“Hancom Academy”ning ilg‘or IT ta’limi O‘zbekistonda joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasida Koreyaning ilg‘or raqamli ta’limini joriy qilish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligida “Hancom Academy” vakillari ishtirokida Anglashinuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Hancom academy” joriy yilda Xorazm viloyatida joylashgan Raqamli texnologiya o‘quv markazlarida 20 ta sinfxonalarni jihozlash orqali “smart sinfxonalari”ni (smart classroom) tashkil qiladi. 2027-yil oxiriga qadar butun respublika bo‘ylab joylashgan Raqamli texnologiya o‘quv markazlarida "smart sinfxonalarni" jihozlash rejalashtirilgan.
Ushbu sinfxonalarda sun’iy intellekt, ilovalarni ishlab chiqish, koreys tili va ingliz tili yo‘nalishlarida darslar “Hancom Academy”ning malakali o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha o‘qitiladi. Shuningdek, “Hancom Academy” tomonidan ishlab chiqilgan alohida o‘quv dasturi bo‘yicha mahalliy IT mentorlarining malakasi ham oshiriladi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/5430/
#digital #HancomAcademy #investment #memorandum
📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads |LinkedIn| X