Xalqaro tadqiqotlar markazi
4.42K subscribers
840 photos
102 videos
212 files
949 links
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutining xalqaro tadqiqotlarga oid kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)

Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot

www.avloniy.uz
E-mail: [email protected]
Download Telegram
#IEA #Hamkorlik #PIRLS #TIMSS

📋 Joriy yilning 16-noyabr kuni, Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i hamda Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) Amsterdam ofisi direktori Andrea Netten va tashkilotning ilmiy tadqiqot va xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Paulina Korshnyakova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚡️Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro tadqiqotlarni keyingi bosqichlarni belgilangan tartibda o‘tkazish, tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish, bunda mazkur sohada yuqori tajiribaga ega bo‘lgan mamlakatlar bilan doimiy aloqalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlab o'tildi.

🤝 IEA va Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz o‘rtasida ta’lim sohasida muhim va manfaatli hamkorlik aloqalarni o‘rnatilganligini hamda O‘zbekistonda PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlarini yuqori saviyada o‘tkazilayotganiligini alohida e’tirof etildi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍14👏1
#O'qish #PIRLS #IEA

⚡️O'zbekistonda o'qish savodxonligiga oid maqola IEA xalqaro tashkilotining "PIRLS ensiklopediyasi"da chop etildi!

❇️ Nashrda, PIRLS tadqiqotida qatnashgan mamlakatlarning o'qish savodxonligiga oid ta'lim siyosati, o'quv dasturlari, o'qitish tizimi, o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'qish savodxonligini rivojlantirishga doir tashabbuslar keltirligan.

Shuningdek, Ensiklopediyada pandemiya tufayli maktablarning yopilish davrida o'tkazilgan yagona tadqiqot davomida mamlakatlarda kelib chiqqan muammolar va innovatsiyalar yortilganligi bilan ahamiyatlidir.

Shu bilan birga quyidagi yo'nalishlardagi xulosalar berilgan:
- raqamli o'qish savodxonligidagi standartlar;
- maktablar yopilishidagi asosiy gʻoyalar;
- 4-sinf o'quvchilarini qo'llab-quvvatlashga oid tashabbuslar.

➡️ Batafsil: PIRLS 2021 Encyclopedia

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
👍16🔥1