilib, ularni 3 100 dan ortiq muammolari aniqlandi. Ularning aksariyati, meros ishini rasmiylashtirish, nikohni qayd etish, uy-joy hujjatini rasmiylashtirish, tugʻilish guvohnomasini rasmiylashtirish, aliment undiruvi, subsidiya olish, pensiya masalasidagi muammolar, oʻlim guvohnomasini rasmiylashtirish va boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.

Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan Namangan tumani “ Kichik qurama” mahallasida uyma-uy oʻrganish olib borilganida, aholini bir necha yildan buyon qiynab kelayotgan muammoga duch kelindi. Bu ham boʻlsa, mahalladagi qishloq vrachlik punkti faoliyati toʻxtatilgan. Aholi vakillari esa, sogʻligʻidagi muammolar bilan tuman markaziga vaqt va ortiqcha mablagʻ sarf etib borishga toʻgʻri kelayotganini aytib oʻtdilar.

Taʼkidlash joiz, mazkur QVP xizmatidan 5000 ming nafarga yaqin fuqaro foydalanishi mumkin edi. Mazkur murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan oʻrganilib, ijobiy hal etish uchun adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Uyma-uy oʻrganishlardan, oʻtkazilayotgan sayyor qabul va yuzma-yuz muloqotlardan koʻzlangan maqsad birinchi galda aholining huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish va ularning mavjud muammosini aniqlab, tegishli tartibda hal etishdan iborat.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud

Xalq deputatlari Norin tumani Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasi bo`lib o`tdi.

Sessiyada Norin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Rustamovaning tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti ko`rib chiqildi.

Sessiya yakuniga ko`ra, ko`rilgan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud

Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda, tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti ko`rib chiqildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Norinda otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

🏢 Namangan viloyati
adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud

Norinda otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.


Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammo va masalalarini aniqlash va huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Norin tumanida tuman adliya boʻlimiga biriktirilgan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” hamda boʻsh ish oʻrinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

👉Batafsil

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud

Tadbirkor va ishbilarmonlar huquq va manfaatlari Konstitutsiya himoyasida


📝Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi. Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va faoliyat yo‘nalishlarini mustaqil tanlashga haqli.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimining nodavlat shakllarini rivojlantirish choralarini ko‘radi. Davlat nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🎥Norinda otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazilganligi yuzasidan tayyorlangan lavha Namangan viloyati teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatildi.


🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Alpomish” mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul oʻtkazildi, fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi.

🖥 Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun davra suhbati va sayyor qabul oʻtkazildi.

🖥 QoraqalpogʻistondaIjro.gov.uz” elektron tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

🖥 Mingbuloq tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Qoʻgʻalikoʻl” hamda “Farovon” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

🖥 Andijon shahardagi 56-umumtaʼlim maktabida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

🖥 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Shovot tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali oʻrganildi.

🖥 Yakkabogʻ tuman adliya boʻlimi tomonidan yil boshidan 152 ta murojaat koʻrib chiqilgan, fuqarolik ishlar boʻyicha tuman sudiga 588 mln soʻmdan ortiq ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni aholi foydasiga undirish yuzasidan 9 ta daʼvo arizasi kiritilgan.

🖥 Urgut tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi “Quyi Kamangaron” “Kamangaron” va “Xoʻja Ahror Valiy” mahallalarda “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi.

🖥 Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi “Adliya – yoshlar orasida” aksiyasi doirasida Namangan davlat universiteti yuridik fakulteti hamda viloyat yuridik texnikumi bitiruvchilari bilan uchrashdi.

🖥 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

📌 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM