MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
11.1K photos
3.15K videos
90 files
8.54K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Toshkent issiqlik markazining 4-sonli issiqlik markazida 100 MVt quvvatga ega yangi gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda

Obyektni joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirish rajalashtirilgan.

Ushbu gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 876 mln kVt·soat elektr va 784 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Mazkur elektr stansiya orqali o‘rtacha 365 ming xonadonni elektr va 58 mingta xonadonni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

—————

На Ташкентской теплоцентрали №4 продолжается строительство новой газопоршневой электростанции мощностью 100 МВт

Ввод объекта в эксплуатацию запланирован на октябрь текущего года.

После ввода в эксплуатацию газопоршневая электростанция будет ежегодно производить в среднем 876 млн кВт·ч электроэнергии и 784 тыс. Гкал тепловой энергии. Это позволит сэкономить 15 млн кубометров природного газа в год.

Электростанция будет обеспечивать электроэнергией в среднем 365 тыс. домохозяйств и теплом58 тыс. домохозяйств.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

Axborot 24 | Namangan viloyatida “yashil” energetika sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar: Pop tumanida ishga tushirilgan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va Uychi tumanida barpo etilayotgan 228 MVt quvvatli “Norin GESlar kaskadi” qurilish jarayonlari tahlil qilindi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#зеленая_энергия

Ахборот 24 | Проанализированы крупные проекты, реализуемые в сфере «зелёной» энергетики в Наманганской области: введена в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 500 МВт в Папском районе, а также продолжается строительство каскада Нарынских ГЭС общей мощностью 228 МВт в Уйчинском районе.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Elektr va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya olish uchun 1,6 milliondan ortiq ariza kelib tushdi.

🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab 1 620 770 nafar fuqaro elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya tayinlash yuzasidan ariza topshirdi.

↗️ Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ariza qabul qilingan viloyatlar:

1️⃣ Farg‘ona – 208 680
2️⃣ Qashqadaryo – 192 492
3️⃣ Samarqand – 189 487
4️⃣ Namangan – 181 828
5️⃣ Andijon – 151 432

🔻 Eng kam ariza:
Navoiy – 28 830
Toshkent sh. – 33 891
Sirdaryo – 39 521

💵 Kompensatsiya olish uchun ariza topshirish jarayonlari va shartlari bilan tanishib chiqing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Energetika vazirligida ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi iqtisodiy o‘qish tashkil etildi

Bugun, 31-iyul kuni Energetika vazirligida ijro intizomini mustahkamlash, qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarining ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Adliya vazirligi, Energetika vazirligi markaziy apparati, shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasidagi korxonalarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv jarayonida Adliya vazirligi mas’uli tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyulda “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son farmonining mazmun-mohiyati, ijro intizomini sifatli ta’minlash borasida amalga oshiriladigan vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bu kabi o‘quvlar ijro intizomini yanada mustahkamlash, soha korxonalarida tashkiliy-huquqiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

—————

В Министерстве энергетики организовано очередное экономическое обучение, направленное на укрепление исполнительской дисциплины


Сегодня, 31 июля, в Министерстве энергетики состоялся учебный семинар, посвящённый вопросам укрепления исполнительской дисциплины, а также своевременного и качественного исполнения законов, актов и поручений Президента Республики Узбекистан и Кабинета Министров.

В мероприятии, прошедшем в формате видеоконференцсвязи, приняли участие руководители и ответственные сотрудники Министерства юстиции, центрального аппарата Министерства энергетики, а также предприятий топливно-энергетического комплекса.

В ходе семинара представитель Министерства юстиции подробно разъяснил суть и значение Указа Президента Республики Узбекистан от 25 июля 2025 года № УП-117 «О дополнительных мерах по дальнейшему укреплению исполнительской дисциплины в государственных органах и организациях», а также обозначил задачи, направленные на повышение качества исполнительской дисциплины.

Подобные тренинги способствуют дальнейшему укреплению исполнительской дисциплины и повышению эффективности организационно-правовой деятельности в отраслевых предприятиях.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_27_son

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Uchqo‘rg‘on tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan, Sayxunobod tumanidagi MChJ esa 1,6 mlrd so‘mlik elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi “R.K.B” MCHJ rahbari B.R. jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik (552 ming kub metr) tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari B.R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek,
“O‘zenergoinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Sayxunobod tumanida “D. P. T.” MChJ elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 609 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24: Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Rovot” mahallasida tabiiy gaz ta’minoti tizimi “aqlli mahalla” dasturi asosida raqamlashtirildi.

Bu zamonaviy texnologiyalar yordamida aholiga yanada xavfsiz, shaffof va samarali gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Angren shahrida yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona ishga tushirildi

Bugun, 1-avgust kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MCHJ QK o‘rtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha asosida 6-10 kVli tarqatish tarmoqlari uchun 25-3150 kVA quvvatli transformatorlar va 35 kV tarqatish tarmoqlari uchun 100-2500 kVA quvvat transformatorlari ishlab chiqariladi.

Korxona yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, jarayonlar “Holley Technology” Ltd MCHJ QKning zamonaviy uskunalari orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, korxonada 150 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratildi.

—————

В Ангрене запущено предприятие по производству 15 тысяч трансформаторов в год


Сегодня, 1 августа, в городе Ангрен Ташкентской области введён в эксплуатацию совместный проект по производству трансформаторов, реализуемый АО «Региональные электрические сети» и китайским СП ООО «Holley Technology Ltd».

В рамках проекта налажено производство трансформаторов мощностью от 25 до 3150 кВА для распределительных сетей напряжением 6–10 кВ, а также трансформаторов мощностью от 100 до 2500 кВА для сетей напряжением 35 кВ.

Предприятие оснащено современным оборудованием компании «Holley Technology» и способно ежегодно производить 15 тысяч трансформаторов различной мощности.

Кроме того, на предприятии создано более 150 рабочих мест.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt