Digital.uz
11.4K subscribers
15K photos
911 videos
1 file
5.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 18-19-may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumining ikkinchi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Yevrokomissiyaning ijrochi vitse-prezidenti V. Dobrovskis, Markaziy Osiy mamlakatlari hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari, YEI davlatlari iqtisodiyot, savdo, moliya, transport va raqamlashtirish boʻyicha vazirlari, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1681/

#digital
#mitc
#olmaota
#forum

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🤔 Olmaotada ShHTga a’zo davlatlarning AKTni rivojlantirishga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

Mazkur yig‘ilishda tomonlar o‘z mamlakatlarida raqamlashtirish va AKT sohasining rivojlanish suratlari va istiqbollari to‘g‘risida taqdimot qilib, hamkorlik aloqalarni rivojlantirishga kelishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/5429/

#digital
#olmaota

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 CAICT ilmiy tadqiqot instituti vitse-prezidenti bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar ustida ishlashga kelishildi

Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi va “Digital Almaty” xalqaro forumi tadbirlarida “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” direktori Xitoy Xalq Respublikasining CAICT ilmiy tadqiqot instituti vitse-prezidenti Vang Zhiqin bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida kelgusida CAICT ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar ustida ishlashga, xususan, YaIMdagi raqamli iqtisodiyot ulushini hisoblash metodologiyasini yanada rivojlantirish yuzasidan tajriba almashishga kelishildi.

#digital
#olmaota

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM