Digital.uz
11.9K subscribers
14.8K photos
901 videos
1 file
5.45K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚🧑‍🏫Raqamli texnologiyalar vazirligi 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaydi

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3003/

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
📚Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlaydi

O‘zbekiston Respublikasining butun xalqini, xususan, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritib kelayotgan 38 mingdan ortiq soha vakillarini O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3220/

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan tabriklaydi

25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Shu munosabat bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi Siz va oila a’zolariningizni hamda faxriylarni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi.

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

O‘z hayotini fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli ishda omadlar tilaymiz!

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va aʼzolarini tabriklaydi

Raqamli texnologiyalar vazirligi 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ushbu xalqchil tashkilotning millionlab aʼzolarini chin dildan muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tilaklarimizni bildiramiz.

Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab, barchangizga sog‘lik-salomatlik, mas’uliyatli va olijanob ishlaringizda doim muvaffaqiyat tilaymiz.

Erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yoʻlida olib borayotgan izchil islohotlarimiz va ularning amaliy natijalarini taʼminlashda kasaba uyushmalarining ham munosib hissasi borligini barchamiz eʼtirof etamiz.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
👨‍⚕Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini Tibbiyot xodimlari kuni bilan qutlaydi

Raqamli texnologiyalar vazirligi sog‘liqni saqlash sohasida xizmat qilib kelayotgan fidoyilarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Shifokor kasbi sharafli, mehnati esa ulug‘dir! Siz kabi jonkuyar shifokorlar mehnati bilan insonlarning hayoti asraladi, salomatligi mustahkamlanadi.

Hurmatingiz doim baland, sog‘ligingiz hamisha mustahkam bo‘lsin! Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz shifokorlar!

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
👨‍🎓📚17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni

Bugun, 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha talabalarni Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi samimiy tabriklaydi.

Yurtimiz kelajagi, ishonchi va eng katta kuchi hisoblanuvchi talaba yoshlarni bugungi kunda yurtimizni rivojlantirishdagi o’rni muhimdir.

Shu kunga qadar talabalar turli xil mahalliy va xalqaro IT tanlovlarda faol qatnashib, yurtimiz IT saloyihatini dunyoga tanitib, O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-iqbol, kuch-g‘ayrat tilaymiz. Bilim olish yo‘lida omad va zafarlar yor bo‘lsin!

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaymiz

Raqamli texnologiyalar vazirligi 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti ramzi hisoblanib, davlatimizning xalqaro munosabatlardagi timsoli sifatida qadrlanadi.

Jonajon yurtimiz osmoni bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang kabi musaffo, Vatanimizning taraqqiyot yo‘li va har birimizning hayot yo‘limiz bayroqdagi oq rang kabi pok hamda to‘q yashil rang kabi farovon bo‘lsin.

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun hamda mazkur sanaga 32 yil to‘lganligi muborak bo‘lsin, aziz Vatandoshlar!

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚Raqamli texnologiyalar vazirligi yurtdoshlarimizni Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan qutlaydi

Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan Asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/4099/

#digital
#konstitutsiya
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettiradi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini himoya qilishga chorlaydi.

Davlat madhiyasi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan. Unga O‘zbekiston xalq artisti, bastakor Mutal Burhonov musiqa bastalagan.

#digital
#madhiya
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
🌲Raqamli texnologiyalar vazirligi Yangi yil bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Siz aziz yurtdoshlarimizni, mo‘tabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimizni hamda soha xodimlarini, shuningdek, ko‘p millatli butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi – 2024-yil bilan samimiy qutlaydi.

O‘tib borayotgan yilda raqamlashtirish sohasida yuqori natijalar qayd etildi. IT yo‘nalishida salohiyatli yoshlarimiz o‘z bilim va yutuqlari bilan soha rivoji uchun kata hissa qo‘shishmoqda.

Batafsil: 👉 https://shorturl.at/degtC

#digital
#yangiyil2024
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Prokuratura organlari xodimlarini bayram bilan muborakbod etamiz

Raqamli texnologiyalar vazirligi 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Bugun prokuratura organlari xodimlari zimmalariga yuklatilgan har qanday vazifani bajarishga sadoqat va yuksak mas'uliyat bilan yondashmoqda.

Xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mana shunday mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha yurtimiz harbiylarini 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaydi

🇺🇿 Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkak kishining Vatani oldidagi muqaddas burchidir. Vatanimizning munosib o‘g‘lonlari, barchangizga eng ezgu istaklarimizni tilab qolamiz.

Vatan oldidagi sharafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi taʼlimning tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi ahamiyatini eʼtirof etgan holda 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 24-yanvarni “Xalqaro taʼlim kuni” deb eʼlon qilgan edi. Bu yil dunyo jamoatchiligi “Xalqaro taʼlim kuni”ni oltinchi bor nishonlamoqda.

Mazkur sananing ahamiyati juda cheksiz. Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-maʼrifatga tashnaligini eʼtirof etish, balki dunyo davlatlari, hukumat va jamiyatlari eʼtiborini taʼlim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit taʼlim, dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot texnologiyalaridan faol foydalanish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.

Ushbu kunda yoshlarimizga IT ta’limdagi imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etib, ulardan unumli foydalanishga chaqiramiz.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/5124/

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
🛂 26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi 26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni bilan siz, azizlarni samimiy muborakbod etadi.

Sizlarning zimmangizga mamlakat xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyat yuklangan. Yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilishda, bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishdagi ishlaringiz sharaflidir.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz hamda ularga mashaqqatli faoliyatlarida kuch-quvvat va sihat-salomatlik tilaymiz.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-fevral Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

Bugun, 9-fevral – buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 583 yilligi nishonlanadigan sana.

Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni

Ayol va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ularning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan IT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar bilan intervyu tashkil qilib, ularni boshqa yoshlarga o‘rnak qilib motivatsiya berish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, bir nechta loyihalarni amalga oshirayotgani ham aynan xotin-qizlarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.

Kelgusida ham xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun grantlar e’lon qilish, IT sohasida o‘z o‘rnini topishiga yaqindan yordam berish maqsadli rejalashtirilgan.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
📚 14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

Temuriylar sulolasi vakili, oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi – Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bu yil shoh va shoir tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda.

Turkiy adabiyotining eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallagan.

Shoirning hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari ilm-fan rivoji, yosh avlod tafakkuri va ma’naviyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilingan kun

1945-yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

#digital
#muhim_sana

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌷 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Doim izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishingizni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri. Aziz ayol-qizlarimiz, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanib, zamonaviy bilimlarni egallab, hur fikrlaydigan yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

#digital
#muhim_sana

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM