🇺🇿🇩🇪 Germaniyada oʻtkaziladigan “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiriga qoʻshiling
🗓 Sana va vaqt: 23-aprel, 10:30
📍 Manzil: Berlin, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi
🔘 Tadbir nimalarni taklif qiladi? Oʻzbekistonning IT va autsorsing sohasidagi salohiyatini kashf eting:
➡️ Soliq imtiyozlari: 0% korporativ, ijtimoiy, mol-mulk va yer soligʻi hamda IT va autsorsing kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashning boshqa vositalari haqida batafsil bilib oling.
➡️ Malakali isteʼdodlar: 20 million mehnatga layoqatli aholi orasidan turli va koʻp tillarni biladigan iqtidorlar zaxirasi, jumladan, 500 000 dan ortiq nemis tilida soʻzlashuvchi mutaxassislarni taklif qiluvchi yosh va dinamik ishchi kuchi bilan tanishing.
➡️ IT viza: investorlar, kompaniya asoschilari va IT-mutaxassislar uchun 3 yilgacha amal qiluvchi koʻp martalik viza oling.
➡️ Biznes yuritishning qulayligi: faoliyatni tezda yoʻlga qoʻyish uchun zarur barcha yordamni olgan holda 3-6 hafta ichida kompaniyangizni ishga tushiring.
➡️ “Zero Risk” dasturi: 12 oy davomida bepul ofis maydoni va xodimlarning ish haqi va malakasini oshirish xarajatlarini qoplash imkoniyatlaridan foydalaning.
➡️ Xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan IT boʻlmagan kompaniyalar uchun imtiyozlar: IT Park rezidentligi orqali Markaziy Osiyo bozoriga kirish.
📥 Taklifnoma olish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting.✅ Sizni nafaqat qimmatli maʼlumotlar vaʼda qiladigan, balki Oʻzbekiston ITES sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradigan tadbirda bilan kutib qolamiz.
#Uzbekistan #IT #Outsourcing #BPO #KPO #ITConference #Event #ITOutsourcing📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads