TATU-Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi | Rasmiy kanal
3.16K subscribers
15.6K photos
1.23K videos
42 files
2.55K links
Ushbu kanalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar hamda yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #TATU_talabalari

💬 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan kutilayotgan tadbirlarning qay biri ularga ko'proq manzur bo'lishi haqida maxsus so'rovnoma tashkil qilindi.

📌 Eslatib o'tamiz, 2024-yilning 20-24-may kunlari “TUIT bright future week” haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar turli musobaqalar, hakatonlar, tanlovlar, ko‘rgazma va albatta ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

👥 Tez orada har bir tadbir hamda ularda ishtirok etish shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

🙋 Talabalardan faolroq bo‘lishlarini so‘rab qolamiz, sababi har bir tanlov g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari kutmoqda.



💬 Был организован специальный опрос со студентами Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми о том, какие из предстоящих мероприятий будет для них наиболее интересными

📌 Напомним, что с 20 по 24 мая 2024 года пройдет неделя “TUIT bright future week”. В нем могут принять участие студенты из ТУИТ и его филиалов в различных конкурсах, хакатонах, конкурсах, выставках и, конечно же, развлекательных программах.

👥 В ближайшие дни будет представлена дополнительная информация по каждому мероприятию, а также по условиям участия в них.

🙋 Мы просим студентов быть более активными, потому что победителей каждого конкурса ждут ценные призы и большие денежные призы.

✈️@tuituz_official
👍2👏1
#TATU_talabalari #amaliyot

🎓 Belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq, Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari uchun joriy yilning 22-aprelidan bitiruv oldi amaliyoti boshlangan edi.

🙋 Kompyuter injiniringi 4-bosqich talabalari “Huawei Tech Investment Tashkent “ LLC “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, “O‘zkomnazorat” ,UZINFOCOM, UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari kabi qator tashkilotlarga amaliyotga yuborildi.

👥 Mutaxassislik fanlarini chuqur egallashda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinsa, mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalar akademik o‘qish davri mobaynida alohida o'rin egallaydi.

📌 Eslatib o'tamiz 2024-yil 11-may bitiruv oldi amaliyotining oxirgi kuni, bitiruvchi talabalarimizga keyingi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✈️@tuituz_official
❤‍🔥1
#TATU_talabalari #muvaffaqiyat

👥 Xushxabar!!!

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Televizion texnologiyalari" fakulteti 3-bosqich talabasi Vahhobov Sardor O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan va joriy yil 20-24 may kunlari o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g'olibi bo'ldi.

🎉 Talabamizga ilmiy faoliyatida yanada yuqori cho’qqilarni zabd etishida omad va zafarlar tilaymiz.

✈️@tuituz_official
👍41
#TATU_talabalari #ğalaba

2024-yil 27-iyun kuni Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston
Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Устранение цифрового неравенства” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitet talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etdi.

🏆 Xakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari 1-o'rinni egallab, esdalik sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🎉Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz.

✈️@tuituz_official
👍3🕊1
#ğalaba #Technofest #xushxabar #TATU_talabalari

Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Universitetning Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi ITMade laboratoriyasi vakillari Turkiyaning “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan final bosqichigacha yetib kelganliklarini keltirishimiz mumkin.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va imkoniyati cheklanganlarga kengroq imkoniyat taqdim etishga mo‘ljallangan innovatsion Brayl klaviatura tanlovning ilk bosqichlaridanoq “Commercialization potential” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni “Baykar technology kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

Final bosqichining yakuniy natijalari 2024-yilning 20-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamizga omad tilaymiz.

✈️@taturektori
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalik_oltin_davrim #live #TATU_talabalari #hordiq

📶 "Oqtosh" dam olish maskaniga yo'l olgan 200 dan ziyod talabalarimiz manzilga yetib kelishdi.

✈️@tuituz_official
😁12👍51🔥1🐳1
#TATU_talabalari #Videolavha #Teambuilding

Oqtoshdagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanidagi tadbirlar davom etmoqda. Ayni vaqtlarda mazali tushlikdan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @tuituz_official
👍6👌1
#TATU_talabalari #Xushxabar

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovida TATU talabalari faol ishtirok etib, g’olib bo’ldilar.

➡️ Tanlovda universitetimiz 515-22-guruh talabasi Salixova Sevinch g’olib bo’lib, 10 million so’m pul mukofoti va maxsus sertifikat bilan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov tomonidan taqdirlandi.

➡️ Undan tashqari, 200-24 KIYU guruh talabasi Talatov Muhammad kreativ videoroligi bilan ishtiroki uchun O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev tomonidan noutbuk hamda maxsus sertifikat bilan mukofotlandi.

  Mazkur talabalarimiz tomonidan muhandislik sohasini targ’ib qilishiga qaratilgan videoroliklari eng yaxshilar qatorida deb topildi.

🎉 Talabalarimiznining muvaffaqiyatlari bardavom bo’lishini va bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.

✈️@tuituz_official
💙@tatu_karyera_markazi
👍111
🇺🇿🏆 #TATU #TaqdirlashMarosimi #TATU_Talabalari_G'oliblarimiz!

📆 Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ma’daniyat saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida universitetimizning iqtidorli sportchi talabalari o‘z yuksak natijalari uchun munosib taqdirlandilar.

🎖 Taqdirlangan talabalarimiz:

🏅 Zeboxon Parsaxanova Sadriddin qizi
🏅 Jansaya Markabaeva Aybek qizi
🏅 Muxammadali Fayzullayev Mirolim o‘g‘li
🏅 Sanjar Normatov Shavkat o‘g‘li
🏅 Jaloliddin Abdurayimov Lutfullo o‘g‘li
🏅 Bahodirxo‘ja Muxammadiyev Baxtiyor o‘g‘li

📃Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan sport sinovlarining taqdirlash marosimidir.


🎗 Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan chin dildan tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilaymiz!

📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3🏆21🔥1
#TATU_talabalari #tashrif #muzey

🏛 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultet tyutorlari va  talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

⚡️ Muzey zallaridagi “Oʻzbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”,Shohruhiya qalʼa-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, «Amir Temur-Klavixo-Samarqand», «Amir Temur hayotidan lavhalar», “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar nazarida” kabi koʻrgazmalardagi 1,5 ming eksponatni ko'rishdi.

👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Tashrif talaba-yoshlarimizda katta qiziqish va hayrat uygʻotib,  Amir Temur va Temuriylar davriga oid ko'plab noyob qo'lyozmalar, rasmiy hujjatlar, kumush va mis tangalar, me'moriy qoplamalarni tomosha qilib ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
👍8🔥4👏1
#TATU_TALABALARI #Qordagi_foto #Fotolavha8

📷 Chellenj uchun talabalarimiz bizga yuborgan rasmlaridan namunalar

✈️@tuituz_official
👍2
#TATU_TALABALARI #Qordagi_foto #Fotolavha8

📷 Chellenj uchun talabalarimiz bizga yuborgan rasmlaridan namunalar

✈️@tuituz_official
3
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#TATU_talabalari #Videolavha #musiqiy_kecha #forum

Forum doirasidagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵 “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025” forumi davom etmoqda. Ayni vaqtlarda sport musobaqalari, intellektual o'yinlar hamda tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimidan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ramazon
#TATU_Talabalari

🌙 Ramazon oyi bizga o'zimizni qayta tarbiyalash, kamtar va mehribon bo'lish, nafsimizni tiyishga o'rgatadi.

🎓 TATUning faol talabalari, ushbu  kunlarda ro'zadorlarga  kichik hadyalar berishga qaror qilishdi.



🌙 Рамазан - это особое время, которое дарует нам возможность стать лучше, смиреннее, добрее и воспитать нафс.

🎓 Активные студенты ТУИТ, решили сделать маленькие вручения постящимся в эти дни.

✈️@tuituz_official
👏14👍75
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#live #TATU_talabalari #kibersport

📶 Ayni vaqtlarda Toshkent shahridagi Renessans Hall pavilionida Xalqaro PUBG MOBILE GLOBAL OPEN (PMGO) Qualifiers (Ochiq saralash finali) musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Unda TATU talabalari ishtirokidagi Divergent jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

🎉 Jamoamiz hozircha 3 ta o'yindan 2 tasida ketma-ket g'olib bo'ldilar.

Musobaqa qatnashchilari (talabalarimiz):

Begmatov Jasur (KUKE)
Isomiddinov Abbos  (ABBOSS)
Aliyev Shohjahon (CHOOSEN)

📹 Jonli efirda tomosha qilish

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#TATU_talabalari #Videolavha #musiqiy_kecha #forum

Forum doirasidagi musiqiy tadbir boshlandi!

🎵 “Olimpiya ruhi – ilhom manbai, Paralimpiya – cheksiz iroda!” shiori ostidagi  “Sog‘lom inson – sog‘lom millat - Urganch 2025” forumi davom etmoqda. Ayni vaqtlarda mazali tushlikdan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

🌐Musiqiy tadbirni jonli efirda kuzatish uchun havola

✈️ @tuituz_official
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #kibersport #TATU_talabalari

🏆 TATU kibersport jamoalari Sports EduCup Toshkent shahar bosqichining g'oliblari qatorida

🎮 Bugun, 19-may kuni Sports EduCup "Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona-2025" respublika musobaqasining Toshkent shahar bosqichiga start berildi!

🏛🎓 Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasasalari talabalari o'rtasidagi FIFA 25 hamda DOTA2 kibersport turlari bo'yicha musobaqalarda jamoalarimiz g'oliblikni qo'lga kiritib, musobaqaning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Kibersportning CS2 turi bo'yicha esa musobaqaning ilk kunida jamoamiz Toshkent xalqaro universiteti (TIU) jamoasini yirik hisobda mag'lub etib keyingi bosqichda Zamonaviy iqtisodiyot texnologiyalari institutiga (ISFT) qarshi bellashadi.

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Dolzarb90kun #xushxabar
#kibersport #TATU_talabalari

🏆 TATU kibersport jamoalari Sports EduCup Toshkent shahar bosqichining g‘oliblari qatorida!

🎮 Sports EduCup “Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona-2025” respublika musobaqasining Toshkent shahar bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

🏛🎓 Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi FIFA 25 va DOTA2 kibersport turlari bo‘yicha musobaqalarda jamoalarimiz kuchli raqiblarni ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi va Respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lishdilar!

Kibersport olamida yangi marralarni zabt etishda davom etamiz!

✈️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🏆2👏1🍾1🫡1😎1
#dolzarb_90kun #taqdirlash #TATU_talabalari

TATU talabasi “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati g‘olibi

Kuni kecha, 25-iyun kuni Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, yurtimizning barcha hududlaridan viloyat va shahar bosqichida g‘olib bo'lgan oliy o‘quv yurtlarining kibersport jamoalari ishtirok etdi.

Mazkur chempionatning FC 25 yo‘nalishi bo'yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Smailov Muzaffar faxrli 2-o'rinni egallab, medal, sertifikat va pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

🎉 Ma'lumot uchun, ushbu respublika musobaqasida umumiy hisobda 42 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. O‘ta raqobatli kechgan musobaqadagi ulkan natija bilan talabamizni tabriklaymiz. Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lsin!

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏31