TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.17K subscribers
15.6K photos
1.23K videos
42 files
2.55K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#olimpiada #informatika

📌 Joriy yilning 17–18-fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quvchilar o‘rtasida "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasi uchun saralash turnirining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

👥 Musobaqada saralash turnirining 1-bosqichida ishtirok etib, g'olib bo'lgan 25 nafar o'quvchilardan 23 tasi qatnashdi. Saralash turnirining 2-bosqichida 12 nafar o'quvchilar muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralashning yakuniy 3-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

📈Yakuniy natijalar: bit.ly/ioi24uz2

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
👍3
#olimpiada #informatika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugun, 6-may kuni “E” bino 102-xonada Toshkent shahrida joylashgan umumta’lim maktablarning bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiadaning 3-bosqichi an’anaviy (oflayn) o‘tkazildi.

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
👍6