MINENERGY.UZ
16.1K subscribers
9.26K photos
2.65K videos
90 files
7.31K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Maxsus reportaj
: Xorazm viloyatida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Namangan viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O-N.” oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, 273,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “Z.Q.” va “S.O.” MCHJ mas’ul shaxslari hamda YATT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi

✳️ Qonunchilikka ko‘ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi belgilangan:

🔹ushbu qurilmalar bo‘yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo‘yicha — foyda solig‘ini;

🔹uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini.

⚠️ Agar quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo‘lmagan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari 10 yil muddatga qo‘llaniladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

⁉️Is gazining qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?

🚫Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam.

Is gazidan zaharlanish alomatlari.


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Axborot 24
: Energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining seminari bo‘lib o‘tdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Bugun, 7-noyabr kuni AOKAda is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, yong‘inlarning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan
matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bu haqda ushbu lavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

“Salom, men is gaziman!” — Ko‘rinmas qotil o‘zi haqida gapirib beradi

Har yili ko‘plab insonlarni nobud qiluvchi kulfat – is gazi haqida nimalar bilamiz? Animatsiyamiz orqali siz bu gaz va uning hujumidan saqlanish haqida eng muhim narsalarni bilib olasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Issiqlik elektr stansiyasi yoki markazida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalar.

👉 Matnni o‘qish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

📍Noyabr oyienergetika xavfsizligi oyligi

⚡️Energiya resurslarini behuda sarflamang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Vaziyat 24: Xorazm viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Vaziyat 24: Qoraqalpog‘iston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gazga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Xonada gaz hidi sezilganda harakat qilish bo‘yicha tavsiya.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Andijon viloyatining Paxtaobod va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilgan shaxslar
aniqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.” fermer xoʻjaligi rahbari J.X. dala yer maydonida elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 314,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Yangibozor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tumandagi “R.Y.” va “Sh.B.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga ulab, jami 213,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday Departamentning Baliqchi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi Gʻ.U. 100,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Qashqadaryo viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmirni sotayotgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.K. “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qarshi shahri koʻmir ombori masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 70 tonna koʻmirni fuqaro R.X. ga 4 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan dastlab 4 tonna koʻmirni ombordan olib chiqib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu koʻmir ombori masʼul shaxslari umumiy bahosi 388,8 mln soʻmlik jami 451,4 tonna imtiyozli koʻmirni qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Axborot 24: Farg‘ona issiqlik elektr markazida amalga oshirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjud

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o‘rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o'zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Axborot 24: Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Kun fotosi: qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, har qanday ob-havo sharoitida ham energetiklar xalq xizmatida


Energetiklar iste’molchilarning elektr taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatlarini kuchaytirilgan tartibda olib borishmoqda.

Xususan, ayni vaqtda Uchtepa tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning “Jurjoniy” MFY hududidagi yuqori kuchlanishli, uzunligi 1560 metr bo‘lgan yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Buning natijasida aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti yanada yaxshilanishi hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Energetika_xavfsizligi_oyi
#Amal_qiling

❗️Energiya resurslaridan qanday oqilona foydalanish kerak?

Batafsil ushbu infografikada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt