Digital.uz
12K subscribers
14.8K photos
900 videos
1 file
5.45K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
📈 OTMlar reytingining qator ko‘rsatkichlarida TATU yuqori o‘rinlarni egalladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassalarining reytingi natijalari e’lon qilindi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko‘rish mumkin.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4125

#mitc
#tatu

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🔲 TATU talabalari NASA Space Apps Tashkent xalqaro tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 2-oktabr kuni Toshkentda “O‘zbekkosmos” agentligi va NASA tomonidan tashkillashtirilgan NASA Space Apps Tashkent xalqaro tadbirida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Space Y jamoasi vakillari faxrli 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichda qatnashish uchun Amerikaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Talabalarimizni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va yakuniy bosqichda ham g‘alabani qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz.

#mitc
#tatu

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Inkubatsiya markazi, Media markaz hamda o'quv binolari ko'zdan kechirildi.

#mitc
#tatu

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Vazir va talaba-yoshlar uchrashuvi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining hamda IT Park University’ning bir guruh iqtidorli talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3IypC2t

#mitc
#tatu
#qashqadaryo

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
TATU Samarqand filialida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Mazkur talabalar turar joyi “Gulom Xusen Building” MCHJ bilan hamkorlikda davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4384
#mitc
#tatu

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Vazir o‘rinbosari TATU Samarqand filiali talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bunda talabalarga yaratib berilayotgan sharoitlar hamda imtiyozlar, turli tanlov va musobaqalar, Respublikada raqamlashtirish jarayonining holati va dinamikasi, so‘nggi uch yilda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida maʼlumotlar berilib, talabalarning fikrlari va takliflari eshitildi.

Batafsil: 👉https://mitc.uz/uz/news/view/4385

#mitc
#tatu

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
TATUda yangi barpo etilgan zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, o‘zida 8 dan ortiq sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan zamonaviy sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4412

#mitc
#tatu

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
TATU va uning hududiy filiallari ishtirokida “TATU yosh olimlari” I forumi bo‘lib o‘tmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti respublikada axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet bilan birgalikda uning Qarshi, Samarqand, Urganch, Nukus, Farg‘ona va Nurafshon filiallarida ham axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4416

#mitc
#tatu
#forum

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🎓 “Ochiq matematika olimpiadasi”da 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan TATU talabalari

2023-yilning 23-28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida “Ochiq matematika olimpiadasi”(OMOUS-2023)ni tashkil etdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada 13 davlatdan talabalar qatnashdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan TATU talabalari muvaffaqiyat qozonishdi.

TATU Kiberxavsizlik fakulteti talabalari Asadbek Sindarov faxrli 2-o‘rinni, Ixtiyor Teshaboyev, Javoxir Isroilov, Muzaffar Saxidinov esa faxrli 3-o‘rinni egalashdi.

📄 Ma’lumot uchun ushbu olimpiadada O‘zbekiston Respublikasidan 50 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etish uchun taklif etilgan. Dunyo bo‘ylab jami 13 ta davlat oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston va Ozarbayjondan 280 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi talabalarni xalqaro arenadagi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

#mitc
#tatu
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Germaniyaning “Norzhausen universiteti” va TATU o‘rtasida memorandum imzolandi

Mazkur memorandumga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida akademik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, o‘quv va ilmiy ishlanmalar nashr etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1620/

—————

Memorandum was signed between the "Nordhausen University" and TUIT

According to the memorandum, the universities will implement cooperation programs in academic and scientific fields, establish mutual experience sharing between professors and teachers, and cooperate in publishing educational and scientific research.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/1620/

#digital
#mitc
#tatu
#memorandum

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Xalqaro olimpiada sovrindorlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Ochiq matematika olimpiadasida matematika va informatika yo‘nalishida ishtirok etgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Asadbek Sindarov 2-o‘rinni, Ixtiyor Teshaboyev, Javoxir Isroilov hamda Muzaffar Saxidinov 3-o‘rinni egallashdi.

Shu munosabat bilan bugun, 27-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ushbu Ochiq matematika olimpiadasida ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy egallagan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1733/

#digital
#mitc
#tatu
#olimpiada

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
TATU’da amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Bugun, 31-may kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1792/

#digital
#mitc
#tatu

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Yongnam universitetiga tashrif buyurdi

Tashrifi davomida TATU va Yongnam universiteti o‘rtasida “Information and Communication Engineering” va “Computer Engineering” yo‘nalishlarida qo’shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️ Kelgusida ushbu ta’lim dasturida o’qiydigan talabalar dastlabki 2 yilni TATUda va qolgan 2 yilni esa Koreyaning Yongnam universitetida davom ettiradilar. Qo’shma ta’lim dasturini tamomlagandan so’ng ularga ikkita xalqaro darajadagi diplom beriladi.

Mazkur qo’shma ta’lim dasturi 2023-yil oktabr oyidan boshlanishi kelishib olindi. Abituriyentlar uchun ta’lim dasturiga oid barcha ma’lumotlar (kirish imtixonlari, talab etiladigan xujjatlar) rasmiy veb saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali e’lon qilinadi.

📄 Ma’lumot uchun: Yongnam universiteti Koreya Respublikasining yetakchi Oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Xususan, Koreya universitetlari o‘rtasida 16-o‘rinda, xalqaro QS hamda THE reytinglarda esa TOP 800 o’rinda qayd etilgan.

#digital
#TATU

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamlashtirish vaziri TATU Samarqand filialida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi

O‘rganishlar davomida vazir mas’ullarga ishlarni samarali olib borish, o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga o‘z vaqtida shay holatga keltirish, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2417/

#digital
#tatu
#samarqand

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
TATU binosini jahon standartlariga mos ravishda ta’mirlash, samarali o‘quv tizimini tashkil etish va  talabalarning vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha  topshiriqlar berildi

Tashrif davomida vazir dastlab universitetda bo‘lib o‘tayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Undan so‘ng “IT soha korxonalari alleyasi”da bo'lib, talabalarning labaratoriyalardan foydalanishida qulayliklar yaratish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Batafsil: 👉 https://shorturl.at/bHMS8

#digital
#tatu
#tashrif

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
TATU talabalari CTF tanlovining mutlaq g‘oliblari bo‘lishdi

Joriy yilning 3 – 4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” dastur doirasidagi “Cyberkent” xalqaro sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan CTF tanlovining barcha yuqori o‘rinlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari qo‘lga kiritishdi.

Chempionlar bilan tanishing:

1. Umurzoqov Quvonchbek
2. Gilmanov Nurgali
3. Ismoilov Iqboljon

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3063/

#digital
#tatu

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
⚡️Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 4 yulduzli universitet maqomi berildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyoning TOP Universitetlari ro‘yxatida 1000 ballik baholash shkalasida 620 ball to‘plab, 4 yulduzli universitet maqomiga erishdi.

Bu maqom jahonning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan bu yilgi QS Stars audit baholash reytingi tomonidan aniqlandi.

#digital
#TATU

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
TATU Osiyo universitetlarining TOP-1000 taligidan joy oldi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotganQS Higher Education Summit Asia Pacific 2023 sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2024) natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududidan 14 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3487/

#digital
#tatu

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
TATU Urganch filialida Vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Uchrashuv avvalida vazir mamlakatimizda yoshlarga IT sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030-yilgacha mamlakatmizning IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollariga yetkazish rejalashtirilgani, buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi.

Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6675/

#digital
#tatu
#urganch

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU talabalari Xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlari bo‘lishdi

Joriy yilning 3 – 8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasida talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha ochiq fan olimpiadasi (Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS)) bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xalqaro fan olimpiadasining alohida (yakka) bahslarida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari Javohir Isroilov, Asadbek Sindarov 3-o‘rin, bronza medali sohibi bo‘ldilar va Ixtiyor Teshabayev, Muzaffar Saxadinov munosib qatnashib umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun: “OMOUS – 2024”ga AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Bolgariya, Ispaniya, Meksika, Indoneziya kabi davlatlarning yetakchi universitetlaridan 500 nafardan ortiq matematiklar qatnashdi.

#digital
#tatu

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM