Digital.uz
11.5K subscribers
15K photos
910 videos
1 file
5.52K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

ℹ️ Unga ko‘ra, 2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlash reja-jadvali tasdiqlandi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/3410

🔹🔹🔹

Принято постановление Правительства «О мерах по дальнейшему развитию телекоммуникационной инфраструктуры»

В соответствии с ним, утверждены целевые показатели развития телекоммуникационной инфраструктуры Республики Узбекистан на 2022-2024 годы и план-график обеспечения покрытием мобильной связью автомобильных дорог международного и государственного значения.

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/3410

#mitc
#qaror
#digitaluzbekistan

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
"Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom" tasdiqlandi

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/3437

🔹🔹🔹

Утверждено "Положение о порядке организации специального режима по поддержке технологий искусственного интеллекта и упорядочении его деятельности"

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/3437

#mitc
#qaror
#ai

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
📦 Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilandi

✔️ Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 21-dekabrdagi 767-son qaroriga muvofiq “Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/3541

🔹🔹🔹

📦 Определен порядок проведения таможенного контроля международных почтовых и курьерских посылок

✔️ В соответствии с постановлением Кабинета Министров от 21 декабря 2021 года №ПКМ-767 утверждено Положение «О порядке проведения таможенного контроля и оформления международных почтовых и курьерских посылок».

Подробно: 👉 https://mitc.uz/ru/news/view/3541

#mitc
#qaror
#pochta

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

🌐 Qarorga muvofiq telekommunikatsiya va IT tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ham belgilangan.

📺 Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan mahsus lavha tayyorlanib efirga uzatildi.

#mitc
#qaror
#uz24

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Принято постановление Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по развитию сферы услуг».

🌐 В соответствии с постановлением, также предусматривается принятие мер по развитию телекоммуникационной сферы, IT-предпринимательства.

📺 Телеканал «O‘zbekiston 24» подготовил об этом специальный репортаж.

#mitc
#qaror
#uz24

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Raqamli texnologiyalar sohasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etilmoqda

"Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasi qarori  (VMQ–206-son, 19.05.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq quyidagilar belgilanmoqda:

— respublikada faoliyat yurituvchi davlat oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichni yakunlagan talabalari tanlov asosida qabul qilinadi;

— birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib oshirib boriladi;

— ta’lim olish 34 hafta muddat davomida “Blended learning-aralash ta’lim texnologiyasi” asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3MJfC9K

#digital
#mitc
#qaror

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
“Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Markaziy bankning 2023-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga ruxsat beriladi hamda ushbu to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/45hkha2

#digital
#mitc
#qaror

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari tug‘risidagi Hukumat qarori (208–son, 20.05.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni ta’momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1685/

#digital
#mitc
#qaror

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son Qaror imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Prezidentning “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida ham muhim masalalar qamrab olingan.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1724/

#digital
#mitc
#qaror

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
“Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Hukamat qarori e'lon qilindi

Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatishga doir litsenziya uchun davlat bojining miqdorini uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan xizmatlar ko‘rsatish uchun maqbullashtirish belgilandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2866/

#digital
#qaror

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter