QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.1K subscribers
21.8K photos
3.79K videos
287 files
8.98K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#PRESS_TUR

⚡️Ayni paytda Samarqand viloyatida Qurilish vazirligi tomonidan OAV xodimlari ishtirokida o'tkazilayotgan press tur Payariq tumanida davom etmoqda.

✔️Unda jurnalistlar tumanda barpo etilayotgan Tibbiyot birlashmasini rekonstruksiya qilish jarayoni bilan tanishdilar.

🔴Ammo bu yerdagi holat talab darajasida emas. Xususan, quruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, texnik talablarni belgilangan normativlar asosida amalga oshirilyapti deb bo'lmaydi. Aytib o‘tish joizki, buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotining mualliflik nazoratiga mas'ullar Vazirlar Mahkamasining 321-sonli Qarorida belgilangan o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani bois mazkur obyektda doimiy qoidabuzarliklar kuzatilmoqda.
Mazkur press tur reyd tarzida o'tkazilmoqda hamda u Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
#PRESS_TUR

⚡️Press tur ishtirokchilari Payariq tumani yo'l yoqasida noqonuniy qurilayotgan maishiy xizmat ko'rsatish savdo obyektini ham o'rganishdi.

✔️Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining Ishchi guruhi bilan birgalikda Samarqand viloyatida aniqlangan 332 ta noqonuniy qurilish obyektidan biri mazkur obyekt hisoblanadi.

🔴Unda (orayopma) eski plitalar ishlatilgan. Binoning birinchi qavat devorlari shlakablokdan barpo etilgan. Shuningdek, binoni isitish va sovutish tizimlari hisobga olinmagan. Olib kelingan eski plitalarning ayrimlari yaroqsiz ahvolda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|