Digital.uz
11.6K subscribers
14.9K photos
905 videos
1 file
5.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!

2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Buning uchun abiturient my.gov.uz нинг “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va parolini kiritib, ruxsatnomani onlayn yuklab oladi.

Eslatib o‘tamiz!
Joriy yilda test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi. Shuni inobatga olib, ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishingizni tavsiya qilamiz.

Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

#mitc
#egov

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi

“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

❗️Faqat buning uchun smartfonimizga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz!

MyGov ilovasi (Google Play va App Store) orqali ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul!

#mitc
#egov
#mobile_id

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Seul shahrida “Ilg‘or raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda davlat xizmatlarini taqdim etish” dasturi tashkil etildi

Ushbu dasturni tashkil etishdan asosiy maqsad – ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda aholiga yanada qulayliklar yaratish uchun elektron davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha Koreya tajribasi bilan tanishish hamda ishtirokchi davlatlar tajribasida ushbu yo‘nalishdagi muaffaqiyatli natijalarini qo‘llashdan iborat.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4110

#mitc
#egov
#koreya

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4133

#mitc
#egov

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Firibgarlarga ishonmang

Shu kunlarda bizga yetib kelayotgan xabarlar orasidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun kompyuter xizmatlari tashkil qilinib, davlat xizmatlarini onlayn ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bo‘layotgani haqidagi ma’lumot e’tiborimizni tortdi.

Siz aslo bu kabi usullardan foydalanmang! Begonalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni yoki identifikatsiya tizimlaridagi login va kalit so‘zlaringizni bera ko‘rmang!

My.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan shaxsan o‘zingiz yoki faqat oila a’zolaringiz ko‘magida foydalaning.

☎️ Muammo yoki tushunmovchiliklar kelib chiqsa, 24/7 tartibida ish olib boruvchi “1242” qisqa raqamli Call-markazimiz bilan bog‘laning.

#mitc
#egov

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 Yomg‘irli havoda ko‘chaga chiqishingiz shart emas...

👨🏻‍💻 Bugun nafaqat shahar markazi, balki chekka qishloqlardagi yurtdoshlarimiz ham elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalanishlari mumkin. Masalan, hozirgi kunda oilalar davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berishi yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishi mumkin.

📝 Hatto pensionerlar va nogironlar uyidan chiqmay turib, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish imkoniyatiga ega.

🚕 Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan foydalanishlari ham mumkin.

Shuningdek, onalar uchun bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirib borish qulayligi yaratilgan. Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirishlari va FHDYoga faqat to‘ydan oldin borishlari mumkin.

#mitc
#egov

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish my.gov.uz’da arzonga tushadi

🚖 Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

👨🏻‍💻Buning uchun haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lashi lozim.

❗️My.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

#mitc
#egov

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmani my.gov.uz orqali onlayn olsa bo‘ladi

Ushbu imkoniyatdan:

🟢 Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

🟢 halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

🟢 respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

🟢 Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

🟢 yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

🟢 I va II-guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

🟢 o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;

🟢 yoshga doir pensiya oluvchilar foydalanishlari mumkin.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4229

#mitc
#egov

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Направление для лечения в санаториях можно получить онлайн через my.gov.uz

Этой возможностью могут воспользоваться:

🟢 лица, приравненные к инвалидам и участникам войны;

🟢 овдовевшие жены (овдовевшие мужья) умерших военнослужащих, не вступившие в новый брак;

🟢 лица, получающие персональные пенсии республиканского значения;

🟢 лица, заболевшие и перенесшие лучевую болезнь, вызванную последствиями аварии на Чернобыльской АЭС, а также лица, ставшие инвалидами в результате аварии на Чернобыльской АЭС;

🟢 лица пенсионного возраста, проходившие военную службу на ядерных полигонах и других радиационно-ядерных объектах;

🟢 лица с инвалидностью I и II групп, лицо, сопровождающее слепого инвалида I группы;

🟢 одинокие пожилые граждане, нуждающиеся в постороннем уходе;

🟢 получатели пенсий по возрасту.

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/4229

#mitc
#egov

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻“O‘zbektelekom” AK tomonidan Yevropaning Tier-1 darajadagi operatori – “Cogent” kompaniyasi tarmog‘iga ulanish amalga oshirildi hamda mavjud Internet kanallarga alternativ yo‘nalish orqali Internet kanalni tashkil qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida AKT vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda “O‘zbektelekom” AK tomonidan xalqaro telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4230



💻Со стороны АК «Узбектелеком» осуществлено подключение к сети компании «Cogent» – европейского оператора уровня Tier-1 и подписано соглашение об организации интернет-канала через альтернативный маршрут к существующим интернет-каналам

На встречах в Германии, в городе Франкфурт-на-Майне, организованных по инициативе Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций, были достигнуты договоренности о дальнейшем расширении сотрудничества АК «Узбектелеком» с международными операторами связи.

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/4230

#mitc
#egov

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM