Digital.uz
11.6K subscribers
14.9K photos
905 videos
1 file
5.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Dasturchining vazifasi — odamlarni qiynab turgan muammoni yechish”

«mGovAward»
tanlovida faxrli 1-o‘rin va 50 ming dollar mukofotini qo‘lga kiritgan “Tahrirchi” loyihasi asoschisi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti 4-kurs talabasi Muhammadsaid Mamasaidov — IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlarimizning navbatdagi qahramoni.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4371

YouTubedagi sahifamizga o'tib, videoni yuqori 4K formatda tomosha qilishingiz mumkin

#mitc
#IT
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Agar jismoniy mehnatdan qochmoqchi bo‘lsang, bilim o‘rgan”

IT sohasida ta’lim olib, bir necha yillik tajribaga ega, o‘z o‘rnini topgan, hozirda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”da bosh dasturchi sifatida ishlab kelayotgan bizning navbatdagi qahramonimiz — Odilxon Muxtorxojayev bo‘ladi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4404

Videoni 4K formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling

#mitc
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🎓 “Ochiq matematika olimpiadasi”da 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan TATU talabalari

2023-yilning 23-28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida “Ochiq matematika olimpiadasi”(OMOUS-2023)ni tashkil etdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada 13 davlatdan talabalar qatnashdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan TATU talabalari muvaffaqiyat qozonishdi.

TATU Kiberxavsizlik fakulteti talabalari Asadbek Sindarov faxrli 2-o‘rinni, Ixtiyor Teshaboyev, Javoxir Isroilov, Muzaffar Saxidinov esa faxrli 3-o‘rinni egalashdi.

📄 Ma’lumot uchun ushbu olimpiadada O‘zbekiston Respublikasidan 50 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etish uchun taklif etilgan. Dunyo bo‘ylab jami 13 ta davlat oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston va Ozarbayjondan 280 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi talabalarni xalqaro arenadagi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

#mitc
#tatu
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Amerikadagi pulni O‘zbekistonda ham topsa bo‘ladi!”

Raqamli texnologiyalar vazirligi IT sohasida o‘z o‘rnini topgan va muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan yoshlarni tanishtirishda davom etadi.

Navbatdagi qahramonimiz Logistika sohasida 3 yildan ko‘p tajribaga ega va 100 ga yaqin yosh xodimlariga ega David Franklin LLC kompaniyasi rahbari Sarvar Narimonov bo‘ladi.

Video davomida logistika sohasi va yoshlarning “Amerika orzusi”ni qanday qilib o‘zgartirish mumkinligi haqida batafsil to‘xtalib o’tilgan.

Intervyuni to‘liq shaklda quyidagi havolalar orqali ko‘rishingiz mumkin.

🔵 Facebook orqali ko‘rish(4K): https://fb.watch/kAWMfQrNWM/?mibextid=cr9u03

🎬 YouTube orqali ko‘rish(4K): https://youtu.be/FcM0V1NIkww

#digital
#mitc
#IT
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekistonlik deganda chet elliklar ko‘z o‘ngiga IT bo‘yicha professional odamlar kelishini xohlardim”

Navbatdagi IT qahramon – Toshkent shahridagi Amity universiteti bitiruvchisi, axborot texnologiyalar sohasida o‘tkazilgan musobaqalarning bir necha bor g‘olibi hamda hozirda EPAM Systems kompaniyasida dasturiy ta’minot bo‘yicha muhandis Abubakr Abduvakhidov bo‘ladi.

Abubakr intervyu davomida yoshlar nega IT'ni tanlashi kerakligi, o‘zining ushbu sohada bosib o‘tgan yo‘li, IT sohasining imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishgan.

Quyidagi havolalar orqali intervyuni to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin:

🔵 Facebook orqali ko‘rish: https://fb.watch/kRILXA6YKT/?mibextid=cr9u03

🎬 YouTube orqali ko‘rish(4K): https://youtu.be/U3OVS1I6JiE

#digital
#mitc
#IT
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli texnologiyalar vazirligi iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlaydi

Raqamli texnologiyalar vazirligi nafaqat IT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlarni, balki vazirlik xodimlari safida mehnat qilib ishlab kelayotgan xodimlarni ham tanishtiradi.

Tanishing, Abdulaziz Abdulahadov — Raqamli texnologiyalar vazirligining Elektron hukumat tizimini rivojlantirish boshqarmasi Elektron davlat xizmatlarini joriy etish va idoralararo elektron hamkorlik bo‘limi boshlig‘i. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

Video davomida Abdulaziz Abdulahadov qanday qilib AQSHda ushbu yo‘nalishda birinchi o‘rinda turuvchi Pensilvaniya shtati Pitsburg shahridagi “Carnegie Mellon” universitetining “Davlat siyosatini boshqarish va ma’lumotlar tahlili” yo‘nalishida magistrlik bosqichiga qabul qilinganligi haqida to‘liq so‘zlab berdi.

📹 To‘liq video YouTube kanalimizda: https://youtu.be/8gwDaP4o1XU

Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi Carnegie Mellon universitetining magistratura bosqichiga grantga qabul qilingan Abdulaziz Abdulahadovga muvaffaqiyatlar tilaydi va u kabi iqtidorli yoshlarni o‘z imkoniyatlaridan kengroq foydalanish uchun jamoamizga qo‘shilishga chorlaydi.

Siz ham IT sohasida o‘z bilim va iqtidoringizni soha rivoji uchun safarbar qilmoqchimisiz?

🚪 Unda kelgusida biz sizga IT sohasi tashkilotlarida faoliyat olib borishingiz uchun imkoniyat taqdim qilamizAriza qoldiring.

#digital

#muvaffaqiyat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘z maqsadlari sari intilib, muvaffaqiyatga erishgan o‘zbek qizi bilan suhbat

Bugungi kunda yoshlarimiz katta maqsadlari yo‘lida IT sohasida yangi bilimlarni o‘rganib, o‘z g‘oyalari va loyihalarini amalga tadbiq etish uchun yetarlicha sharoit va vaqtga ega.

Undan unumli foydalanib, yoshlikdan IT sohasida izlanib, yuqori daromadga ega bo‘lib, harakatlari orqali o‘z o‘rnini topib borayotgan xotin-qizlardan yana biri – Janona Berdiyeva.

Janona “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlaridan biri bo'lib, u Buyuk Britaniyadagi ummumjahon 169-o‘rinda turuvchi “University of Reading” universitetining Digital Innovation yo‘nalishi bo'yicha ta'lim jarayonlarini davom ettirmoqda.

📹 Qahramonimiz bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni to‘liq formatda YouTube va Facebook sahifamiz orqali ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/jYGqyAe1RQs

#digital
#muvaffaqiyat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro dasturlash musobaqasida TATUning Code of Duty jamoasi O‘zbekistondan qatnashgan jamoalar orasida eng yuqori natijaga erishdi

📆 Joriy yilning 12-13 dekabr kunlari xalqaro dasturlash musobaqasi – NEERC ning final bosqichi bo’lib o’tdi. Musobaqa jami uchta hududda, Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida, Gruziyaning Kutaisi shahrida hamda Qozog‘istonning Astana shaharlarida tashkil etildi.

Musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston OTM laridan jami 13 ta jamoa Qozog‘istonning Astana shahriga borishdi. Musobaqada O’zbekistondan ishtirok etgan jamoalardan faqatgina 4 tasi yetakchi jamoa sifatida diplom olish nasib etdi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Code Of Duty (Mirakilov, Qodirov, Umurzoqov) jamoasi jami 6 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va O‘zbekistonlik jamoalar orasida eng yuqori natijaga erishdi.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Algo Experts (Qarshiyev, Qayumjonov, Jalolov) jamoasi jami 5 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

#digital
#muvaffaqiyat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM