QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.1K subscribers
21.8K photos
3.79K videos
287 files
8.98K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
#live

“Yangi iste’dodlar – 2022” Respublika ko‘rik-tanlovidan
#fotoreportaj

#QurilishVazirligi #SamDAQI #TAQI #YI2022


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
#Tabriknoma #qutlov

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida bo‘lib o‘tgan “Yangi iste’dodlar — 2022” Respublika ko‘rik-tanlovida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha 8 nafar talaba-yoshlar o‘rin egalladilar.

Unda “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” nominatsiyasida:
2-o‘rin bilan Ochilov Qudrat Ibodullayevich 401-dizayn;
3-o‘rin bilan Dilyaverova Zarina Farxod qizi 304-dizayn;

“Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket” nominatsiyasida:
2-o‘rin bilan Saidqulov Shohruh Shahriyor o‘g‘li 207-arxitektura;

“Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni” nominatsiyasida:
2-o‘rin bilan Raximov Shaxriyor Kamolovich 301-arxitektura;
3-o‘rin bilan Salimov Shoxrux Baxtiyorovich 304-dizayn;

“Eng yaxshi innovatsion muhandislik kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari” nominatsiyasida:
2-o‘rin bilan Ravshanova Maftuna Saidaliyevna 101-MKQ;

“Eng yashi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari” nominatsiyasida:
2-o‘rin bilan Abduvohidov Shahriyor Burxon o'g'li 303-QMBvaICHT

“Eng yaxshi energosamarador loyihalar va ishlanmalar” nominatsiyasida:
1-o‘rin bilan Abduxalikov Abduaziz Abduraimovich 206-MKQ talabalari taqdirlandilar.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va pul mukofotlari bilan mukofotlandilar.

Respublika ko‘rik-tanlovida taqdirlangan barcha talaba-yoshlarni institut ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari nomidan samimiy qutlaymiz!

#QurilishVazirligi #SamDAQI #TAQI #YI2022


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Samarqand viloyati bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
#TechnoWays #SamDAQI

Yoshlarning innovatsion loyihalarini rag‘batlantirishga qaratilgan marafonda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti nomidan jami 26 nafar iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

Marafonda 2 nafar iqtidorli talabamiz munosib o‘rinlarni egalladilar eng so‘ngi rusumdagi noutbuk va 3D printerlar sovg‘a qilindi hamda 5 nafari sertifikatga ega bo‘ldilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

I o‘rin bilan SamDAQI doktoranti Ismoilov Arslonbek Isamiddin o‘g‘li – “Avtomobillarga tabiiy gaz quyish shaxobchalarida ortiqcha bosim hisobiga atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlardan samarali foydalanish va uni tejash” loyihasi;

II o‘rin bilan Qamariddin Ilyasov “Aqlli turniket” loyihasi;

III o‘rin bilan SamDAQI 3-bosqich talabasi Radjabov Diyorbek Erkinjonovich – “Innovatsion usulda “Glyukoza-Fruktoza” siropini olish texnologiyasi” loyihasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichiga yo‘llanma SERTIFIKATini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarni institut ma’muriyati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz