Digital.uz
11.8K subscribers
14.8K photos
901 videos
1 file
5.46K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
👨🏻‍💻 Разработана удобная платформа для обучения фрилансу

Вам не нравится сидеть в офисе и работать по установленному работодателем графику? Хотите зарабатывать много денег на удобном для вас месте и в комфортных условиях?

Тогда фриланс именно для вас. Фрилансинг позволяет вам работать и зарабатывать без каких-либо налоговых платежей или обязательств. Для получения подробной информации о фрилансе можете воспользоваться видеокурсами на сайте myfreelance.uz.

#mitc
#frilanser

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👨🏻‍💻Frilanserlikni o‘rganish uchun qulay bo‘lgan platforma yaratildi

Siz ofisda o‘tirib, ish beruvchi tomonidan o‘rnatilgan doimiy ish tartibida ishlashni yoqtirmaysizmi? O‘zingiz uchun ma’qul bo‘lgan qulay sharoitlar va joydan turib ko‘p pul topish istagidamisiz?

Unda frilanserlik aynan siz uchun. Bu sizga hech qanday soliq to‘lovlari va majburiyatlarsiz ishlash va pul topish imkonini beradi. Buning uchun siz myfreelance.uz platformasidan foydalanib, frilanserlik haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#mitc
#frilanser

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Joriy yilning 10-mart kuni navbatdagi “Frilanserlik - bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Forumda upwork platformasida faoliyat yurutuvchi mamlakatimizning 3 ta yetakchi frilanserlari:

▪️No‘monjon Yusupov – Tarjimon
▪️Malika Rahimova – Frontend dasturlash
▪️Ibrohim Isroilov – Ma'lumot tahlili

tomonidan 100 ga yaqin Universitet talabalariga qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish, birinchi buyurtmani olish hamda faoliyat olib borish yuzasidan ma'lumot berildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga estalik sovg’alar topshirildi.

Bizni kuzatib boring va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

#mitc
#frilanser

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
O‘z bilim va ko‘nikmalaringiz orqali masofadan turib pul topishni istaysizmi?  
 
Biznesga sarmoya kiritishingiz, kontrakt to‘lashingiz, xalqaro bozorda ishlashingiz va shu kabi rejalaringizni amalga oshirish uchun moliyaviy tomonlama qiynalyapsizmi? 
 
Unda shoshiling, 23-may kuni
Guliston Davlat Universitetida  
soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan forumga taklif etamiz. 
 
Forumda mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatib o‘tiladi. 
 
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, joylar cheklangan! 
 
🔗  Ro‘yxatdan o‘tish
 
📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 
+99855 501 03 02.

#digital
#mitc
#frilanser

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Joriy yilning 23-may kuni, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida navbatdagi “Frilanserlik - bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" va Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🔷 Forumda Upwork platformasida faoliyat yurituvchi mamlakatimizning ikki yetakchi frilanserlari:

▪️No‘monjon Yusupov – Tarjimon;
▪️Ibrohim Isroilov – Ma'lumotlar tahlilchisi

tomonidan 100 ga yaqin Universitet talabalariga qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish, birinchi buyurtmani olish hamda faoliyat olib borish yuzasidan ma'lumot berildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Bizni kuzatib boring va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

#digital
#mitc
#frilanser

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
“Moliyaviy erkinlik sari: frilanserlik va elektron tijorat – bu kelajak kasbi forumi” o‘tkaziladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi, Yoshlar ishlar agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Moliyaviy erkinlik sari: frilanserlik va elektron tijorat – bu kelajak kasbi forumi” tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan asosiy maqsad – moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish, frilansing orqali pul ishlashning qo‘shimcha usullarini o‘rgatishdir.

Forum 28-iyul Juma kuni, Jizzax viloyati, Jizzax shahri "Yoshlar innovatsion markazi"da soat 14:30 da boshlanadi.

Ushbu forumda mutlaqo bepul qatnashish imkoniyati mavjud. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, joylar cheklangan!

🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov shoh ko'chasi, 169

#digital
#frilanser

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Moliyaviy erkinlik sari: Frilanserlik va Elektron tijorat – bu kelajak kasbi forumi” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28-iyul kuni Jizzax shahridagi "Yoshlar innovatsion markazi"da Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi, Yoshlar ishlar agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida forum tashkil etildi.

Mazkur forumda 300 dan ortiq yoshlar va xotin-qizlarga qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish, birinchi buyurtmani olish hamda faoliyat olib boorish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Yakunda an’anaga muvofiq, qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

#digital
#frilanser

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM