#JARAYON
📍 Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidagi koʻp qavatli uy-joylarning sifati, zilzilabardoshligi va texnik holati Ishchi guruh tomonidan oʻrganilmoqda. Jarayonda tuman hokimi, tuman Ichki ishlar bo'limi va prokuratura organlaridan vakillar, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mas'ullari hamda inspeksiya mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Monitoringlar davomida koʻp qavatli uylarga qo'shimcha qurilgan noqonuniy qurilmalar aniqlanmoqda va joyida mas'ullarga ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilyapti.
Xususan, o'rganishlar jarayonida mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanib, ijrosi qatʼiy nazoratga olinyapti.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🔥1
#JARAYON
❗️ Xalq mulkiga xiyonat kechirilmaydi
Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida so’nggi vaqtlarda ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Mazkur ishlardan maqsad avvalo, aholi turmush tarzini yaxshilashdan iborat. Bu borada boshqaruv organlarining ish samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ammo berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarga qaramay bugungi talablarga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan boshqaruv organlarining uchrayotgani ming taassufki haqiqat.
🏘 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorligini o’rganish maqsadida poytaxtimizning Yunusobod tumani 4-mavzeda bo’ldi.
“Billur” mahallasidagi 30 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Meting” boshqaruv organi aholi oldidagi majburiyatini anglamayotgani, faoliyatida tizim va tartib yo’qligi, bugungi zamonaviy talablarga javob bermayotgani qat’iy tanqid qilindi.
- Kommunal sohada o’z ishiga sovuqqonlik bilan qaraydigan, mas’uliyatsiz va dangasa odamlarga o’rin yo’q. Talablarimiz tobora kuchayib borar ekan, soha bozorida sizlardek ishiga yengil qaraydiganlar raqobatga dosh bermaydi. Zero, xalq mulkiga xiyonat kechirilmasligi muqarrar, - dedi O.Jo’rayeva
Ko’p qavatli uylarning texnik holati, yerto’lasi, tutash hududlaridagi holatlar birma bir o’rganildi, aholi bilan suhbatlashildi. Boshqaruv organi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, uning moliyaviy operatsiyalarini o’rganish bo’yicha tegishli mas’ullariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 10 kun ichida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha qat’iy topshiriq berildi.
📌 Eslatib o’tamiz, mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhlari Respublikaning barcha hududlarida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o’rganmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida so’nggi vaqtlarda ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Mazkur ishlardan maqsad avvalo, aholi turmush tarzini yaxshilashdan iborat. Bu borada boshqaruv organlarining ish samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ammo berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarga qaramay bugungi talablarga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan boshqaruv organlarining uchrayotgani ming taassufki haqiqat.
“Billur” mahallasidagi 30 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Meting” boshqaruv organi aholi oldidagi majburiyatini anglamayotgani, faoliyatida tizim va tartib yo’qligi, bugungi zamonaviy talablarga javob bermayotgani qat’iy tanqid qilindi.
- Kommunal sohada o’z ishiga sovuqqonlik bilan qaraydigan, mas’uliyatsiz va dangasa odamlarga o’rin yo’q. Talablarimiz tobora kuchayib borar ekan, soha bozorida sizlardek ishiga yengil qaraydiganlar raqobatga dosh bermaydi. Zero, xalq mulkiga xiyonat kechirilmasligi muqarrar, - dedi O.Jo’rayeva
Ko’p qavatli uylarning texnik holati, yerto’lasi, tutash hududlaridagi holatlar birma bir o’rganildi, aholi bilan suhbatlashildi. Boshqaruv organi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, uning moliyaviy operatsiyalarini o’rganish bo’yicha tegishli mas’ullariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 10 kun ichida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha qat’iy topshiriq berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1
#JARAYON
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Ichimlik va oqova suv tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Rahimov ayni damda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Unda vazirlikning davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida Qamashi tumani “Mayda” mahallasidagi 6 932 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganilmoqda.
Mazkur mahalla tuman markazidan 24 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, unda 105 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va 2 ta ichimlik suv inshootini qurish rejalashtirilgan. O‘rganishlar davomida ichimlik suvi inshootida qurilishi rejalashtirilgan ikkita 300 metr kubli rezervuarni qurish loyihasidagi kamchiliklar ko‘rsatilib, uni zudlik bilan bartaraf etish topshirig'i berildi.
Shu bilan birga pudrat tashkiloti qurilish ishlarini joriy yil iyul oyining oxiriga qadar yakunlashi va avgust oyidan aholiga ichimlik suv berishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta'kidlandi.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi ichimlik suvi yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini toza suv bilan ta’minlash orqali ularning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy infratuzilma sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Unda vazirlikning davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida Qamashi tumani “Mayda” mahallasidagi 6 932 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganilmoqda.
Mazkur mahalla tuman markazidan 24 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, unda 105 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va 2 ta ichimlik suv inshootini qurish rejalashtirilgan. O‘rganishlar davomida ichimlik suvi inshootida qurilishi rejalashtirilgan ikkita 300 metr kubli rezervuarni qurish loyihasidagi kamchiliklar ko‘rsatilib, uni zudlik bilan bartaraf etish topshirig'i berildi.
Shu bilan birga pudrat tashkiloti qurilish ishlarini joriy yil iyul oyining oxiriga qadar yakunlashi va avgust oyidan aholiga ichimlik suv berishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta'kidlandi.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi ichimlik suvi yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini toza suv bilan ta’minlash orqali ularning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy infratuzilma sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥1🤩1🕊1
#JARAYON
🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylari Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengashning 2025-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yakunlari hamda 3-chorak rejalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda davlat soliq xizmati va statistika organlariga belgilangan tartibda hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgani, “ToshkentboshplanLITI” binosiga joylashish bo‘yicha hujjatlar loyihasi ishlab chiqilib, Hukumatga takliflar kiritilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, 1060 dan ortiq arxitektura va qurilish sohalarida faoliyat yuritayotgan tashkilot ro‘yxati tuzilib, 645 ga yaqin tashkilotga murojaat qilingani, 644 nomzod ariza bergani, 566 nafariga faxriylikka qabul qilinganligi va 160 ta tashkilotda faxriylar yo‘qligi aniqlangani ma’lum qilindi.
Faxriylar ishtirokida 15 ta oliy ta’lim muassasasi bilan 66 marotaba “Ustoz-shogird” davra suhbatlari o‘tkazilib, 6 mingdan ortiq talaba qamrab olingani, 310 nafar faxriy dam olish va davolanish muassasalariga yuborilgani ta’kidlandi.
📌 Shuningdek, yig'ilish davomida 3-chorak doirasida shaharsozlik va qishloq qurilishini rivojlantirish, loyiha-smeta hujjatlarini takomillashtirish, seysmik xavfsizlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi. Faxriylar tomonidan ko‘plab taklif va tavsiyalar bildirildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Yig‘ilishda davlat soliq xizmati va statistika organlariga belgilangan tartibda hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgani, “ToshkentboshplanLITI” binosiga joylashish bo‘yicha hujjatlar loyihasi ishlab chiqilib, Hukumatga takliflar kiritilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, 1060 dan ortiq arxitektura va qurilish sohalarida faoliyat yuritayotgan tashkilot ro‘yxati tuzilib, 645 ga yaqin tashkilotga murojaat qilingani, 644 nomzod ariza bergani, 566 nafariga faxriylikka qabul qilinganligi va 160 ta tashkilotda faxriylar yo‘qligi aniqlangani ma’lum qilindi.
Faxriylar ishtirokida 15 ta oliy ta’lim muassasasi bilan 66 marotaba “Ustoz-shogird” davra suhbatlari o‘tkazilib, 6 mingdan ortiq talaba qamrab olingani, 310 nafar faxriy dam olish va davolanish muassasalariga yuborilgani ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤2🤩2👍1🕊1
#JARAYON
📍 Ta’kidlaganimizdek, Qashqadaryo viloyati ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash bo‘yicha vazirlik mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyatning Kasbi tumanidagi “Jarko‘cha” mahallasida istiqomat qiluvchi 3 456 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. Davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida hududda 20 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortish va 2 ta ichimlik suv inshootini qurish rejalashtirilgan.
Suv saqlash hovuzining qurilish muhofaza hududi belgilanganligi, shuningdek, ichimlik suvi yetkaziladigan aholi bilan qurilish ishlaridagi jamoatchilik nazoratining ijobiy tomonlari muhokama etildi.
Vazirlik boshqarma boshlig‘i G‘ayrat Rahimov tomonidan o‘rganish jarayonida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga pudrat tashkilotiga qurilish ishlarini joriy yil iyul oyining oxiriga qadar yakunlash va avgust oyidan aholiga ichimlik suv berishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
💧 Mazkur tashabbuslarning asosiy maqsadi ichimlik suvi yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini toza suv bilan ta’minlash orqali ularning turmush darajasini oshirishdan iborat.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Viloyatning Kasbi tumanidagi “Jarko‘cha” mahallasida istiqomat qiluvchi 3 456 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. Davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida hududda 20 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortish va 2 ta ichimlik suv inshootini qurish rejalashtirilgan.
Suv saqlash hovuzining qurilish muhofaza hududi belgilanganligi, shuningdek, ichimlik suvi yetkaziladigan aholi bilan qurilish ishlaridagi jamoatchilik nazoratining ijobiy tomonlari muhokama etildi.
Vazirlik boshqarma boshlig‘i G‘ayrat Rahimov tomonidan o‘rganish jarayonida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga pudrat tashkilotiga qurilish ishlarini joriy yil iyul oyining oxiriga qadar yakunlash va avgust oyidan aholiga ichimlik suv berishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1
#JARAYON
📍 Imom al-Buxoriy majmuasida barpo etilayotgan mehmonxonalar qurilishi o‘rganildi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra mazkur hududda mehmonxonalar qurilishi 6 ta lotga bo‘lingan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, moliyalashtiruvchi banklar biriktirilgan.
🔴 Tashrif davomida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari, bajarilayotgan ishlarning sifati va loyihalarning holati o‘rganildi. Joyida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va pudratchilarga zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qurilish ishlari belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq yakunlanishi, mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, energosamaradorlik tamoyillariga amal qilinishi hamda umumiy ishlar sifati doimiy nazoratda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra mazkur hududda mehmonxonalar qurilishi 6 ta lotga bo‘lingan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, moliyalashtiruvchi banklar biriktirilgan.
Shuningdek, qurilish ishlari belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq yakunlanishi, mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, energosamaradorlik tamoyillariga amal qilinishi hamda umumiy ishlar sifati doimiy nazoratda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4🔥1
#Jarayon
⭕️ Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan provayder kompaniyalarning jamoaviy murojaatiga asosan yig’ilish o’tkazildi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Departamenti boshlig’i Obidjon Mo’minov ham ishtirok etdi.
Yig’ilishda ko’p qavatli uylarda internet provayderlari hamda boshqaruv organlari o’rtasida uchrayotgan muammoli holatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Eng muhimi internet tarmoqlari ko’p qavatli uylarning tashqi qiyofasi va xavfsizligiga ta’sir etmasligi, tartibsiz holatlar oldi olinishi lozimligi qayd etildi.
- Ko’p qavatli uylar murakkab muhandislik tarmoqlaridan iborat tizim va unda har xil holatlar kuzatilishi mumkin. Yerto’lalar va fasad qismidan o’tgan tartibsiz tarmoqlar esa shoshilinch ish jarayonlarida mutaxassislarga qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, - dedi O.Mo’minov.
Yig’ilish so’ngida mavjud holatlarni qonunchilikda belgilangan talablar asosida eng muhimi aholining xavfsizligini ta’minlash hisobiga bartaraf etishga kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Departamenti boshlig’i Obidjon Mo’minov ham ishtirok etdi.
Yig’ilishda ko’p qavatli uylarda internet provayderlari hamda boshqaruv organlari o’rtasida uchrayotgan muammoli holatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Eng muhimi internet tarmoqlari ko’p qavatli uylarning tashqi qiyofasi va xavfsizligiga ta’sir etmasligi, tartibsiz holatlar oldi olinishi lozimligi qayd etildi.
- Ko’p qavatli uylar murakkab muhandislik tarmoqlaridan iborat tizim va unda har xil holatlar kuzatilishi mumkin. Yerto’lalar va fasad qismidan o’tgan tartibsiz tarmoqlar esa shoshilinch ish jarayonlarida mutaxassislarga qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, - dedi O.Mo’minov.
Yig’ilish so’ngida mavjud holatlarni qonunchilikda belgilangan talablar asosida eng muhimi aholining xavfsizligini ta’minlash hisobiga bartaraf etishga kelishib olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥2
#JARAYON
⏺ Bugun haftaning juma kuni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida inspeksiya rahbari S.Eshquvvatovning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator masalalar, jumladan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda oʻzboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi kabi murojaatlar bildirildi.
Barcha murojaatlar qabul qilinib, har biri inspeksiya vakolati doirasida atroflicha oʻrganilishi va belgilangan qonuniy tartibda hal etilishi, shu bilan birga joyiga chiqib oʻrganish talab etiladigan holatlar boʻyicha aniq muddatlar belgilandi.
✅ Inspeksiya rahbari tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislarga aniq vazifalar yuklatilib, muammolarni hal etish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi. Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bevosita rahbar nazoratiga olindi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator masalalar, jumladan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati hamda oʻzboshimchalik bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi kabi murojaatlar bildirildi.
Barcha murojaatlar qabul qilinib, har biri inspeksiya vakolati doirasida atroflicha oʻrganilishi va belgilangan qonuniy tartibda hal etilishi, shu bilan birga joyiga chiqib oʻrganish talab etiladigan holatlar boʻyicha aniq muddatlar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🤩1
#JARAYON
🔗 “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM xodimlaridan iborat jamoa ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo’lib o’tayotgan 2-xalqaro spartakiada musobaqasida ishtirok etmoqdalar.
⚽️ Sportchilarimiz mini futbol bo’yicha bellashuvda final bosqichiga chiqib, faxrli 2-o’rinni egalladilar.
Hozirda volleybol sport turi bo’yicha bellashuv o’yinlari davom etmoqda. Muassasa vakillari, sportchilarimiz ushbu bellashuvda ham faollik ko'rsatmoqdalar.
Mazkur musobaqalarda “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM xodimlariga omad tilaymiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Hozirda volleybol sport turi bo’yicha bellashuv o’yinlari davom etmoqda. Muassasa vakillari, sportchilarimiz ushbu bellashuvda ham faollik ko'rsatmoqdalar.
Mazkur musobaqalarda “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” DM xodimlariga omad tilaymiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤🔥2❤2🤩2🕊2⚡1🔥1💯1🤷1