QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.6K photos
3.73K videos
287 files
8.9K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

📍 Boysunda bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi mavjud muammollar o‘rganildi

Boysun tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda. Mas'ullar ishtirokida ushbu massivda olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganildi.

➡️Foydalanishga topshirish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, turar joylar qurilishi haligacha yakunlanmagan. Massiv yaqinida namunaviy loyihalar asosida qurilishi olib borilayotgan bir qavatli turar-joylarning bunyod etilishida shaharsozlik normalariga rioya qilinmagan, hudud bosh rejasiga ko‘ra xiyobon tashkil etilishi belgilangan maydonning bir qismida ham uy-joylar qurilgan. Yangidan tashkil etilayotgan xiyobonda daraxtlar sifatsiz ekilgan, mavjud attraksionlar esa zamon talablariga javob bermaydi.

Shu bois tuman hokimiga xiyobonni sifatli tashkil etib, zamonaviy attraksionlar o‘rnatish vazifasi yuklatildi. Berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, muddatida ijrosini ta’minlamagan rahbarlarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi. Boysun tumani infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishilib, har bir loyiha batafsil o‘rganildi, tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥#ONLAYN

⚠️ Yashnobod tumani 2-Tuzel mavzesi 26-son koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Bahrom Sobirovning Prezident virtual qabulxonasiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri bilan koʻp qavatli uylardagi mavjud muammolar yuzasidan uchrashish boʻyicha yoʻllagan murojaatini sohaviy yoʻnalishi boʻyicha vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva oʻrgandi.
➡️ Aholi yaxshi xizmat koʻrsatilishini talab qilyapti. Ammo masalaning ikkinchi tomoni bor. “Kreativ kommunal” BSK tomonidan xizmat koʻrsatiladigan uyning debitor qarzdorligi 40 mln soʻmni tashkil etadi. Aniqlanishicha, aksariyat aholi majburiy badal toʻlovlarini ikki yildan buyon toʻlamaydi. Lekin kompaniya oʻz hisobidan katta ishlarni amalga oshirishini talab qilishmoqda. Ularning ta’kidlashicha, oldin xizmat koʻrsatgan shirkat aholi ishonchini butunlay yoʻqotgan va kompaniya oʻz ishini koʻrsatmaguncha pul toʻlashni xohlashmaydi.
-Muammo ikki tomonda. Siz vaqtida pul toʻlamasangiz, boshqaruv tashkiloti qanday qilib kamchiliklarni bartaraf etsin?! Koʻp qavatli uy bizning umumiy mulkimiz. Hamma bir yoqadan bosh chiqarsa, muammolar oʻz-oʻzidan yoʻqoladi-dedi vazir oʻrinbosari.
🟠Ozoda Joʻrayeva aholi bilan suhbatda boʻlib, ularga vaziyatni yaxshilash boʻyicha tushunchalar berdi. Agar mulkdorlar qarzdorligini toʻlab beradigan boʻlsa, BSK barcha muammolarni bartaraf etishi aytildi.

- Qarzdorligingizni toʻlang, shunda kompaniyadan talab qila olasiz. Koʻp qavatli uyni saqlashning oʻzi uchun ham qancha mablagʻ talab etiladi, - dedi vazir oʻrinbosari.

🫥 Muhokamalar soʻngida aholi bir necha yillik qarzdorligini toʻlaydigan, BSK esa uydagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda, xarajatlar smetasi bilan aholini doimiy tanishtirib boradigan boʻldi. Mazkur jarayon shaxsan vazir oʻrinbosari nazoratida boʻlishi ta’kidlandi. Ushbu kompaniya amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar boʻyicha fevral oyida hisobot taqdim etishi ta'kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani Alisher Navoiy ko’chasi 2a-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Toshkent shahar hokimining 2014-yil 14-maydagi “TOSHKENT O’RDASI” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Anhor kanali bo’yidagi o’zlariga tegishli hududda joylashgan qahvaxona binosini kanal muhofaza hududini saqlagan holda qayta qurish uchun 406-sonli qarori qabul qilingan.

Toshkent shahar Arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan 2014-yil 4-iyuldagi arxitektura-rejalashtirish topshirig’i ishlab chiqilgan hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2021-yil 5-avgustda xulosa asosida loyiha hujjatlari kelishilgan.

Qurilish obyektida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga muvofiq “Qurilish – montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamenti”ga asosan nazorat inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tmasdan qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilganligi bois “TOSHKENT O’RDASI” MChJning ma’sul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi bilan 2022-yilda ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

🛡 Shuningdek, joriy yilda obyekt takroran joyiga chiqib o’rganilganda ham qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tmasdan qurilish ishlarini olib borayotgan MChJ mansabdor shaxsiga nisbatan noqonuniy qurilish ishlarini zudlik bilan to’xtatish bo’yicha ogohlantirilganligi va qurilish ishlariga mas'ul shaxslarga tushuntirish ishlari olib borilgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga ko'ra qayta ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko'rilayotganligini ma’lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔎 “Shirin” mahallasida yangi BSK ochildi

Prezident tashrif buyurgan Uchtepa tumani “Shirin” mahallasida yangi “Uchtepa shirin” boshqaruv servis kompaniyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, tuman prokurori Alisher Qorayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Mazkur boshqaruv servis kompaniyasi mahalladagi 24 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatadi. Yangi barpo etilgan BSK binosida aholi murojaatlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

🔔 Ma’lumki, Prezidentimiz tashriflaridan soʻng “Shirin” mahallasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, koʻp qavatli uylarning tom, fasad qismlari hamda kirish yoʻlaklari ta’mirlandi. Bolalar uchun zamonaviy oʻyingohlar barpo etildi. Koʻp qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, tartibga keltirildi.

- Mahallamizda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlaridan mamnunmiz. Barcha mutasaddilarga rahmat, kunni kun, tunni tun demay ishladilar,- dedi mahalla nuroniysi.

🗣Ochilish marosimida Ozoda Joʻrayeva soʻzga chiqib, xizmat koʻrsatish sohasida yangi qadam qoʻyilganligi bilan aholini samimiy tabrikladi.

- Yurtboshimizning e’tirozlari oʻrinli edi, haqiqatan mazkur mahallaning koʻp qavatli uylarida yetarlicha muammolar yigʻilib qolgan. Umid qilamizki, yangi tashkil etilgan boshqaruv tashkiloti aholiga sifatli xizmat koʻrsatadi, - dedi vazir oʻrinbosari.

Aholi vakillariga boshqaruv tashkilotining yangi binosi tanishtirib chiqildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Siz_buni_bilasizmi

💡 Mavjud va qurilayotgan binolarning energiya samaradorligini oshirishda belgilangan majburiy normativ talablar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

Oʻzbekistonda mavjud yaxlitlik mexanizmi Jahon Banki ekspertlari nigohida

💬 Kuni kecha “Markaziy Osiyoda infratuzilmani boshqarishni baholash” dasturi doirasida Daniyel Felkman boshchiligidagi Jahon Banki ekspertlaridan iborat missiya aʼzolari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga tashrif buyurdilar.

Uchrashuv davomida infratuzilma obyektlarini boshqarish yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari, infratuzilmalarni boshqarishdagi yaxlitlik masalalari, sohadagi monitoring, asosiy ishlash koʻrsatkichlari, tarif siyosati boʻyicha fikr almashildi, dastlabki xulosalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda shuningdek, infratuzilma loyihalarini boshqarishda shaffoflik, ijtimoiy soha obyektlari, davlat dasturlari asosida qurilayotgan obyektlarni moliyalashtirish masalalari ham muhokamalar markazida boʻldi. Bunda loyihalarni rejalashtirishdan xaridlar va aktivlarni boshqarishga qadar boʻlgan jarayonlar qamrab olindi.

Shuningdek, davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining yaxlitligini himoya qilish va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlari ham tahlil qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM