Digital.uz
11.4K subscribers
15K photos
911 videos
1 file
5.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢👨🏻‍💻 O‘zbekistonda Hindistonning ikkita mashhur universiteti filiallarini ochish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu dargohlarda asosan IT-mutaxassislar tayyorlanadi.

📺 Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.

🔹🔹🔹

🏢👨🏻‍💻 В Узбекистане ведутся переговоры по открытию филиалов двух знаменитых индийских университетов. В данных вузах в основном ведется подготовка IT-специалистов.

📺 Телеканал «O‘zbekiston 24» подготовил об этом специальный репортаж.

#mitc
#uz24
#IT_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🇺🇿🇰🇷Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ullari hamda TShIU rektori Janubiy Koreyada IT-ta’limni rivojlantish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi

Ayni kunlarda xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori ETRI institutining ijrochi vitse-prezidenti Sung Von bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4324

#mitc
#koreya
#It_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🔘 O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion universitet tashkil etish loyihasi muhokama qilindi

Bugun, 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “Abu Dhabi Uzbek Investment” hamda “CINTANA TEAM” tashkilotining prezidenti Chagri Bagchioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉https://mitc.uz/uz/news/view/4328

#mitc
#it_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Raqamli texnologiyalar vazirligi IT o‘quv markazlarni qo‘llab-quvvatlaydi!

💬  Mamlakatimizda yildan yilga
IT  ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda:

🔼 3 yil oldin 11 tagina IT o‘quv markaz IT park rezidenti bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 250 dan (20+ barobar) ortiq o‘quv markazlar davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishmoqda.

🔵 IT bilim (bilgi.uz) jamg‘armasi yordamida o‘quv markazlarni qo‘llab-quvvatlashga 30 mlrd so‘m, 70 nafar yoshlarga 768 mln so‘m o‘qish xarajatlarini qoplash uchun imtiyozli kreditlar taqdim etildi.

🔵  Agarda Siz o‘quv markazingizni kengaytirish yoki yangi o‘quv markazini ochish rejangiz bo‘lsa, quyidagi SO‘ROVNOMANI to‘ldiring va bizning jamoamiz Siz bilan bog‘lanishadi.

🌐  Ariza qoldirish

#digital
#mitc
#IT_education
#IT_markaz

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
IT sohasiga qiziqqan 20 nafar yoshlar dasturlashga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli maktabda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad – imkoniyati yetarli bo‘lmagan, biroq qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga dasturlashni bepul o‘rganishlari uchun yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1697/

#digital
#mitc
#IT_education

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Endilikda - “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 1,2 million O'zbekistonlik yoshlar dasturlash asoslarini Coursera onlayn oʻquv kurslari orqali Bepul o‘rganishlari hamda xalqaro IT Sertifikatga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi:

Onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar saralanib, xalqaro miqyosda ish faoliyatini yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi;

Sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari ajratiladi;

Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi.

🔗 Batafsil: 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaror

#digital
#mitc
#IT_education

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Byudjet tashkilotlaridagi AKT xodimlariga qo'shimcha ustamalar belgilandi

▪️2023-yil, 1-avgustdan boshlab:

Endilikda, AKT sohasida xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama;

Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga har oyda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.

🔗 Batafsil: 24.05.2023-yildagi PF-76-son

#digital
#mitc
#tashrif
#IT_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
⭕️ Buxoro viloyati, Qo‘rakol tumanida IT-klaster faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

🔵 IT-klaster doirasida:

😄 Hindiston davlatining Acharya universiteti;
😄 masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
😄 ilmiy-tadqiqot markazlari va o‘quv laboratoriyalar;
😄 startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi va boshqa obyektlar tashkil etiladi.

🤔 Acharya universiteti:
🔴 har yili 1 440 nafar yigit-qizlarni o’qishga qabul qiladi;
🔴 professor-pedagoglarning 70 % xorijdan kelib ta’lim beradi;
🔴 har yili 100 ta grant kvotalari ajratiladi;
🔴 mahalliy o‘qituvchilar Hindistonda malaka oshirishadi.

📥Batafsil: Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.07.2023 yildagi 273-son

#digital
#mitc
#IT_education
#Acharya_university

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 IT ko‘nikmalarga global talab: IT-ta’limga sarmoya kiritish orqali ehtiyojlarni to‘ldirishEdTech sessiyasi

Joriy yilning 7-iyul kuni bo’lib o’tadigan "Digital Leadership Forum"i doirasida EdTech sessiya tashkil etiladi.

🫥 Sessiya davomida IT ta'limni rivojlantirish, sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy tendensiyalarni joriy qilish, kelajak IT kasblar hamda raqamli ta’lim transformatsiyasi kabi mavzularda taqdimotlar va muhokamalar bo’lib o’tadi.

🌐 Sessiyaga o'z sohasida ko'p yillik tajribaga ega, malakali xorijiy ekspertlar taklif etilgan.

😄 Eslatib o'tamiz: Forumda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan 300 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etadi!

#digital
#IT_education
#EdTech_session
#Digital_Leadership_Forum

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Қоракўлга ёшларимиз энди нафақат репетитор учун, балки юқори даромад топадиган касбларга ўқитадиган олий таълим муассасасида ўқишга ҳам борадиган бўладилар

Президентимиз Қоракўл туманидаги машҳур математика мактабимизга борганларида ёшларимизга келгуси ҳаётларида юқори даромадли касбларга эга бўлишлари учун айнан ўша ерда Ҳиндистондан университетни таклиф қилиб, АйТи Кластер ташкил этиш вазифасини белгилаб берган эдилар.

Албатта, пойтахт ёки вилоят марказида эмас, туманда бундай вазифани сифатли амалга ошириш осон иш эмас, шунинг учун Бухоро вилояти ҳокимлиги билан ҳамкорликда жуда кўплаб университетлар билан муҳокамалар натижасида Қоракул АйТи кластерини ташкил этиш бўйича Вазирлар Маҳкамасининг жорий йил 5 июлдаги 273-қарори қабул қилинди. Ушбу кластерда Ачария университети ташкил этилади ва математикани кучли биладиган ҳамда чет тилида дастурчилик қиладиган юқори малакали мутахассисларга талаби бўлган қатор АйТи компаниялар ҳам ўзларини бўлинмаларини очишлари режалаштирилган.

Ҳиндистоннинг Бангалоридан келган ҳамкорларимизни Қоракўл туманида ўзига хос математика ўқитиш тажрибаси бор, шунга асосий халқаро математика олимпиадаларида айнан шу ердаги ўқувчилар ғолиб бўлишади ва ота-оналар ҳам айнан шу ерга ўз фарзандларини олий таълимга қабул имтиҳонларига пухта тайёрланиш учун юборадилар деб анча ишонтирдик. Яқинда бўлиб ўтган Digital Leadership Forumидаги уларнинг тақдимотидан қанчалик бу лойиҳага улар ҳам қаттиқ эътибор қаратаётганини кўрсангиз бўлади: https://www.youtube.com/watch?v=RvEWk51gcs8

Бухоро вилояти ҳокимлиги ҳам ушбу лойиҳага алоҳида эътибор қаратиб ёрдам бераётгани жуда муҳим ва бошқа ҳудудлар учун ўзига хос ўрнакдир, чунки айнан АйТи таълимини ривожлантириш орқали ёшларимиз ўз оилалари билан ўз юртларида яшаб, чет элга хизматларини экспортидан юқори даромад олишлари мумкин бўлади.

Бухорога Давлатимиз Раҳбари ташрифлари муносабати билан Қоракўлга яна бир бор бориб, тайёргарлик ишларини жойида кўриш имкони бўлди. Насиб қилса хақиқатда ёшларимиз келажаги учун жуда фойдали лойиҳа бўлади, чунки айнан кучли математика базасига эга бўлган АйТи муҳандисларига талаб дунё бозорида юқори бўлиб қолади.

Батафсил:
https://lex.uz/uz/pdfs/6523574
https://www.acharya.uz/
“George Washington University” rahbariyati IT taʼlim sohasini rivojlantirish borasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Uchrashuvda George Washington universiteti ijrochi direktori Britani Wright, universitet dekani John Lach va boshqalar ishtirok etishdi.

Batafsil: 👉 https://gov.uz/digital/news/view/2694/

#digital
#It_education
#AQSH

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter