Digital.uz
12.1K subscribers
17.2K photos
999 videos
1 file
6.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
📢 GovTech Prize” 2024 raqamli davlat xizmatlari xalqaro tanloviga ariza topshirish uchun 7 kun qoldi

Mazkur mukofot butun dunyo bo‘ylab davlat xizmatlaridagi innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

🌟 2024-yilda GovTech mukofoti to‘qqizinchi marta topshiriladi (ilgari Global Best M-Gov mukofoti deb nomlangan). Hakamlar hay'ati tomonidan quyidagi yo’nalishdagi loyihalar baholanadi, jumladan:

➡️ ta'lim xizmatlari;
➡️ sog'liqni saqlash xizmatlari;
➡️ sun'iy intellektga asoslangan davlat xizmatlari;
➡️ inklyuziv raqamli transformatsiya.

📌 Tanlovga arizalarni 2024-yil 12-yanvargacha havola orqali yuborishingiz mumkin.

✔️ Tanlov haqida batafsil

Eslatib o’tamiz, 2023-yilgi Global Best M-Gov Award tanlovida O‘zbekistonning IUT Engineers jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallagan edi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari yaroqlilik muddati yaqinlashib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini chegirma yoki bepul sotish bo‘yicha “Don’t waste” loyihasini taqdim etib 2-o’rinni egallashgan.


▶️Taqdirlash marosimida sovg‘ani Misr Prezidenti topshirgan. Taqdirlash marosimidan videolavha.

#digital
#GovTech_Prize

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM