TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.18K subscribers
15.1K photos
1.2K videos
39 files
2.42K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
#Yaponiya #JASSO #TATU

Joriy yilning 7-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiya davlatining yetakchi OTMlaridan biri Yaponiya Xalqaro Universiteti va Yaponiyadagi xalqaro talabalarni qo'llab quvvatlovchi JASSO tashkiloti vakillari hamda O'zbekiston-Yaponiya markazi direktoridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida TATU talabarining kelgusi o'quv faoliyatini yaponiyada davom ettirish imkoniyatlari, qo'lga kiritish mumkin bo'lgan grantlar hamda ikki tomonlama manfaatli bo'lishi mumkin bo'lgan loyihalar muhokama qilindi hamda talabalarga taqdimot namoyish etildi.

👁 Uchrashuv so'ngida Yaponiyaning JICA tashkiloti tomonidan TATUda tashkil etilgan Media Markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.

✈️https://t.iss.one/tatu_talabalar_uchun
#Yaponiya #Shibaura

Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida bo‘lib o‘tayotgan “Cross-cultural Engineering Project 2023” xalqaro dasturida TATU talabalari faol qatnashmoqda.

🗒 Dastur doirasida dunyoning 3 mintaqasidan 100 ga yaqin talabalar real mavjud biznesdagi muammolar va muhandislik yo‘nalishidagi musobaqada ishtirok etishadi. Mahalliy kompaniyalar va hamjamiyatlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ustida ishlashga asoslangan ushbu dastur, qatnashuvchilar orasida optimal yechimlarni aniqlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

✈️@tuituz_official
#tashrif #Yaponiya_delegatsiyasi

Bugun, Yaponiyaning Takarazuka Universiteti Tokyo kampus direktori va Ilg'or xorijiy talabalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti direktori hisoblangan Junichi Nakamura boshchiligidagi delegatsiya TATUga tashrif buyurdi.

🗒 Tashrif davomida TATU talabalarining kelajakdagi karyerasini Yaponiyada davom ettirishga va ilg'or AyTi kompaniyalarga ishga joylashish bilan bog'liq hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

📊 Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Yaponiya IT bozorida malakali AyTI mutaxassislarga bo'lgan talabni qondirishda O'zbekistonlik dasturchilarning  o'rni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✈️@tuituz_official
#Malaka_oshirish #TATU_ustozlari #Yaponiya

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-167-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida, mukammal bajarish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z professor-o‘qituvchilarini dunyoning rivojlangan davlatlarining universitetlari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka dasturlarida ishtirok etishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda ushbu jarayonlarga alohida ahamiyat berib kelmoqda.

🇯🇵🤝🇺🇿 TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish” grant dasturi doirasida Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

🗒 24-yanvardan 24-maygacha boʻlib oʻtgan asosiy kursda AKT dan foydalangan holda tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishni rejalashtira oladigan va amalga oshira oladigan kadrlarni shakllantirish boʻyicha bilim va ko’nikmalar berildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan bir qatorda, tinglovchilar Okinava ichida va tashqarisidagi ma’muriy muassasalar va xususiy kompaniyalarga tashrif orqali AKT afzalliklari haqida turli bilimlarga ega bo‘ldilar.

✈️@tuituz_official
#Yaponiya
#Xalqaro_hamkorlik

🇯🇵 Friendship Association of Nagoya va TATU Nurafshon filiali o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi


✉️ Joriy yilning 12-iyun kuni Nagoya shahrida bo'lib o'tgan tantanali marosimda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali direktori Nurbek Nasrullayev va Friendship Association of Nagoya rahbari Shamoto Yosuke janoblari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tashkilot o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida imzolandi.

TATU Nurafshon filiali va Nagoya o'rtasidagi anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'lib, bu hamkorlik nafaqat universitetlar o'rtasidagi, balki butun jamiyat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ikki mamlakat o'rtasida yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

✈️@tuituz_official