MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9K photos
2.56K videos
90 files
7.11K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident tomonidan imzolangan
Qonun (O‘RQ–874-son, 31.10.2023-y.) bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

—————

#Новости_законодательства

Законом, подписанным Президентом (ЗРУ №874 от 31.10.2023 года), внесены изменения и дополнения в Уголовный кодекс и Кодекс об административной ответственности.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chiqindi pulini to‘lamaganlarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi

“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–5-son, 04.01.2024-y.) qabul qilindi

Farmon bilan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini foto va video qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi.

Bunda tarbirkor jarima sifatida undirilgan mablag'ning 20 foizi miqdorida pul bilan rag'batlantiriladi.

🍀 Har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonalari xodimlari uchun “Tabiat uyg'unligi himoyachisi” tanlovi o'tkaziladi.

➡️ Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to‘liq summasi to‘lab beriladi.

☑️ Har yili “Eng toza mahalla” tanlovi o‘tkazilib, tanlovda g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga chiqindi yig‘ish maydonchasi qurish, chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxt ekish uchun jami 500 million so‘m pul hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil beriladi.

🔰 2024-yil 1-apreldan:

🔹ko‘chmas mulk hamda avtotransportlar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi Yagona elektron tizim orqali onlayn tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilgach notaril harakat amalga oshiriladi;

🔹barcha sanitar tozalash korxonalari Yagona elektron tizim orqali xizmat ko‘rsatadi, tizimga ulanmagan korxonalar bilan shartnoma bekor qilinadi va ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonaga beriladi.

Chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish hamda abonentlar hisobini yuritish faqatgina Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi billing tizimi, elektron to‘lov tizimlari yoki tijorat banklarining to‘lov qabul qilish kassalari orqali amalga oshiriladi.

📲 Shuningdek, chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi.

🔘 Qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

1️⃣-bosqichdaToshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2024-yil 1-iyundan6 oylik qarzdorlik uchun;

2️⃣-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2024-yil 1- noyabrdan 3 oylik qarzdorlik uchun;

3️⃣-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2025-yil 1- yanvardan 1 oylik qarzdorlik uchun.

🗓 2024-yil 1-iyundan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi (aholi mustaqil saralagan chiqindilar bundan mustasno).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi


“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi
Hukumat qarori (13-son, 08.01.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan:

2024-yil 1-fevralgacha “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushiriladi va Energetika vazirligiga o‘tkazilishi ta’minlanadi;

“Yashil energiya” axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi.

✔️ Quyidagilarga ruxsat beriladi:

🔹qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga;

🔹mazkur import qilish faoliyati bilan 3 yildan ortiq davr mobaynida shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan tadbirkorlarga 6 oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash qo‘llanilmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga.

Bunda tadbirkorlar tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlarining miqdori to‘lov muddati uzaytiriladigan summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorini tashkil etishi lozim.

🚫2024-yil 1-martdan texnik hujjatlarida yoki markirovkasida quyosh elementlarining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi “A”, “V”, “S” va “D” tegishli sinfi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi.

📝 Quyosh panellari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo'lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladi.

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha sinov laboratoriyasi faoliyati tashkil etiladi.

📋 Import qiluvchilar tomonidan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DUKning muvofiqlikni baholash organlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Elektromobillar uchun alohida joylar ajratiladi

☑️ Qonunga ko‘ra, elektrda ishlaydigan transportlar uchun alohida joylar ajratiladi. Bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin.

🚫 To‘xtab turish joylaridan foydalanishga monelik qiladigan to‘siqlarni va boshqa konstruksiyalarni o‘rnatish taqiqlanadi.

📝 To‘xtab turish joylariga transportlarning kirishini, ulardan chiqishini va bu joylarda harakatlanishini tashkil etish maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.

📌 Umumiy foydalanishdagi to‘xtab turish joylarining egalari to‘xtab turish joylaridan foydalanish qoidalarini hamma uchun qulay bo‘lgan joylarga tanishib chiqish uchun joylashtirishi shart.

—————

#Новости_законодательства

Для электромобилей выделяются отдельные места


☑️ Согласно Закону, для транспортных средств, работающих на электродвигателе, выделяются отдельные места. В таких местах может быть создана возможность подключения к электрическим источникам питания.

🚫 Запрещается установка ограждений и иных конструкций, препятствующих использованию мест стоянок.

📝 Организация въезда, выезда и движения транспортных средств на местах стоянок осуществляется в соответствии с проектом, согласованным со специально уполномоченными государственными органами.

📌 Владельцы мест стоянок общего пользования обязаны размещать правила пользования местами стоянок общего пользования в общедоступных местах для ознакомления.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlardan foyda solig‘i olinmaydi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-906-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

✳️ “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quvvati 300 kVt va undan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

🚫 Shuningdek, “Soliq kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar, daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Axborot 24: “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi


“O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi Prezident Qarori (PQ-132-son, 18.03.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qo‘shish bo‘yicha Investor bilan muzokaralar olib boriladi:

🔹Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;

🔹Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;

🔹mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;

🔹ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;

🔹sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;

🔹barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ozarbayjon bilan energetika sohasida hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

🗓Bitim 2023-yil 22-avgust kuni Boku shahrida imzolangan.

🏢 Energetika vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi


“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

🔹2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigi;

🔹2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining “bazaviy me’yorlari”.

🗓 2024-yil 1-maygacha yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko‘rib chiqiladi.

Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar.

✔️Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

🔸noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi;

🔸elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt⋅soatgacha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi

“Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-79-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

🔘Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:

🔹Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita);

🔹Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya);

🔘 Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida:

🔹Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (Agentlik).

Bunda:

🔸Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

🔸Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

🔸Inspeksiya yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda shoshilinch yordam ko'rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

☎️ “112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirgan holda respublikaning barcha hududlari bo'yicha shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi hisoblanadi.

—————

#Новости_законодательства

❗️Будет создана единая диспетчерская служба «112»


Принято Постановление Правительства «Об организации деятельности единой диспетчерской службы «112» (№304 от 29.05.2024 года).

🔰Согласно Постановлению, будет создана единая диспетчерская служба для приема и автоматической обработки обращений граждан по короткому номеру «112» для оказания экстренной помощи при возникновении происшествий и чрезвычайных ситуаций.

☎️ Единая диспетчерская служба «112» - единая система, объединяющая экстренные службы Министерства внутренних дел, Министерства по чрезвычайным ситуациям, Министерства здравоохранения, Национального агентства социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан и акционерного общества «Ҳудудгазтаъминот» в единую сеть передачи данных для приема и обработки вызовов экстренной помощи по всем регионам республики, оказания экстренной помощи населению.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
MINENERGY.UZ
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi. 🔰Qarorga ko‘ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar…
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hududlarda “112” yagona dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich ishga tushiriladi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar “112” yagona dispetcherlik xizmatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;

shoshilinch yordam ko‘rsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;

vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;

vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari o‘rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo‘yicha tezkor o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.

🗓 “112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

🔹2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;

🔹2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;

🔹2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.

—————

#Новости_законодательства

❗️В регионах будет поэтапно запущена единая диспетчерская служба «112»


Согласно Постановлению, основными задачами единой диспетчерской службы «112» определены:

прием и автоматизированная обработка обращений граждан, организация и оказание им экстренной, быстрой и неотложной помощи на безвозмездной основе;

управление и координация оказания неотложной помощи;

осуществление системного контроля за своевременным оказанием помощи гражданам экстренными службами министерств и ведомств;

обеспечение оперативного взаимодействия по тесному обмену информацией между экстренными службами министерств и ведомств.

🗓 Единая диспетчерская служба «112» будет поэтапно запущена в следующие сроки:

🔹с 1 июня 2024 года - в городе Ташкенте и Ташкентской области;

🔹в первом полугодии 2024 года - в Андижанской, Наманганской и Ферганской областях;

🔹до конца 2024 года - в Республике Каракалпакстан и остальных регионах.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son, 05.06.2024 y.)
qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

🔹issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;

🔹xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;

🔹issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

🔹xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish.

🗓 2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta’minlanadi.

✔️2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi

“Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-263-son, 17.07.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, “Sayar LLC” kompaniyasi (Investor) tomonidan “Tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi doirasida “Sayar green” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona (Loyiha kompaniyasi) ta’sis etilgan.

✔️ Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investor, Loyiha kompaniyasi va Hukumat nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlandi.

🗓 2024-yil 1-avgustdan:

🔹tibbiyot chiqindilaridan muqobil issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilari to‘liq hajmda Loyiha kompaniyasiga topshiriladi;

🔹loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarda tibbiyot muassasalari tomonidan sotib olinishi ta’minlanadi. Bunda issiqlik energiyasi boshqa shaxslarga ham belgilangan tartibda yetkazib berilishi mumkin.

⚠️ Investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda joylashgan barcha turdagi tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan tibbiyot chiqindilarini Loyiha kompaniyasiga to‘liq yetkazib berish bo‘yicha talabga rioya etmaslik sanitar osoyishtalik va chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish davomida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik hisoblanadi.

—————

#Новости_законодательства

❗️Из медицинских отходов будет производиться альтернативная тепловая энергия


Принято Постановление Президента «О мерах по реализации инвестиционного проекта «Производство альтернативной тепловой энергии из медицинских отходов» (ПП №263 от 17.07.2024 года).

🔰Согласно Постановлению, в рамках инвестиционного проекта «Производство альтернативной тепловой энергии из медицинских отходов» компанией «Sayar LLC» (Инвестор) учреждено иностранное предприятие «Sayar green» в форме общества с ограниченной ответственностью (Проектная компания).

✔️В рамках реализации инвестиционного проекта между Инвестором, Проектной компанией и Правительством в лице Министерства инвестиций, промышленности и торговли подписан Инвестиционный договор.

🗓 С 1 августа 2024 года:

🔹медицинские отходы, образующиеся в медицинских учреждениях всех типов, будут передаваться Проектной компании в полном объеме для производства альтернативной тепловой энергии из медицинских отходов;

🔹будет обеспечиваться закупка медицинскими учреждениями тепловой энергии, произведенной Проектной компанией, по тарифам, утвержденным в установленном порядке. При этом, также может осуществляться поставка тепловой энергии другим лицам в установленном порядке.

⚠️ Несоблюдение требования полной поставки Проектной компании медицинских отходов, образующихся в медицинских учреждениях всех типов, расположенных в регионах реализации Инвестиционного проекта, будет считаться нарушением требований санитарного благополучия и охраны природы в период сбора, транспортировки, размещения, обеззараживания, хранения, утилизации, переработки и реализации отходов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.

🔰Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

✔️Shuningdek, u yoqilg‘i-energetika resurslarini isteʼmol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

🏢 Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

📜 Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

🔹davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;

🔹energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi.

📁 Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati O‘zenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

📌Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-939-son, 07.08.2024 y.) imzolandi

🔰 Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📌 Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:

Vazirlar Mahkamasi;
Energetika vazirligi;
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.

Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

🏢Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

🗂 Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:

▫️elektr energiyasi bozori operatori;
▫️ishlab chiqaruvchi;
▫️elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
▫️uzatish tizimi operatori;
▫️markaziy xarid qiluvchi;
▫️treyder;
▫️taqsimlash tizimi operatori;
▫️taʼminotchi;
▫️isteʼmolchi.

⚠️ Tariflar va to‘lovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va to‘lovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi. Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin eʼlon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Axborot 24
: Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-939-son, 07.08.2024 y.) imzolandi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Axborot 24: Prezidentimiz tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O‘zenergoinspeksiya Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

“Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-118-son, 23.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O‘zenergoinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

✔️O‘zenergoinspeksiya yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

O‘zenergoinspeksiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

🔹energiya samaradorligi bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

🔹yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilg‘idan yuqori bo‘lgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;

🔹sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;

🔹energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o‘lchov laboratoriyalari bo‘yicha minimal talablarni belgilash.

🗂 O‘zenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi


“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-132-son, 30.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 5 ta yo‘nalishdan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

🔹ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati;

🔹amaliy tadbirlar rejasi.

🗓 2024-yil 1-noyabrdan:

davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;

Prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

⚠️ 2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt