MINENERGY.UZ
16.4K subscribers
8.98K photos
2.55K videos
90 files
7.09K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Bilasizmi

“Zapravka”da navbatda turgan mashinalar o‘rtasida kamida 1 metr masofa bo‘lishi lozim

🔰Qonunchilikka ko‘ra, yonilg‘i quyilayotgan transport vositasi bilan undan keyingi transport vositasi orasidagi masofa kamida 3 metr, navbatda turgan keyingi avtomobillar o‘rtasida esa kamida 1 metr oraliq masofa bo‘lishi kerak.

☑️ Shuningdek, har bir transport vositasi shoxobcha hududidan chiqib ketish va harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Знаете_ли_вы_что

Расстояние между автомобилями, стоящими в очереди на «заправке», должно быть не менее 1 метра

🔰Согласно законодательству, расстояние между заправляемым транспортным средством и следующим за ним транспортным средством должно составлять не менее 3 метров, а между следующими стоящими в очереди автомобилями — не менее 1 метра.

☑️ Также, каждое транспортное средство должно иметь возможность выезжать из зоны станции и двигаться.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔋Toshkentda “quyoshli” avtobus bekati qurildi

Bu Mirobod tumanidagi birinchi shunday bekat bo‘lib, unga tez orada zaryadlash qurilmasi va Wi-Fi o‘rnatiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
В Ташкенте появилась солнечная автобусная остановка

Новую остановку построили в районе Северного вокзала в Мирабадском районе. На ее крыше установлена солнечная панель, внутри самой остановки — инвертор для солнечной панели.

Произведенное электричество используется для освещения остановки и подсветки электронного табло.

В скором времени здесь также можно будет зарядить мобильный телефон и воспользоваться бесплатным вай-фаем.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston energetika tizimida ilk bor yirik gidro to‘plash elektr stansiyalar (GAES) barpo etiladi

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov hamda XXRning “China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd” kompaniyasi Boshqaruvi raisi Chjan Tanji qiymati 1 mlrd 640 mln AQSH dollariga teng, quvvati 820 MVt bo‘lgan 3 ta loyiha: “Yuqori Pskem” GTES (quvvati 200 MVt), “Qarateren” GTES (500 MVt) hamda “Yuqori Pskem” GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum doirasida dastlab o‘zbek-xitoy kompaniyalari tomonidan qo‘shma ishchi guruhi tarkibini shakllantirish borasida kelishib olindi. Qo‘shma ishchi guruhi tomonidan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqiladi. Bu jarayonga xalqaro toifadagi ekspert-mutaxassislarni ham jalb etish ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyihalar 2030-yilga qadar to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.

GTESlarning ishga tushirilishi natijasida yiliga o‘rtacha 3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 835 mln 655 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, atmosferaga chiquvchi zararli is gazi miqdori kamayishiga erishiladi.

Loyihalar to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1 mln 600 mingdan ortiq aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
MINENERGY.UZ
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga…
Fakt 24 | To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

—————

Факт 24 | На Туракурганской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (275-son, 06.07.2023 y) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, Hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maksadida:

▶️ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m budjet ssudasi ajratiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi

2023-yil 7-iyul kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligining “Event Hall” tadbirlar zalida “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi oʻz ishini davom ettiradi.

Shu kuni bu yerda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Energetika vazirligi masʼullari, xalqaro ekspertlar, investorlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonning qulay biznes muhiti va investitsion jozibadorligi” nomli umum sessiya doirasida “Yashil energetika” sohasining rivojlanish istiqbollari” panel sessiyasi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ishbilarmon doira vakillarining ishtiroki kutilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn

Ayni paytda Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Energetika vazirligi masʼullari, xalqaro ekspertlar, investorlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonning qulay biznes muhiti va investitsion jozibadorligi” nomli umum sessiya doirasida “Yashil energetika” sohasining rivojlanish istiqbollari” panel sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Energetika vaziri Yashil energetika sohasining rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot bermoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn

Bundan tashqari, shu davrda 278 ta o‘rta va kichik gidroelektr stansiyalar quriladi hamda modernizasiya qilinadi. Natijada gidroelektr stansiyalari quvvatlari 2 baravardan ko‘proqqa oshiriladi.

2030-yilga borib, quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 15 gigavattga yetkaziladi. Uning 10 gigavatti quyosh va 5 gigavatti shamol elektr stansiyalari bo‘lib, bu umumiy ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli 50 foizini tashkil etadi.


Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn

2030-yilga borib, O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 124 milliard kilovatt•soatga yetishi yoki 49 foiz oshishi kutilyapti.

Buning uchun 2026-yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini 53 foiz oshirish, ya’ni 27,4 gigavattgacha yetkazishni rejalashtirganmiz. Bu raqam esa 2016-yildagiga nisbatan bir yarim baravar ko‘p, demakdir
.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn

So‘nggi yillarda umumiy quvvati 7 gigavattga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 21 ta bitim hamda umumiy quvvati 2 gigavatt bo‘lgan 5 ta o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan elektr energiyasini transportirovka qilish shartnomasi imzolandi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn

Umumiy quvvati qariyb 4 gigavatt bo‘lgan 19 ta quyosh fotoelektr va 3,1 gigavatt bo‘lgan 7 ta shamol elektr stansiyasi loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn

Mazkur investitsiya loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, Fransiyaning “Total Eren”, “Voltalia”, Xitoyning “Gezhouba Overseas Investment Group” hamda Shveysariyaning “Tepelen Group AG” kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 9 milliard AQSH dollaridan ziyodni tashkil etib, ularning barchasi xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar hisobiga bajariladi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#haftalik

Joriy yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1,8 gigavattga yaqin kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga tushiriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, iste’molchilarni muqobil energiyaga o‘tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali 2023-yilda qo‘shimcha 5 milliard kilovatt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratiladi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#haftalik

2019-yildan boshlab O‘zbekistonda issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan qiymati 16 milliard 62 million dollarga teng 34 ta bitim imzolandi. Bu O‘zbekistonda investorlar tomonidan umumiy quvvati 19,5 gigavattdan ziyod bo‘lgan 34 ta zamonaviy elektr stansiyasi quriladi, degani.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#haftalik

Olib borilgan ishlar natijasida 2021-yilda Navoiy viloyatida birinchi yirik 100 megavatt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Xuddi shuningdek, 2022-yilning may oyida Samarqand viloyatida ikkinchi 100 megavatt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. Shu jumladan, umumiy quvvati 1 ming 374 megavatt bo‘lgan 6 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov,
Energetika vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube