TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.14K subscribers
15.7K photos
1.23K videos
42 files
2.56K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Dolzarb90kun
#SeminarTrening

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ispaniyaning Huelva va Granada universitetlari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari asosida universitetimiz talaba-yoshlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

🔎 Huelva universiteti professori Elena Karvaxal Trujillo, “Texnologiyani qabul qilish va ulardan foydalanishning yagona nazariyasi modelining qo‘llanilishi” hamda Xorijiy tillarni oʻqitish, kasbga oʻqitish, sunʼiy intellekt, dasturlash mavzularida seminar-treninglar o‘tkazildi.

🎓 Talabalarimiz ushbu seminar-treninglar orqali texnologiyalarning jamiyatdagi o‘rni, raqamli transformatsiya va ularni qabul qilish mexanizmlari haqida chuqur bilim va xalqaro tajribaga ega bo‘lishmoqda.

📌 Tadbir AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti hamda Menejment va marketing kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini yaratdi.

✈️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🥰3👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon #TTJ

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏1
#Dolzarb90kun
#MUZEYGA_TASHRIF

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Talaba-yoshlari "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida universitetda tashkil etilgan Ma'naviyat va ma'rifat markaziga tashrif buyurdilar.

✍️ Markazda yaratilgan shart-sharoitlar va muzeylarda ilmiy, ma'naviy va madaniy meros bilan tanishdilar.

🤔 Bu markaz, Oliy ta'lim muassasalari ichida yagona va o'ziga xos ilmiy va madaniy o'quv muassasalaridan biri bo'lib, uning asosiy maqsadi — yoshlarga o'z xalqining tarixini, madaniyatini, san'atini chuqurroq tushunish va uni zamonaviy dunyo bilan bog'lashdir.

🤔 Talaba-yoshlar markazga tashrif buyurib, bir qator qiziqarli va foydali yo'nalishlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdilar.

Markazda shuningdek, "Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining ko‘zgusi" g'oya doirasida milliy liboslar va san'atning ahamiyati haqida ham kengroq tushuncha olishdilar.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3🥰3
#Dolzarb90kun

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari "Drug Dealer" serial premyerasida qatnashishdi! "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun "Drug Dealer" nomli yangi serial premyerasiga bepul biletlar berildi.

🎬 Mazkur serial psixotrop dorilarning yoshlar orasida tarqalishi, uning salbiy oqibatlari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan bo'lib, yuksak tarbiyaviyahamiyatga egadir.

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2