QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
25K photos
4.47K videos
294 files
10.3K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹#Onlayn “Huquq va majburiyat” loyihasining dastlabki soni start oldi. 🏘Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi hamda “Kommunal ta’minoti markazi” DM mutaxassislaridan iborat guruh poytaxtimizning Yunusobod tumani “Mumtoz Servis” BSK va uning mulkdorlari…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn
#Huquq_majburiyat

🔛 Ochiq muloqotda yig’ilganlarga ko’p qavatli uyni lozim darajada saqlashga, avvalo mulkdorlar mas’ul ekanligi ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, umumfoydalanish mulkidan foydalanish qoidalari haqida tushuncha berilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook| 😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

Vazir o’rinbosari Qashqadaryoda


Ta’kidlash lozimki, kommunal sohadagi zamonaviy o’zgarishlar bugun respublikaning barcha hududlariga joriy etilmoqda. Tadbirkorlik, servis xizmatlar tarmog’ini rivojlantirish asnosida aholiga yaratilayotgan bunday sharoitlar bugun mamlakatimizning har bir viloyatlariga kirib bordi.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida qad rostlagan “Yangi O’zbekiston” massivida bo’lib, mazkur hududda faoliyatini boshlagan “Mubina” boshqaruv servis kompaniyasi bilan tanishmoqda.

Xususan, kompaniya binosining loyihasi, unda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda qo’shimcha maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ko’zdan kechirildi.

- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholimiz qulayligi uchun mana shunday zamonaviy, chiroyli shaharchalar barpo etilmoqda. Boshqaruv organlari ham islohotlarimizga mos ravishda xalqqa ana shunday talablar asosida xizmat ko’rsatishi lozim, - dedi O.Jo’rayeva

Ma’lumot o’rnida, “Mubina” BSK 54 ta uyda istiqomat qiluvchi 5 000 nafardan ortiq aholiga xizmat ko’rsatib keladi. 23 nafar ishchi-xodimdan iborat boshqaruv tashkiloti moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida 10 ga yaqin texnika xarid qilgan. Hozirda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik hamda qo’shimcha servis xizmatlarni tashkil etish choralari ko’rilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook| 😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

🏘 Xabar berganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida bo’lib, uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasini o’rganmoqda.

Bugun vazir o’rinbosari Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari bilan uchrashib, sohani yaxshilash yuzasidan fikr almashdi.

- Mana bugun respublikaning qay hududiga bormang, davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari bilan mana shunday chiroyli shaharchalar barpo etilmoqda. Zamonaviy uy-joylar, aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar, albatta, tog’ri ekspluatatsiyani talab etadi. Shunday ekan kommunal soha vakillarining mas’uliyatini orttirish zarur vazifamizdir. Bugun tadbirkor sifatida har qanday tashabbuslaringiz qo’llab-quvvatlanmoqda,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

📌Yakkabog’ tumanida tashkil etilayotgan “Mubina” BSK misolida sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va servis xizmatlarni shakllantirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga kompaniya uchun barpo etilayotgan boshqaruv binosi va undagi optimal yechimlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Aholi xavfsizligini oshirishdagi zarur qurilmalar, uylarning energosamaradorligini ta’minlash yo’nalishidagi vazifalarning ahamiyati tushuntirib o’tildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

📌 Samarqandda O‘zbekiston – Xitoy ikkinchi hududlararo forumi o‘z ishini boshladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi va yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #Onlayn 📌 Samarqandda O‘zbekiston – Xitoy ikkinchi hududlararo forumi o‘z ishini boshladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga…
📹 #Onlayn

📍 Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida ikki mamlakat mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda.

2 000 nafardan ortiq ishtirokchini bir yerda jamlagan tadbir ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

📌 Ozoda Jo’rayeva Samarqanddan Qashqadaryoga yetib keldi

Xususan, vazir o’rinbosari Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani “Yangi O’zbekiston” massivida barpo etilayotgan boshqaruv servis kompaniyasi binosining qurilishi bilan tanishdi.

Massivdagi 54 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Mubina” BSK binosida ish qizg’in. Zero, yangi shaharchaga mulkdorlar ko’chib kelishni boshlagan. Aholiga sifatli va zamonaviy xizmat ko’rsatishda esa boshqaruv binosi alohida ahamiyat kasb etadi.

Bino mulkdorlarga har tomonlama qulay sharoitlarni taqdim etishga mo’ljallanmoqda. Shuningdek, boshqaruv organi qo’shimcha servis xizmatlarni yo’lga qo’yishni ham rejalashtirgan. Tikuvchilik, go’zallik hamda yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan.

🏘 Ozoda Jo’rayeva xizmat ko’rsatishda mana shunday optimal yechimlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Ish samaradorligiga alohida e’tibor berish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
📹 #Onlayn

📍Toshkent viloyati Parkent tumani “Parkentsoy” soy bo’yida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massiviga press tur tashkil etildi.

Ayni damda jurnalistlar va blogerlar massiv qurilishidagi o’ziga xos jihatlar, aholi uchun yaratilayotgan sharoit va uy-joylarning energosamaradorlik ko’rsatkichlari bilan tanishmoqdalar.

Massiv 1 016 ta xonadondan iborat 27 ta ko’p qavatli uydan tashkil topadi. Ushbu uylarning 22 tasi 5 qavatdan va 5 tasi 7 qavatdan tashkil topmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Press_tur
📹 #Onlayn

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Parkentsoy” soy o‘zaniga tutash hududdagi 100 gektargacha bo‘lgan yer maydonlarida ko‘p qavatli uy-joylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda ko‘ngilochar bog‘lar barpo etish belgilangan.

Bugungi kunda uy-joylarni qurish ishlari yakunlanish arafasida.
“Parkentsoy” soy bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar markazlashgan issiqlik qozonxona orqali isitilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari jadal suratlarda amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Hozirda 0,30 gektar yer maydoniga markazlashgan issiqlik qozonlarini o‘rnatish, sarflanadigan issiq suv sig'imi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishjarayonlari olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
📹 #Onlayn

📍 Ko’p qavatli uylarda energosamaradorlikni oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan press-tur o’z ishini boshladi. Sirdaryo viloyati Guliston shahri misolida tashkil etilgan tadbirda dastlab “Bo’ston”, “Buyuk Turon” mahallalariga xizmat ko’rsatuvchi “Istiqlol kommunal ta’mir xizmat” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
📹 #Onlayn

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 465-sonli qaroriga asosan Guliston shahri “Bo‘ston” MFY dagi 52 ta ko‘p qavatli uylardagi 2 409 ta xonadonni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida RK-1 va RK-2 yangi markazlashgan qozonxonalarning qurilishi va 2,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini tortish ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirilgan.

🏠 Ko‘p qavatli uylarni to‘liq issiqlik bilan ta’minlanishi natijasida yillik 3,5 mln m kub tabiiy gazdan, 12,8 mln kVt/soat elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishiladi.

52 ta ko‘p qavatli uylarning 85 foizida ichki issiqlik tarmoqlarini qurish ishlari yakuniga yetkazilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM