QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
21.8K photos
3.78K videos
287 files
8.98K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#PRESS_TUR

❗️QILINAYOTGAN ISHLAR YAXSHI, AMMO...

⚡️Navbatdagi manzil Samarqand shahrining Qorasuv massivi
.

✔️Bu yerda 2 ta 25 qavatli uylar deyarli qurib bitkazilgan. Ammo bugungacha hududiy nazorat inspeksiyasidan ro'yxatdan o'tmagan va loyiha hujjatlariga ijobiy ekspertiza xulosalari olinmagan.

🔴Ushbu obyekt bo'yicha mas'ullarga O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 99-moddasi 7-bandiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

▶️Qorasuv massividagi mazkur obyektlar “Agromir Building” MCHJ tomonidan qurilmoqda. Jami yana 22 ta shunaqa uy qurishni rejalashtirgan MCHJ mas'ullari haligacha inspeksiyadan obyektlar uchun tegishli ruxsat olishmagan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#MUNOSABAT

❗️Samarqand viloyati Samarqand tumani “Joyi Soy” mahallasida fuqaro F.Xalilov tomonidan oʻz uyining bir qismini buzib, joyidan 21,4x12,6 metr oʻlchamdagi 11 qavatli 2 qavat yertoʻlali mehmonxona binosi qurilishi hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilgan.
-Qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish boʻlimining ruxsatnomasi mavjud emas;
-Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (APZ) mavjud emas;
-Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari toʻliq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;
-Belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan oʻtmagan;
-Mehmonxona majmuasi obyekti bosh rejasini naturaga koʻchirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan (SHNK 3.01.01-03ning 2.4 bandi bajarilmagan);
-Qurilish obyektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmadi;
-SHNK 3.01.01-03 ning 7.8,9.9 bandlariga asosan yopiq ishlarni guvohlash dalolatnomalari taqdim etilmadi.
🔴Yuqoridagi kamchiliklar mavjud boʻlsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlangʻich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan soʻng ”Konstant proyekt” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari toʻliqsiz ishlab chiqilgan. “Triumf Proyekt” MCHJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan toʻliq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar ham yoʻq. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-sonli qarorining 21-bandiga zid ravishda 2018-yilda 24-martda ijobiy xulosa berilgan.
▶️Qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni toʻxtatish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan boʻlsa-da fuqaro F.Xalilov tamonidan ish oʻzboshimchalik bilan davom ettirilgan. Mehmonxona qurilishi obyekti boʻyicha maxsus litsenziyaga ega “SVP MASKAN” MCHJ mutaxassislari tomonidan 2016-yilda binoning texnik holati oʻrganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish boʻyicha xulosa berilgan.
Ushbu kuchaytirish boʻyicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.
⚡️ “Oʻzogʻirsanoatloyiha”AJ va hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 2022-yil 6-may kuni binoning seysmik holati oʻrganib chiqilib, “Oʻzogʻirsanoatloyiha”AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi oʻz tasdigʻini topgan hamda binoni buzish boʻyicha xulosa berilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
#live

“Yangi iste’dodlar – 2022” Respublika ko‘rik-tanlovidan
#fotoreportaj

#QurilishVazirligi #SamDAQI #TAQI #YI2022


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#PRESS_TUR ❗️QILINAYOTGAN ISHLAR YAXSHI, AMMO... ⚡️Navbatdagi manzil Samarqand shahrining Qorasuv massivi. ✔️Bu yerda 2 ta 25 qavatli uylar deyarli qurib bitkazilgan. Ammo bugungacha hududiy nazorat inspeksiyasidan ro'yxatdan o'tmagan va loyiha hujjatlariga…
#PRESS_TUR

⚡️Press tur davom etmoqda. Ishtirokchilar ayni payt shaharning Ibn Sino ko'chasida "Diamond hitech" MchJ tomonidan qurilayotgan 1-qavati maishiy xizmat ko'rsatish uyidan iborat 5 qavatli turar joy binosini ko'zdan kechirishmoqda.

Hududiy nazorat inspeksiyasi mas'ullarining ma'lum qilishicha, obyektda texnika xavsizligi me'yorlariga amal qilinmaydi. Quruvchilar uchun muhofaza choralari va xavsizlik sharoitlari ham ko'rilmagan. Mas'ullar qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida inspeksiyani xabardor qilishmagan, obyektga tegishli ekspertiza xulosalari ham mavjud emas.

🔴Quruvchiga bir necha bor ogohlantirish berilgan bo'lsa-da, u mas'uliyatsizlik bilan qurilish ishlarini davom ettirmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|