Xalqaro tadqiqotlar markazi
4.43K subscribers
840 photos
102 videos
212 files
949 links
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutining xalqaro tadqiqotlarga oid kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)

Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot

www.avloniy.uz
E-mail: [email protected]
Download Telegram
📖 2021-yil 13-oktabr kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Farg'ona viloyati
xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn vebinarning video yozuvi e'tiboringizga havola etilmoqda

🎬 You Tube sahifasi orqali taqdimotning video yozuvini ko'rish: Amaliy mashg‘ulot: “Issiqxona samarasi”, “Genetik modifikatsiyalangan ozuqa”

📍Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
📖 2021-yil 28-oktabr kuni Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn vebinarning video yozuvi e'tiboringizga havola etilmoqda👇

🎬 You Tube sahifasi orqali taqdimotning video yozuvini ko'rish: Baholash nazariyasi asoslari

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram|Facebook|YouTube|Insagram
📽 Xitoyning Shanxay provinsiyasi xalq ta'limi tizimi qanday qilib dunyoda yetakchilikka erishdi? Bu haqida ushbu video orqali tanishtiramiz.

📊 Qariyb 10 yildan buyon Shanxay o‘quvchilari PISA xalqaro tadqiqoti reytingida dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib kelmoqda.

Ushbu yutuqlarning negiziga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Shanxayda boshlang‘ich ta’lim juda uzoq tarix va an’anaga ega.

So‘nggi o‘ttiz yilda ushbu provinsiya hukumati yoshlar uchun ta’limni moliyalashtirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ta’lim siyosatini olib borib, bunda xalq ta’limi tizimining rivojlanishiga keng miqyosda e’tibor qaratdi.

Shanxay hukumati yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Batafsil: https://youtu.be/bBd7CVbdXuk

✒️ Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Таълим инпекцияси ҳузуридаги Миллий марказ IEA халқаро ташкилоти аъзолигига таклиф этилди.

🤝 Бунда, IEA томонидан бошқариладиган PIRLS ва REDS тадқиқотларининг бир даврийлигини муваффақиятли ташкил этилганлиги ва жорий этишдаги тажрибалар инобатга олинди.

Батафсил:
👇

Янги Ўзбекистон
Народное слово

#OAV biz haqimizda #PISA #PIRLS #TIMSS #TALIS

📍Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍7👏2
#IEA #Hamkorlik #PIRLS #TIMSS

📋 Joriy yilning 16-noyabr kuni, Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i hamda Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) Amsterdam ofisi direktori Andrea Netten va tashkilotning ilmiy tadqiqot va xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Paulina Korshnyakova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚡️Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro tadqiqotlarni keyingi bosqichlarni belgilangan tartibda o‘tkazish, tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish, bunda mazkur sohada yuqori tajiribaga ega bo‘lgan mamlakatlar bilan doimiy aloqalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlab o'tildi.

🤝 IEA va Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz o‘rtasida ta’lim sohasida muhim va manfaatli hamkorlik aloqalarni o‘rnatilganligini hamda O‘zbekistonda PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlarini yuqori saviyada o‘tkazilayotganiligini alohida e’tirof etildi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍14👏1
#O'qish #PIRLS #IEA

⚡️O'zbekistonda o'qish savodxonligiga oid maqola IEA xalqaro tashkilotining "PIRLS ensiklopediyasi"da chop etildi!

❇️ Nashrda, PIRLS tadqiqotida qatnashgan mamlakatlarning o'qish savodxonligiga oid ta'lim siyosati, o'quv dasturlari, o'qitish tizimi, o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'qish savodxonligini rivojlantirishga doir tashabbuslar keltirligan.

Shuningdek, Ensiklopediyada pandemiya tufayli maktablarning yopilish davrida o'tkazilgan yagona tadqiqot davomida mamlakatlarda kelib chiqqan muammolar va innovatsiyalar yortilganligi bilan ahamiyatlidir.

Shu bilan birga quyidagi yo'nalishlardagi xulosalar berilgan:
- raqamli o'qish savodxonligidagi standartlar;
- maktablar yopilishidagi asosiy gʻoyalar;
- 4-sinf o'quvchilarini qo'llab-quvvatlashga oid tashabbuslar.

➡️ Batafsil: PIRLS 2021 Encyclopedia

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍16🔥1
#Seminartrening #Matematiksavodxonlik #Tabiiyilmiy #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 “Xalqaro tadqiqotlar o‘quvchilarning fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 26-noyabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanining 134-sonli umumta'lim maktabida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminar-treningda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotlar roli haqida taqdimotlar qilindi.

Batafsil: https://bit.ly/3VrUlTm

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍11
#Seminar #Matematiksavodxonlik #PIRLS #TIMSS

Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent viloyati, Olmaliq shahar 19-IDU maktabida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar-treningda tayanch maktablar hamda ularga biriktirilgan maktablarning matematik savodxonlik bo'yicha trener-o‘qituvchilari ishtirok etib, xalqaro tadqiqot dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotlar roli haqida ma’lumotlarga ega bo'ldilar.

Shuningdek 5-, 7-, 9-sinf o'quvchilari ishtirokida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, o'quvchilar tomonidan berilgan javoblar tahlil qilinib, ularga xalqaro tadqiqotlarga doir topshiriqlar bilan ishlash bo'yicha amaliy harakterdagi tavsiyalar berildi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍9👏1
#Seminar #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mazkur vebinarda “O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish holati va istiqboldagi rejalar”, “Timss dasturi o`quvchilarning tabiiy fanlar bo`yicha savodxonligini rivojlantirish omilidir”, “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzulari bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍15
#Seminartrening #Matematiksavodxonlik #Tabiiyilmiy #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar

Tadbir tafsilotlari bilan “Buxoro MTRK” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

📺 Youtube da ko'rish:
https://youtu.be/5ELvV6Nsg7g

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍132
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PIRLS, #20YrsPIRLS, #PIRLS2021

PIRLS 2021 – Dirk Xastedt, IEA ijrochi direktori

Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)
vakili Dirk Xastedt xalqaro miqyosda to‘rtinchi sinfda o‘qish bo‘yicha PIRLSning 20 yillik tendensiyalari haqida fikr yuritgan.

🌐 Youtube(HD)da ko'rish: https://youtu.be/xD9GwPrZO3Q

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PIRLS, #20YrsPIRLS, #PIRLS2021

PIRLS 2021 - Professor Ina Mallis va professor Matias fon Davier, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS ISC

TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi ijrochi direktorlari professor Ina Mullis va professor Mattias fon Davier xalqaro toʻrtinchi sinfda oʻqish natijalari boʻyicha PIRLS boʻyicha 20 yillik tendensiyalari haqida o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

🌐 Youtube(HD)da ko'rish: https://youtu.be/lYoVUCDbywk

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21