MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.53K videos
90 files
7.05K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
DIQQAT, TANLOV!

Energetika vazirligi aholi o‘rtasida kichik quvvatli quyosh fotoelektr tizimlaridan keng foydalanishni jadallashtirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Quyoshli mahalla” maxsus tanlovini o‘tkazmoqda.

Quyida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom, Tanlovni o‘tkazish sxemasi, Quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilganligi va foydalanishga topshirilganligi to‘g‘risida dalolatnoma bilan tanishing: https://minenergy.uz/uz/news/view/2864

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from MINENERGY.UZ
ВНИМАНИЕ – КОНКУРС!

Министерство энергетики совместно с Министерством занятости и сокращением бедности проводит специальный конкурс «Солнечная махалля» с целью ускорения широкого использования среди населения солнечных фотоэлектрических установок малой мощности.

Положение о порядке проведения конкурса «Солнечная махалля», схема конкурса, форма акта по вводу в эксплуатацию солнечных фотоэлектрических систем приведены ниже: https://minenergy.uz/ru/news/view/2864

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
LONGi kompaniyasining Markaziy Osiyodagi Bosh menejeri A.Li va Energetika vaziri J.Mirzamahmudov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, yangi shart-sharoitlarni joriy etish, shuningdek, turli yashil loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

—————

Состоялась встреча между генеральным менеджером LONGi в Центральной Азии А.Ли и Министром Энергетики Ж.Мирзамахмудовым

В ходе встречи обсуждались темы развития возобновляемой энергетики в Узбекистане, внедрение новых условий, а также сотрудничество по различным зеленым проектам.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 12:40 da Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlari iste’molchilarining bir qismi elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: ta’mirlash ishlari tufayli 3 ta tumanning ayrim ko‘chalarida soat 00:00 dan 08:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida joriy yilning 13-iyul kuni Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yalang‘och” podstantsiyasidagi quvvati 10000 kVA bo‘lgan kuch transformatorini 16000 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borilishi sababli “Yalang‘och”, “Katta yalang‘och”, “Ahmad Yugnakiy”, “Traktorsozlar”, “Azamat”, “Humoyun” MFYlari hamda “TTZ-1", 2-, 3- va 4-mavzelaridagi iste’molchilar 00:00 dan soat 05:00 ga qadar;

Olmazor hamda Yunusobod
tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kV boʻlgan elektr uzatish kabel tarmog‘ida montaj ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida soat tonggi 00:00 dan 08:00 ga qadar:

Olmazor tumani: “Ibrohim ota”, “Chuqursoy”, “Ahil”, “Moyariq” MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subyektlari;

Yunusobod tumani: “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Turkiston”, “Yo‘lariq”, “Akbarobod”, “Tiklanish”, “Astrobod”, “Hamkorobod”, “Islomobod”, “Sobirobod”, “Nurmakon”, “Mingchinor” MFYlarining qisman ko‘chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratiladi.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Elektr taʼminotidagi mazkur vaqtinchalik uzilishlar tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ezgulik
#bir_bolaga_yetti_mahalla_ota_ona

Joriy yil 17-iyun kuni Energetika vaziri J.Mirzamahmudovning Yunusobod, Yashnobod va Shayxontohur tumani yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.


Uchrashuvda Shayxontohur tumani, Huvaydo mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Faxriddin Abduqodirhojiyev oilali ekanligi, 2 nafar farzandi borligi, hozirgi vaqtda “Jalyuzi” sexida ishlashini ma’lum qildi.

Shuningdek, F.Abduqodirhojiyev qo‘shimcha daromad keltiradigan ish bilan shug‘ullanishga ehtiyoji, xususan, muzqaymoq sotishni yo‘lga qo‘yish niyati borligini aytib, muzqaymoq tayyorlash qurilmasini sotib olishda yordam so‘ragandi.

Shu maqsadda bugun ish faoliyatini boshlashi uchun unga vazirlik tizimidagi “O‘ztransgaz” AJ tomonidan muzqaymoq tayyorlash qurilmasi yetkazib berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Olmazor tumani, Tansiqboyev mavzesidagi 2768-sonli transformator punktida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumanning Gʻalaba, Yuqori Beshqo‘rg‘on, Olimpiya va Tansiqboyev mahallalari hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi paytda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 11:04 da Yunusobod tumanidagi “Botanicheskaya” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Yunusobod tumanining bir qismi elektr taʼminotidan uzilgan. Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Axborot 24 | Energetika vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida 833 ming dollarlik shartnoma imzolandi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Новости 24 | Министерство энергетики подписало контракт с ПРООН на $833 тыс.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Elektr energiyasini tejash

- Bilasizmi, televizor, magnitofon va boshqa audiotizim jihozlari kutish rejimida soatiga o‘rtacha 10 vatt va oyiga o‘rtacha 7,3 kVt⋅soat elektr energiyasini sarflaydi. Ularni tarmoqdan to‘liq uzib qo‘yish lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#А_знаете_ли_вы

Экономия электрической энергии

- А знаете ли вы, что телевизор, аудио система, магнитофон, в режиме ожидания, потребляет в среднем 10 ватт в час и за месяц в среднем 7,3 кВт⋅час. Их необходимо полностью отключать из сети.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 17:28 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumandagi 3500 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’ziya

O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Abdullayev Hamidulla Nabibullayevich 70 yoshida vafot etdi.

H.Abdullayev 1953-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1976-yilda “Toshissiqliktarmoq” korxonasi qozon mashinisti vazifasidan boshlagan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida rahbar lavozimlarda, 2005-2007-yillarda “Apartak” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari, 2007-2021-yillarda “Energota’mir” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

Energetika vazirligi butun mehnat faoliyatini energetika sohasiga baxsh etgan fidoyi energetik Abdullayev Hamidulla Nabibullayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

H.Abdullayevning yorqin xotirasi energetiklar qalbida doimiy saqlanib qoladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 3 ta MFYning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 14-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Olmazor tumani:
“Namuna” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: “Xayrobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Elektr taʼminotidagi mazkur vaqtinchalik uzilishlar tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Elektr energiyasini qanday tejash mumkin

— Odatda, ochiq rangli devorlar yoki ochiq rangli oboylar bo‘lgan xonalar to‘q rangli xonalarga qaraganda kamroq yoritishni talab qiladi. Buni keyingi ta’mirlash vaqtida hisobga olish mumkin. Bundan tashqari, oq rangli pardalardan foydalanish yaxshiroqdir.

— Sovutgichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang. Bu muzlatgichning elektr energiyasi iste’molini 20-30 foizga oshiradi.

— Kam quvvat iste’molli va yuqori energiya samaradorligi bo‘lgan “A”, “A +”, “A ++” yoki “A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib oling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#А_знаете_ли_вы

Как экономить электроэнергию

— Если стены в комнатах выкрашены в светлые тона или обклеены светлыми обоями, то в них обязательно будет светлее. А значит, электроэнергии в течение суток будет затрачиваться меньше, чем для комнат, оформленных в тёмных тонах. Это можно учесть во время следующего ремонта. Также лучше использовать светлые шторы.

— Не устанавливайте холодильник рядом с газовой плитой или радиатором отопления. Это увеличивает расход электрической энергии, потребляемой холодильником, на 20-30 %.

— Покупайте электробытовую технику и электронные приборы с низким электропотреблением и высокой энергоэффективностью класса «А», «А +», «А ++» или «А +++»

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangiliklar 24 | Xorazm viloyatida “Quyoshli xonadon” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida reportaj efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube