MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.53K videos
90 files
7.05K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Navoiyda shamol turbinalari soni uchtaga yetdi.

Ushbu shamol elektr stansiyasining ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

—————

Количество ветряных турбин в Навои уже достигло трех.

Первые мощности данной ветроэлектростанции планируются ввести в эксплуатацию до конца текущего года.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISSV va Energetika vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonning qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsion jozibadorligi” panel munozarasi toʻg’risida videolavha (2023-yil, 7-iyul)

—————

Видеоотчет о панельной сессии «Благоприятная бизнес-среда и инвестиционная привлекательность Нового Узбекистана», организованной МИПТ и Минэнерго (7 июля 2023г.)

—————

Video report on the panel session “Favorable Business Environment and Investment Attractiveness of the New Uzbekistan” organized by Miit and Ministry of Energy (July 7, 2023)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mark Jerard — “EDF” kompaniyasi (Fransiya) vitse-prezidenti

—————

Марк Жерард вице-президент компании «EDF» (Франция)

—————

Marc Girard — Vice President of “EDF” company (France)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abid Malik — “ACWA Power” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti (Saudiya Arabistoni)

—————

Абид Малик — исполнительный вице-президент «ACWA Power» (Саудовская Аравия)

—————

Abid Malik — Executive Vice President of “ACWA Power” (Saudi Arabia)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahri: kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 4 ta MFYning ayrim koʻchalarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 11-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yangihayot:
“Jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod: “Tovkentepa” MFYning Yangihayot ko‘chasida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yunusobod: “Otchopar” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yakkasaroy: “Konstitutsiya” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kundalik hayotda elektr energiyasini tejashning oddiy qoidalariga rioya qilish orqali har birimiz tabiiy resurslarni tejashga hissa qo‘shamiz.

Energiyani tejashni istaysizmi? Buning uchun sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar haqida ushbu videorolikda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Соблюдая в быту простые правила экономии электроэнергии каждый из нас помогает сберечь природные ресурсы.

Хотите научиться энергосбережению? Всё необходимое для этого - в нашем ролике.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
OTB O‘zbekistonning elektr tarmog‘ini modernizatsiya qilishga ko‘maklashadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonning elektr uzatish tarmogʻini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining koʻproq mamlakat energetika balansiga integratsiyalashuvini taʼminlash uchun 125 million AQSH dollari miqdorida zayom ajratishni maʼqulladi.

“Dekarbonizatsiya sari raqamlashtirish – Elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida yetti viloyatda – yaʼni Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida umumiy uzunligi qariyb 359 kilometr boʻlgan 12 ta elektr uzatish liniyalari rekonstruksiya qilinadi.

—————

АБР поможет в модернизации электросети Узбекистана

Азиатский банк развития (АБР) одобрил заем в размере 125 млн долларов США для улучшения сети электропередачи Узбекистана, повышения энергоэффективности и обеспечения интеграции большего количества возобновляемых источников энергии в энергобаланс страны.

В рамках проекта «Цифровизация для декарбонизации – Проект по улучшению сети передачи электроэнергии» будет реконструировано 12 линий электропередачи в семи регионах – Бухарской, Ферганской, Кашкадарьинской, Самаркандской, Сурхандарьинской, Навоийской и Ташкентской областях – общей протяженностью около 359 километров.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon

Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi o‘rtasida 833 000 AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha
shartnoma imzolandi.

Ushbu grant mablag‘lari yordamida kelajakda Jamg‘armaning hamkor banklari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador qurilmalarni xarid qilish uchun ajratilgan “Yashil iste’mol kredit”larining 30 foizgacha qismini so‘ndirish ko‘zda tutilgan.

Grant mablag‘lari mamlakatimizda energiya resurlarga oshib borayotgan talabni qisman qondirish va atrof-muhitga zararli gazlarning chiqarilishini kamaytirish borasidagi yumushlarni muvaffaqiyatli hal etishda qo‘l keladi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilishni xotin-qizlar o‘rtasida yanada qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglikni ta’minlash maqsadida grant mablag‘lari hisobidan ayollarga ajratilgan “Yashil iste’mol kredit”ning 37,5 foizgacha qismi qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Energetika vaziri va “Masdar” kompaniyasi bosh operatsion direktori oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Birlashgan Arab Amirligining “Masdar” kompaniyasi bosh operatsion direktori Abdulaziz Alobidli oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda taʼkidlanganidek, joriy yilning 7-10-may kunlari Abu-Dabiga tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, “Masdar” kompaniyasining Oʻzbekistondagi investitsiya loyihalarini 10 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha birlamchi kelishuvga erishilgan.

Ushbu maqsad roʻyobi uchun joriy yil 17-may kuni YETTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishi doirasida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Masdar” kompaniyasi oʻrtasida 500 MVt quvvatli shamol va umumiy quvvati 2150 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Shuningdek, kompaniya investitsiyalar hajmini 10 milliard dollarga yetkazish maqsadida gidroenergetika sohasida yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Uchrashuvda mavjud loyihalarni amalga oshirish doirasida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt va Surxondaryo viloyatida 457 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari, shu bilan birga, Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilishini jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha oʻtkazilgan tender tanlovida gʻolib chiqqan “Masdar” kompaniyasi endilikda loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirishi lozimligi aytib oʻtildi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Energetika vazirligida Qatarning “Nebras Power” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yil 10-iyul kuni Oʻzbekiston Energetika vazirligida Qatarning “Nebras Power” kompaniyasi bosh direktori Xolid Muhammad Jolo bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga umumiy qiymati 18 mlrd dollarga teng qariyb 20 GVt quvvatli quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalarini qurish boʻyicha jami 37 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu investitsiya loyihalari ichida Qatarning “Nebras Power” kompaniyasi konsorsiumlar tarkibida Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 3,1 GVtga teng issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalarida investor sifatida ishtirok etayotgani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, hozirgi paytda “Nebras Power” kompaniyasi bilan quvvati kamida 200 MVt boʻlgan energiya saqlash tizimlarini qurish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bu kabi loyihalar elektr energiyasi taʼminotining barqarorligini taʼminlash va ishga tushirilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona energiya tizimiga integratsiya qilishda katta oʻrin tutadi.

Uchrashuvda mazkur loyihalarning borishi, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish hamda kelgusidagi loyihalarni yanada kengaytirish va rivojlantirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun: “Nebras Power” kompaniyasi 2014-yilda tashkil qilingan boʻlib, bosh qarorgohi Doha (Qatar)da joylashgan. Kompaniya energetika hamda suv sanoati boʻyicha loyihalarni amalga oshirib keladi. Xodimlar soni 600 nafardan ortiq kishini tashkil qiladi. Kompaniya dunyoning oʻnga yaqin mamlakatlarida faoliyat olib boradi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida poytaxtimizdagi uchta MFYning ayrim koʻchalarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Isteʼmolchilarga elektr energiyasining sifatli va barqaror yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida ertaga, 12-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

Sergeli tumani: “Qoʻshqoʻrgʻon” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan soat 16:00 gacha;

Uchtepa tumani: “Tepaqoʻrgʻon” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan soat 12:00 gacha;

Mirzo Ulugʻbek tumani: “Oltintepa” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan soat 16:00 gacha.

Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz.

Elektr taʼminotidagi mazkur vaqtinchalik uzilishlar tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Energetika vazirligida “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2023-yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar joriy yil avgust oyida Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasining birinchi quvvatini yagona elektr tarmogʻiga tantanali ulash, yashil vodorod ishlab chiqarish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirishni boshlash hamda Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzkiyosanoat” AJ hamda “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida yashil vodorod loyihasini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzolash marosimlarini oʻtkazishga kelishib oldilar.

Yangi qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini ishga tushirish jarayonida energiya tizimi muvozanatini taʼminlash maqsadida quvvati qariyb 1500 MVt boʻlgan gaz asosidagi issiqlik elektr stansiyasi va suv saqlash elektr stansiyasini qurish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Saudiya Arabistonining “Nomac” kompaniyasi bilan mavjud maʼnan eskirgan elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish hamda ulardan samarali foydalanish, shuningdek, gaz transport tizimini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda joriy oy oxirigacha “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan, quvvati 1000 MVtga teng shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida 3 ta shamol generatorini oʻrnatish zarurligi qayd etildi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Energetika vaziri va Xitoyning “State Grid-CET” kompaniyasi moliya masalalari boʻyicha direktori oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 11-iyul kuni Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Oʻzbekiston milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” va Xitoyning “State Grid-CET” kompaniyasi moliya masalalari boʻyicha direktori Yang Guo oʻrtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekistonda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarni qurish va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning jismoniy eskirgan 35 – 110 – 220 – 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasining moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda tez fursatlarda Xitoyning yirik moliya institutlari, banklari va kredit-sugʻurta agentliklarini jalb qilgan holda mazkur loyihalarning moliyalashtirish manbalarini aniqlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning nasijasida Chilonzor tumanining 1-, 2-, 3-, 4-, 5- va «Ye» mavzelaridagi 2500 ta iste’molchida hamda Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilyapti.

Hozirgi vaqtda 12 nafar xodim va 7 ta texnikadan iborat maxsus brigada tomonidan nosozlikni bartaraf etib, tarmoqni ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Namangan viloyatida 1551 ta xonadon quyosh panellaridan quvvat olmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube